Ishlab chiqarish korxonalarida sanoat qurilmalari va ularni texnik harakteristikalari.
Maʼlumki Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari bugun elektr energiyasining asosiy isteʼmolchilari sanaladi. Umumiy qiymatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 55% sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida sarflanadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyaning asosiy isteʼmolchilari bular kompryessorlar, ventilatorlar, nasoslar va koʻtarma - transport qurilmalar 10kV kuchlanishda, stanoklar, elektr mashinalar 660-380-220V, elektr pechlari, elektr qurilmalar kuchlanishi 1000 V ha ega boʻlgan qurilmalari. Bugungi kuning dolzarb mavzusi tabiiy resurslarni tejash maqsadida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, elektr energiyasini samaradorligini belgilab beruvchi eng birinchi koʻrsatgich elektr energiya sifat koʻrsatkichlaridir. Elektr energiyasining sifat koʻrsatkichi - isteʼmolchi qurilma zimmasidagi vazifasini toʻla toʻkis ado etishi uchun zarur sharoitdagi energiya qiymatidir. Elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash nafaqat energiya samarasiz sarf boʻlishini oldini oladi balki aynan yuqorida taʼkidlab oʻtgan sanoat korxonalarining yirik energiya isteʼmolchi qurilmalarning uzoq vaqtgacha xizmat qilishini kafolatlaydi va ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarning oldi olinadi. Nega aynan sanoat korxonalaridagi elektr energiyasini sifatini tatbiq qilish, texnik taʼminot oʻzgartirishlarni kiritish zarur? birinchi navbatda sanoat zonalaridagi xavfsizlikni taʼminlash maqsadida. Birgina neft kimyo korxonalaridagi ventilatorlarda energiya sifatidagi oʻzgarish tufayli ventilatorlar soniyalarda faoliyatini toʻxtatsa korxonada ommaviy zaharlanish xavfi mavjud. Shunday ekan bu sohani tatbiq etish doimiy talabgor yoʻnalishlardan biri. Shuningdek elektr energiyasini sifat koʻrsatkichlarini oshirish muammosini hal qilishda, iqtisodiy, texnik, matematik jihatlarni tahlil qilish zarur. Sanoat korxonalarida elektr energiyasini sifat qiymati uning kuchlanishi va chastotalar olishi, oʻzgarish koʻlami elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmyetriyaligiga qarab aniqlanadi. Bu koʻrsatgichlarning nominal qiymatdan ogʻishi ishlab chiqarish jarayonida mexanizmlar vaqtidan oldin eskirishi, mahsulotlar sifatining buzilishi, jarayon kechikishi, samaradorlik pasayishiga olib keladi. Sifat koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi omillar: ekologik omillar (harorat, namlik, havo tarkibi) mexanik omillar(oʻtkazgichlar turlari, oʻtkazgich tarkibi, elektr uzatgichlar, elektr taqsimlovchilar)Jarayon omillari (ishlab chiqarish jarayonidagi yuklamalarining oshib ketishi, ish rejimining nomutanosibligi, tarmoqdagi sifatsiz qurilmalar, yaroqsiz stansiyalar, eskirgan ishlab chiqarish mexanizmlari) ular energiya sifat koʻrsatkichlari yomonlashuviga va energiyaning samarasiz sarf boʻlishiga (masalan elektr issiqlik sifatida sarflanib ketishi) olib keladi. Sanoat korxonalarida energiya sifatining pastligi elekt energiyasisni uzatish va isteʼmol jaryonidagi samarasiz yuqotishlarga olib kelmoqda va shu sababli hozida ushbu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda. Sanoat korxonalarida sifat koʻrsatkichlarini hisoblash uni tushunish oddiygina taminlash juda muhim hisoblash koʻrsatkichlarining soddaligi uning hech bir energiya sohasi sharxlovchisiz tushunish imkonni berishi zarur. Energiya sifat nazorat dachiglaridagi koʻrsatgichlarni oddiy menejer ham tushunadigan darajada boʻlishi sifat nazoratini tezda baholash va zarur boʻlsa kerakli chora tadbirlarini vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Hozirda koʻplab xorijiy kompaniyalar tomonidan elekt energiya sifatini baholovchi ixtisoslashtirilgan multimetrlar, spektr analizatorlari, loggerlar, oʻlchash tizimlari va boshqa koʻplab meva nitoring vositalari tavsiya etilayotgan boʻlib, ular elektr sifat monitoringni 24 soatdan 12 siatgacha qisqa muddatda taxlil qilib uzogʻi yitti kun mobaynida natijalarini taqdim etishga moslashgan. Umuman olganda sanoat korxonalarida elekt sifat koʻrsatkichlarini oʻlchov maqsadlariga koʻra uchta turfa ajratishimiz mumkin:
➢ Ekspress - elektr tarmogʻining ekspertizasi;
➢ Elekt energiya quvvat sifatining doimiy monitoringi (monitoring);
➢ Sanoat korxonalarida Elektr taʼminoti sifatining pasayishi sabablarini aniqlash maqsadida elektr tarmogʻini tekshirish.
Sanoat korxonalarida elekt sifat nazorati Audit - Elekt tarmogʻining ekspertizasi u sodda va arzon monitoring vositalari boʻlishi kerak. Audit vazifasi - barqaror anomaliyalarni aniqlashdan iborat. Audit tekshiruvi nisbatan qisqa kuzatuv vaqtida (daqiqalardan bir necha soatgacha) amalga oshiriladi. Monitoring ancha qiyin va qimmatroq dasturiy echimlarni talab qiladi. Bunda taqsimlangan, qoida tariqasida, markazlashtirilgan boshqaruv oʻlchov va axborot tarmoqlari monitoring qilinadi Bunday monitoringni amalga oshirish uchun zarur litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashgan firmalar ekspertiza oʻtkazadilar. Sanoat korxonalarida elekt sifat koʻrsatkichlarini tadqiq qilishda zamonaviy qurilmalar afzalliklari Garmonik analizatorlar Garmonik oʻlchagichlar garmonik buzilish maʼlumotlarini oʻlchash va qayd etish uchun moʻljallangan nisbatan oddiy asboblardir. Garmonik analizatorlarda toʻlqin shaklini koʻrsatish ekrani, kuchlanish simlari va oqim problari boʻlgan hisoblagich qismlari mavjud. Analizatorlarning baʼzilari qoʻlda, boshqalari esa stol usti foydalanish uchun moʻljallangan. Baʼzi asboblar toʻlqin shaklidagi kuchlanish suratini va oʻlchash amalga oshirilayotgan paytdagi garmonik buzilishlar suratini koʻrsatib beradi. Boshqa asboblar oniy tasvirlarni yozib olish, shuningdek, vaqt oʻtishi bilan garmonik buzilishlarni doimiy ravishda qayd etish imkoniyatiga umumiy kuchlanish hosoblarini olish uchun bunday analizatorlar dam 20 tasining natijasi olinib oʻrtacha hisob chiqariladi va standartlardagi nominal qiymat bilan solishtiriladi.
Vaqtinchalik buzilishni aniqlovchi analizatorlar-qisqa muddatli, quyi sikl quvvat tizimidagi buzilishlarni yozib olish, saqlash va taqdim etish uchun ilgʻor maʼlumotlarni yigʻish qurilmalaridir. Sanoat korxonalarida ushbu asboblar uchun namuna olish stavkalari yuqori.
Vaqtinchalik buzilish yozuvchilari analizatorlar uchun sekundiga 2 dan 4 milliongacha namuna olish mumkin. Yuqori namuna olish stavkalari oʻtkinchi hodisalarni ularning amplitudasi va chastotasi mazmuni boʻyicha tavsiflashni koʻproq aniqlikda koʻrsatib beradi. Bu ikkala atribut ham vaqtinchalik tahlilni amalga oshirish uchun zarurdir. Toʻlqin shaklining amplitudasi taʼsirlangan uskunaning shikastlanish ehtimoli haqida maʼlumot beradi. Bunday Chastota tarkibi bizga hodisalarning qanday bogʻlanishi va ularni qanday yumshatish mumkinligi haqida maʼlumotlarni ham beradi. Bunday maʼlumotlar aniqlangandan soʻng, uskunaning sezgirligini aniqlash kerak. Masalan, 480 V dvigatelga qoʻllaniladigan 200-V tepalik impulsi dvigatelning ishlash muddatiga hech qanday taʼsir qilmasligi mumkin; ammo, jarayon boshqaruvchisiga qoʻllaniladigan bir xil impuls darhol muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin.