Mavzu: Elektrenergiyasini is’temolchilarga uzatish Reja: Elektr tokini uzatish



Yüklə 22,43 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü22,43 Kb.
#166314
1   2
Elektrenergiyasini is’temolchilarga uzatish

Elektr tarmogʻi —Umumiy maqsadlarga moʻljallangan Elektr tarmogʻi elektr st-yalar bilan isteʼmolchilarni havo liniyalari va kabelli elektr uzatish liniyalari orqali bogʻlaydi, hududiy jihatdan tarqoq isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan markazlashgan usudda taʼminlaydi. Elektr uzatish liniyalari bilan bogʻlanmaydigan Elektr tarmogʻilari ham boʻladi. Qanday maqsadlarga moʻljallanganligiga qarab, ular taʼminlovchi va taqsimlovchi tarmoqlarga, yaʼni elektr energiyasini kichik elektr st-yalardan shahar,
sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalar isteʼmolchilarga uzatuvchi va taqsimlovchi tarmoqlarga; kuchlanishi boʻyicha ikki guruhga, yaʼni kuchlanishi 1 kV gacha va undan yuqori boʻlgan tarmoqlarga boʻlinishi mumkin. Bundan tashqari, tok turiga qarab, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻiga, foydalanilishiga koʻra, havo liniyali va kabelli; tuzilishi boʻyicha halqali va radial; ishlash rejimi boʻyicha ochiq va berk xillarga boʻlinadi. Elektr tarmogʻi tarkibiga YEOr tokni oʻzgartiruvchi, elektr energiyasini taqsimlovchi va tarmoq ish rejimini boshqaruvchi elektr st-yalari kiradi. Oʻzgaruvchan tok Elektr tarmogʻilari kengtarqalgan. Oʻzbekistonda bunday Elektr tarmogʻilari uchun 12,24,36, 48,60, 127, 229, 380, 660 V li; 3, 6, 10, 20, 35, 110, 150, 220, 330, 500, 750 kV li nominal kuchlanishlar qabul qilingan. Oʻzgarmas tok Elektr tarmogʻilari, asosan, shaharlar, qisman temir yoʻl elektr transporti va baʼzi elektrkimyoviy korxonalarni elektr bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanishi 220 V gacha boʻlgan. Elektr tarmogʻi lar kichik quvvatli isteʼmolchilar (uyroʻzgʻor yoritish asboblari, elektr apparatlar va boshqalar) ni, 380 V dan 10 kV gacha boʻlgan Elektr tarmogʻilar yuqori quvvatli elektr dvigatellar ishlatiladigan isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashda qoʻllanadi. Kuchlanish 6 kV dan yuqori boʻlgan Elektr tarmogʻilardan elektr energiyani qabul qilib, keyin kuchlanishni pasaytirib tarqatishda foydalaniladi.
Elektr taʼminoti— elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxonalari va shaharlarni ham energiya, ham issiqdik bilan taʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi.


Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar zich joylashgan hududning oʻrtarogʻiga quriladi.


Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES, Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20 dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va qishloqlarini elektr bilan taʼminlash markazlashtirilgan.




Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan. Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES ning birinchi navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari bor.
Yüklə 22,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin