Metallar namunalarini ko'zdan kechirish
1. Berilgan metall namunalarini ko'rib chiqing va ularning nomini ayting.
2. Sizga berilgan metallarning suyuqlanish harorati va qattiqligini ma'lumotnoma
jadvalidan foydalanib aniqlang.
3. Metallarning issiqlik o'tkazuvchanligini taqqoslash uchun temir va misdan yasalgan
ikkita bir xil plastinka olib, ikkala plastinkaning bir uchiga parafin bo'lagini
joylashtiring. So'ngra bu plastinkalarning ikkinchi uchini gorelka alangasiga tuting.
Kuzatish asosida qaysi metallning issiqlik o'tkazuvchanligi yuqori ekanligini aniqlang.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq
Sizga berilgan metall namunalarini tekshirib, ularning nomini ayting.
Tekshirib ko'rilgan metallarning qattiqligi, suyuqlanish harorati va issiqlik
o'tkazuvchanligini ortib borish tartibida, bir qatorga yozing.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Mis (II)oksiddan xlorid kislota ta’siridan 1 mol mis (II) xlorid olganda 63,6 kJ issiqlik ajraladi. 120 g mis (II)oksidga kislota ta’sir ettirganda qancha issiqlik ajraladi?
2.. 1 mol etilen yonganda 1400 kJ issiqlik ajralsa, 56 g; 3,5 mol va 67,2 l etilen ta’sirlashganda qancha issiqlik chiqadi?.
3. 22,4 l atsetilen yonganda 1305 kJ issiqlik ajralsa, 2 mol; 224 l va 5,2 g atsetilen yonganda qanchadan issiqlik ajraladi? .
4.15. Tarkibi ko‘mir va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashmadan tarkibida 1 mol CO va 1 mol H2 bo‘lgan aralashma hosil qilish uchun 132 kJ issiqlik sarflangan bo‘lsa, tarkibida 56 g CO va 44,8 l vodorod, 2,24 l CO va 0,2 g vodorod bo’lgan aralashmalar hosil qilish uchun qancha issiqlik sarflanadi?
5.2 mol oltingugurt (IV)oksid yondirilganda 284,2 kJ issiqlik ajralsa, 6,4 g SO2 yonganda qancha issiqlik ajraladi?
Metallarning tabiatda qanday holda tarqalgan.
Metallar qanday usulda olinadi.
Metallar qanday sohada ishlatiladi.
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Dostları ilə paylaş: |