Mavzu: Kimyoviy rеaktsiyalarning qonuniyatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad : Kimyoviy rеaktsiyalarning qonuniyatlari haqidagi bilimlar
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
Siz umumiy o`rta ta'lim maktablarining 7-9-sinflarida kimyo fanining nazariy asoslarini o`rganish davoraida, xalq x o`jaligida ishlatiladigan juda k o`p moddalar haqida tushunchalarga ega b o`ldingiz va kimyo m o`jizakor fan ekanligiga ishonch hosil qildingiz. Kimyoning m o`jizakorligi shundaki, gazsimon moddalardan suyuqliklar yoki qattiq moddalardan gazlar, ulardan esa gazlama yoki dorivor moddalar olish mumkin. Kimyoviy moddalarning k o`pi kimyo korxonalarida ishlab chiqariladi. Masalan, azotli, fosforli va kaliyli mineral o`g`itlar, nitrat, fosfat va sulfat kislotalar, qora va rangli metallar, neft, toshk o`mir va tabiiy gaz mahsulotlari kimyo korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlardir.Xomashyo kimyoviy tarkibining o`zgarishi bilan bog`liq b o`lgan bir qator jarayonlarni o`z ichiga olgan ishlab chiqarish korxonalari - kimyoviy ishlab chiqarish korxonalaridir. Bunday korxonalardagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarni kimyoviy texnologiya o`rganadi.Demak, kimyoviy texnologiya kam xomashyo va energiya sarflash bilan xomashyoni qayta ishlab, sifatli mahsulot tayyorlash usullarini o`rganuvchi fandir.Har bir kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni asosida bir qator kimyoviy reaksiyalar yotadi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, kimyoviy reaksiyalar tezligiga ta'sir etuvchi omillar, kirayoviy muvozanat, kimyoviy muvozanatni siljituvchi omillar haqida fan, kimyoviy kinetikaning riazariy asoslarini kimyoviy texnologiyaga tatbiq etish uni jadal suratlar bilan rivojlantirish demakdir.Siz k o`mir, oltingugurt, kolchedanning yonishi kabi qaytmas reaksiyalarni, oltingugurt (IV)-oksidni oksidlash azotni vodorod bilan
bog`las h ammiakni oksidlash kabi qaytar reaksiyalarning borish qonuniyatlari bilan tanishgansiz. Bu reaksiyalarni sanoat miqyosida amalga oshirish uchun optimal sharoit tanlash esa lexnologik jarayonning asosiy vazifasidir. ,
-Xomashyo sifatida havo, suv va istalgan texnologik qurilmalardan foydalanib biron xil mineral o'g'it ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan quyidagi jarayonlarning kimyoviy va texnologik asoslarini tushuntiring:
- Havodan azotni ajratib olish;
-.Suvni elektroliz qilib vodorod va kislorod olish;
-Olingan azot va vodoroddan ammiak olish;
-.Ammiakni oksidlab azot (Il)-oksid olish;
-Azot (Il)-oksiddan azot (IV)-oksid olish;
-Azot (IV)-oksiddan kislorodli muhitda nitrat kislota olish;
-Nitrat kislota va ammiakdan ammoniy nitrat olish;
-Ammoniy nitratni donador holatga keltirish va buyurtmachilarga tarqatish.
-Reaksiyaning harorat koeffitsienti 2 ga teng. Harorat 10°C dan 100°C ga ko'tarilganda, reaksiya tezligi necha marta ortadi?
-Harorat koeffitsienti 3 bo'lgan reaksiya tezligini 100 marta oshirish uchun haroratni 0°C dan necha darajaga ko'tarish kerak?
-Harorat 20°C dan 70°C ga ko'tarilganda reaksiya tezligi 1200 marta ortgan. Reaksiyaning harorat koeffitsientini aniqlang?
-Quyidagi reaksiyalarda gazlar aralashmasining hajmi 3 marta oshirilsa, reaksiya tezligi necha marta o'zgaradi? a) H2+F2=2HF; b) 2NO +O2=2NO2.
-Etilenning yonish reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: C2H4+3O2=2CO2+2H2O.
Bu reaksiyada kislorodning konsentratsiyasi 3 marta oshirilsa, reaksiya tezligi necha marta
- 2NO+O2=2NO2 reaksiyasida muvozanat qaror topganda moddalaming konsentratsiyasi quyidagicha: [N0]=0,056 mol g/l, [0,1=0,028 mol g/l, [N0,]=0,044 mol g/l. Reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblab toping.
-2NO+O2=2NO2 reaksiyasida ishtirok etayotgan moddalaming konsentratsiyalari quyidagicha bo'lganda muvozanat qaror topdi. [NO]=0,2?? k>W, [0,]=0,3 nwl/l va [N0,]=0,06 mol/l reaksiyaning muvozanat konstantasini va dastlabki moddalaming boshlang'ich konsentratsiyala- rini hisoblab toping?
Dostları ilə paylaş: |