Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan tushuntiring.
2. Krеmniyning tabiatda tarqalishihaqida tushuntiring
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Eng muhim birikmalari. Krеmniy (IV)-oksid, silikat kislotasi, silikatlar.
Shisha va sеmеnt ishlab chiqarish. Bеton va tеmir bеton haqida tushuncha.
3-laboratoriya ishi.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Eng muhim birikmalari. Krеmniy (IV)-oksid, silikat kislotasi,
silikatlar. Shisha va sеmеnt ishlab chiqarish. Bеton va tеmir
bеton haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy Amaliy mashg`ulot
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1.Krеmniy (IV)-oksid, 2. Shisha va sеmеnt ishlab chiqarish. 3.Bеton va tеmir bеton
Yangi darsning bayoni.
Silan - rangsiz gaz, kuchli qaytaruvchi, havoda o`z-o`zidan alangalanib ketadi:
SiH4+2O2=SiO2+2H2O+1427,2 kJ SiH4+2O2=SiO2+2H2O+1427,2 kJ
Silandan tashqari yana bir qaucha kremnevodorodlar ham mavjud, ularning umumiy formulasi SinH2,!+2, bu yerda n<8. Silanlar metan qatori uglevodorodlarga o`xshash bo`lish bilan birgalikda kremniyning uglerodga nisbatan metallmaslik xossasi kuchsizlanishi natijasida, Si-H va Si-Si bog`ining kuchsizlanishi sababli ulardan ko`ra kuchli reaksion qobiliyatga ega.
Kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ishqorlarning suyuqlanmasi va eritmalari bilan ta'sirlashadi:
Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2 Si+2OH+H2O=SiO3+2H2
Eng muhim birikmalari. Kremniy (IV)-oksid SiO2 - qattiq, qiyin suyuq-lanuvchan, atom kristall panjarali, suvda erimaydigan modda. Tabiatda kvars minerali holida uchraydi. Kvarsning tiniq, rangsiz kristalini tog` xrustali deb ham ataladi. Kremen, agat, yashma, qum - kvarsning shakl o`zgarishlari hisoblanadi.Kislotali oksid xossasiga ega bo`lib, ishqorlar, ishqoriy metallar karbonatlar va asosli oksidlar bilan qo`shib suyuqlantirilganda kremniy kislota tuzlari -silikatlarni hosil qiladi: SiO2+2NaOH=H2O+Na2SiO3 SiO2+Na2CO3=CO2+Na2SiO3
Ftorid kislotadan boshqa kislotalar bilan ta'sirlashmaydi. Ftorid kislota ta'sirida gazsimon kremniy ftorid SiF4 hosil bo`ladi:SiO2+4HF=2H2O+SiF4 Suyuqlantirilgan kvarsdan ultrabinafsha nurni o`tkazuvchi va kichik kengayish koeffitsientiga ega bo`lgan kvars oynasi ishlab chiqariladi. Kvarsning suyuqlanish harorati 15OO°C atrofida. Shuning uchun kvars oynasini yuqori haroratli sharoitlarda ishlatish mumkin. Kvarsdan simob lampalari va kimyoviy laboratoriya idishlari tayyorlanadi. Metakremniy kislota va uning tuzlari. Metakremniy kislota H2SiO3 ikki negizli kuchsiz kislota bo`lib, karbonat kislotadan ham kuchsizdir. Shuning uchun karbonat kislota yoki karbonat angidrid uni tuzlari eritmasidan siqib chiqarishi mumkin: Na2SiO3+H2O+CO2=Na2CO3+H2SiO3 Metakremniy kislota suvda erimaydi va gelsimon cho`kma holida ajrab chiqadi. U faqat ishqorlarda eriydi va tuzlar hosil qiladi:
Shisha. Oddiy oyna yoki boshqa shishalarni kremniy (IV)-oksid (kvars, qum holida) va kalsiy karbonatni (ohaktos H2 marmar holida) natriy karbonat (soda holida) bilan suyuqlantirib olinadi:
CaCO3+SiO2=CaSiO3+CO2 Na2CO3+SiO2=Na2SiO3+CO2
Hosil bo`lgan shisha - kalsiy va natriy silikatlarning kremniy (IV)-oksid bilan qotishmasidir. Bunday shishaning kimyoviy tarkibini taxminan Na2 CaO 6SiO2 formula bilan ifodalash mumkin. Suyuqlantirilgan shisha sovutilganda darrov qotraasdan asta quyuqlashadi, qovushoqligi ortadi. Bu esa unga har qanday shakl berish imkonini yaratadi. Sovib borayotgan yarira quyuq massadan deraza oynalari, tola, naychalar, puflash yoki presslash orqali buyumlar tayyorlash mumkin. Shishaning xossalari uning tarkibiga bog`liq. Shisha tayyorlash uchun shixta tarkibiga natriy karbonat o`rniga kaliy karbonat (potash) olinsa, kimyoviy idishlar tayyorlash uchun pishiq, qiyin suyuqlanuvchi shisha, potash va qo`rg`oshin (II)-oksid olinsa - xrustal - nurni kuchli sindiruvchi, og`ir shisha olish mumkin.Rangli shishalar turli moddalar qo`shib olinadi. Kobalt (II)-oksid shishaga ko`k rang, xrom (III)-oksid yashil rang, temir (II)-oksid to`q yashil rang, mis (I)-oksid qizil rang beradi. Oltin qo`shilsa faqat qizil nurni o`tkazuvchi rubin shishasini olish mumkin. Shisha tolalardan issiqlik va elektroizolatsiyalovchi xususiyatli gazlamalar, kislotaga chidamli materiallar tayyorlanadi. Sement ishlab chiqarish uchun xomashyo (ohaktosh va giltuproq) maydalanadi va aylanuvchi pechga yuboriladi, pechdagi harorat 45O°C gacha ko`tariladi. Bunday haroratda xomashyo tarkibidagi suv va karbonat angidrid chiqib ketadi. Natijada qotuvchi massa bo`laklari - klinker olinadi. Klinkerni kukunga aylantirib sement tayyorlanadi. Sementni suv bilan aralashtirilganda juda qattiq massa hosil qilib qotuvchi xamir paydo bo`ladi. Qotish jarayoni hatto suv ostida ham ro`y beraveradi. Sementdan yerusti va suvosti inshootlarini qurishda bog`lovchi material sifatida foydalaniladi.Keramik buyumlar g`ovaklari suv o`tkazmasligi va ifloslanib ketmasligi uchun osh tuzi kuydirish pechiga tashlanib, buyumlar yuzasi glazur bilan qoplanadi (osh tuzining bug`lari kremniy oksid bilan reaksiyaga kirishadi) va buyurn yuzasi silliq, shishasimon, nam o`tkazmaydigan yaxlit qatlamli bo`lib qoladi. Beton va temir-beton. Sement bog`lovchisini qum, mayda shag`al, yirik shag`al, [oshlar bilan aralashtirib beton hosil qilinadi. Beton ichiga temir sim, armatura va jbalardan karkas tuzilmasi qo`yib temir-beton olinadi. Beton va temir-beton talq xo`jaligining ko`p tarmoqlarida keng miqyosda ishlatiladi. Keramika. Gildan tayyorlangan buyumlar - keramika deb ataladi. Sopol (keramik )uyumlar) tayyorlash uchun xomashyo gil tuproq, kaolin, qum, bo`r, dolomitlar lisoblanadi. Hozirgi kunda sopol buyumlar asbobsozlik, elektrotexnika, radiotexnika Isanoatlarida ham ishlatilmoqda. Bu maqsadlar uchun ishlatiladigan sopollar nozik Isopollardir. Nozik sopollar tayyorlash uchun asosiy xomashyoga talk, glinozem, jmagniy oksid, titan birikmalari qo`shib alohida tarkibli xomashyo tayyorlanadi.
3-laboratoriya ishi
Shishaning turlari va ularning tarkibi bilan tanishish. «Shisha va undan yasalgan mahsulotlar» to'plami bilan tanishish va ishlash.Sizga berilgan har xil turdagi shisha namunalari va shishadan yasalgan har xil buyumlarni ko'rib chiqing.
Mustaqil xulosa uchun topshiriq.
Sizga berilgan namunalar shishaning qaysi turiga kirishini aniqlang.Siz ko'rib chiqqan buyumlarni tayyorlashda shishaning qanday o'ziga xos xossalaridan foydalanilganligini izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: |