Mavzu: Elektron jadval muharrirlari. Ms excel dasturi



Yüklə 340,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü340,41 Kb.
#180522
1   2   3   4   5   6   7   8
\'ruza matni 08.10.2020y pdf (1) (1)

Ochiladigan ro`yxat: 
Pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugma tanlanganda hosil 
bo`ladigan ro`yxat bo`lib, undagi kerakli buyruq ham xuddi shunday tanlash orqali 
amalga oshiriladi. 
Kolleksiya: 
Excel 2007 da yaratilgan yangi element bo`lib, unda tanlanadigan 
imkoniyatlarning grafik ko`rinishlari hosil bo`ladi. Kolleksiyalardan foydalanish 
ko`p ishlatiladigan amallarga tezroq yetib boorish imkonini beradi hamda 
kolleksiyalarning uch xil turi mavjud: (Ochiladigan kolleksiya, Ochiladigan to`r va 
kolleksiya lentasi). 
Yordamchi ma`lumot tugmasi: 
Lentaning o`ng yuqori burchagida joylashgan 
so`roq belgisi ko`rinishidagi tugma bo`lib, uni tanlanganda Excel yordamchi 
ma`lumotlar oynasi hosil bo`ladi hamda unda kerakli mavzuni t anlab kerakli 
ma`lumotlarni o`qish mumkin. 
Standart menyular: 
Ko`plab pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugmalarni 
tanlanganda xuddi shunday menyular bilan ishlash kerak bo`ladi va ba`zi 
buyruqlarga mos tugmalar ham mavjud. Agar buyruqning oxirida uch tugma (…) 
ko`rinishidagi qo`shimcha bo`lsa, bu buyruqni t anlash muloqot oynasining 
ochilishiga olib keladi va u yerda kerakli qiymatlarni kiritish yoki tanlash kerak 
bo`ladi. 
Hisoblagich: 
Ikkita – yuqoriga va pastga qaratilgan ko`rsatkichli boshqaruv 
elementi bo`lib, uning qiymati sifatida sonlar qaraladi hamda tugmalarni 
tanlanganda qiymat mos tarzda o`sadi yoki kamayadi. Xuddi shunday bu 
qiymatlarni klaviatura orqali “qo`lda” kiritish ham mumkin va bu kiritilayotgan 
qiymatlarning to`g`riligini Excel avtomatik tarzda tekshirib boradi. 


Kontekst lenta bandlari: 
Bunday lenta bandlari biror yangi ob`yekt qo`yilgandan 
yoki tanlangandan so`ng hosil bo`ladi hamda ularning guruhlari nomlari Excel 
sarlavha satrida hosil bo`ladi. Bu kontekst lenta bandida shu tanlangan ob`yekt 
bilan bog`liq bo`lgan barcha xususiyat va parametrlar joylashgan bo`lib, u boshqa 
ob`yekt tanlanishi bilan yo`qoladi. Kontekst lenta bandini hosil qilish uchun shu 
ob`yekt ustida qo`sh chertish ham yetarli. Lekin barcha ob`yektlarda ham kontekst 
lenta bandi mavjud bo`lmasligini esda saqlang. 

Yüklə 340,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin