Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam. 1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
b) kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar.
Sun’iy nafas uslublari:
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo)
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan)
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan)
3. Apparat va qo‘l yordamida.
Tok kuchi, elektr qarshilik va elektr o’tkazuvchanlik
Elektr sig’imining ko’ndalang kesimidan bir sekunda o’tgan elektr miqdori tok kuchi deb ataladi. Tok kuchi I harifi bilan belgshilanadi.
Tok kuchining o’lchov birligi qilib amper (A) qabul qilingan. Sig’imning ko’ndalang kesimidan bir sekunda bir kulon elektr zariyadi o’tsa, bir amper tok hosil bo’ladi.
Elektrotexnikada 3 turdagi tok uchraydi o’zgaruvchan, o’zgarmas, va pulsasiyali tok uchraydi.
Elektrotexnikada 3 turdagi tok uchraydi o’zgaruvchan, o’zgarmas, va pulsasiyali tok uchraydi.
Vaqt o’tishiga qarab yo’nalishi ham kattaligi ham o’zgarmaydigan elektr tokini o’zgarmas tok deb aytiladi.
Vaqt o’tishi bilan yo’nalishi ham kattaligi davriy ravishda o’zgaradigan elektr tokini o’zgaruvchan tok deb aytiladi.
Yo’nalishi o’zgarmaydigan, lekin miqdori o’zgaradigan tokni pulsasiyali tok deyiladi.
Har qanday jism elektr tokiga malum darajada qarshilik ko’rsatadi, bu xususiyat elektr qarshiligi deb ataladi. Elektr qarshiligi R harifi bilan belgilanadi va Om bilan o’lchanadi.
O’tkazgichning ikki uchiga keltirilgan kuchlanish bir voltga teng bo’lsa, va o’tkazgich orqali bir amper tok o’ta olsa, uning qarshiligi bir Om ga teng bo’ladi.