Olingan hulosalar
|
Isnlatilgan jihozlar
|
|
|
|
Uyga vazifa. O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____
Mavzu: Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni,
atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan
o`rni, atomtuzilishi, tabiatda tarqalishi
haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Krеmniyning elеmеntlar davriy sistеmasida joylashgan o`rni.
2.Krеmniyning atom tuzilishi.
3. Krеmniyning tabiatda tarqalishi
Yangi darsning bayoni.
Kremniy. Kremniyning davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishi Kremniyning p-elementlar oilasiga mansub ekanligini qanday izohlaysiz? Kremniy davriy sistemaning uchinchi davri to'rtinchi guruh bosh guruhchasida 14-tartib raqami bilan joylashgan, p-elementlar oilasiga kiradi. Nisbiy atom massasi 28,O86 ga teng. Tashqi elektron pog'onasida to'rtta elektron tutadi.
Davriy sistemada kremniy elektronlarni oson beruvchi va elektronlarni oson qabul qiluvchi elementlar orasida joylashgan. Vodorodli birikmasida SiH4 kremniy to'rt valentlilikni, oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Yuqori oksidlanish darajasi esa +4 (SiO2). Atomlarning nisbatan yaqin elektrmanfiylikka ega ekanliklarinatijasida Si-H bog`ining kam qutblanganligi, molekulaning qutbsizligi beshiuchi, oltiuchi, yettiuchi guruhlar bosh guruhchalari elementlaridan farqli ravishda kremniyning vodorodli birikmasi kislotali yoki asosli xossalarni namoyon qilmasligiga sabab bo`ladi. Tabiatda tarqalishi va biologik ahamiyati. Yer qobig'ida tarqalish jihatidan kisloroddan keyingi ikkinchi o'rinda turgan kremniyning massa ulushi 27,6% ni tashkil etadi. Kremniy tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi. Kremniy tabiatning asosiy elementidir. Ko'pchilik tog' jinslari (gneyslar, granitlar, bazaltlar) va minerallar (kvars, dala shpatlari, qum, gillar) kremniy birikmalaridan tashkil topgan. Kremniy ayrim o'simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi. Kremniy ayrim o`simliklar poya va barglari, qush patlari va hayvon junlari tarkibiga kiradi . Olinishi va ishlatilishi. Kremniy (IV)-oksidni magniy, aluminiy yoki uglerod bilan qaytarib kremniy olinadi:Kremniy ko'plab qotishmalar olishda ishlatiladi. 4% kremniy tutgan po'lat oson magnitlanish xususiyatiga ega bo'lib qoladi. Undan transformatorlar, dvigatellar, generatorlar (elektrotexnik po'lat) tayyorianadi. 16% va undan ortiq kremniy tutgan po'lat (kislotaga chidamli po'lat) kimyo sanoatida apparat va uskunalar tayyorlashda ishlatiladi. Kristall holidagi toza kremniy radio- va elektrotexnikada yarim o'tkazgich sifatida ishlatiladi. Ular Quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiradi. Kremniyli quyosh batareyalari kosmik qurilmalarda energiya manbasi sifatida qo'llanadi.
Dostları ilə paylaş: |