1.2 Sanoat korxonalari qurulmalari mexanik tizimlarida elektr yurutmalar va ularni texnik xarakteristikalari. Elektr yuritma deb elektr motor, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to ‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezUgini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida o ‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0 ‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim hamda tazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usuh bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada, texnologiya jarayonini takomillashtirish, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi. Birinchi elektr yuritmasi 1838- yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarmas tok motorini kemaga o'm atib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok manbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng ko'lamda qo'llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.DolivoDobrovolskiy tomonidan 1889— 1891 - yillar orasida transformator, asinxron motori va uch fazali sistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transfor- mator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko'rgazmasida o ‘zi yasagan asinxron motorli nasos elektr yuritmasi ishini namoyish etgan. Shundan so‘ng, XX asming boshlaridayoq elektr energiyasini dunyo miqyosida ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hatto fan sifatida shakllana boshladi. Agar 1915—16- yillarda Toshkent ko'chalarida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan harakatlantiriladigan yuritmalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining Asaka shahrida qad ko'targan zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalaming konveyer Uniyalarida Neksiya, Damas, Tiko va Matiz nomh yengil avtomobillar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko'chalarida esa, ketm a-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorU elektr yuritmaga ega bo‘lgan zamonaviy jihozlangan tramvay, trolleybus va metropoliten ishlab turibdi. Demak, hozirgi kunda og‘ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmadan keng va samarali foydalanilmoqda.
Ma’lumki, sanoat, qishloq xo‘jalik va maishiy obyektlarning asosiy qismining harakatga keltirilishi tezligi o ‘zgarmaydigan, keng qoilaniladigan elektr yuritm alar vositasida amalga oshirilib, ular elektr qurilm alar iste’mol qiladigan elektr energiyaning 60-70 %ini tashkil etadi. Sanoat m exanizmlaridagi elektr yuritm alarning um um iy sonidan faqat kichik qismida murakkab va nozik bo‘lgan boshqariluvchi elektr yuritmalar qo‘llaniladi.Ishlab chiqarishda keng ko‘lam da qo‘llaniladigan andozaviy sanoat mexanizmlariga nasos agregatlari, ventilyatorlar,havo haydovchi kompressorlar, konveyerlar va boshqalar kiradi.Bu mexanizmlarning ko‘pchiligini tezligi rostlanmaydi va aksariyati avtom atlashtirilmagan bo'ladi.M D H da mashina va mexanizmlari elektr yuritm alarining o 'rtach a yuklanish darajasi taxminan 30-60% ni tashkil etadi.Ushbu elektr yuritm alari elektr tarm og‘iga to ‘g‘ridan to ‘g‘ri ulanadi, bunday holatda motorlar chulg‘amlarida 6-10 karralik ishga tushirish toklari o‘tadi. Bu toklar katta elektr dinamik va mexanik kuchlam ing paydo bo‘lishiga olib kelib, natijada motorlarning chulg‘amlari yuqori darajada yemirilish holatiga duch keladi, elektr yuritmalar va mexanizmni mexanik va elektr qismlari ishlash m uddatining kamayishiga sabab bo‘ladi.Elektr tarm og‘ida esa kuchlanishning keskin pasayishi 101kuzatiladi va ushbu tarm oqqa ulangan boshqa mexanizm yuritmalarining normal ish rejimiga manfiy ta ’sir ko‘rsatadi.Belgilangan aylanish tezligiga chiqib olgandan so'ng elektr yuritmalar chala yuklanganlik rejimida ishlaydi, natijada iste’mol qilinadigan to‘liq quwatning me’yoridan ortiqcha sarflanishi yuzaga keladi va qurilm ani texnik-iqtisodiy ishlatish ko'rsatkichlari kamayadi va inahsulot birligiga to ‘g‘ri keladigan elektr energiyaning solishtirma sarfi oshadi.Turg'un rejim larda nisbiy past darajadagi yuklanish bilan ishlaydigan asinxron m otorlarni ishga tushirish tokining qiymatini kamaytirish va avtomatlashtirilgan elektr yuritmani energetik samaradorligini ko‘tarish uchun turli mezonlar asosida (stator tokining minimumi, quvvat koeffitsiyenti va FIK maksimumi) energetik ko‘rsatkichlarni optim allash kerak bo‘ladi.Tezlik bo‘yicha rostlanmaydigan asinxron elektr yuritmalar energetik ko‘rsatkichlarini optimallash mikroprotsessorli boshqariluvchi tiristorli kuchlanish rostlagichlar vositasida amalga oshirish mumkim.
Avtomatlashgan elektr yuritm ada tiristorli rostlagichlarning ishlatilishi statik ham da dinam ik ish rejimlarida yuritmasining funksional im koniyatlarini kengaytirishga im kon beradi. Boshqaruvchi mikroprotsessorh tizim ning ishlatilishi avtomatlashgan elektr yuritm alar strukturasini, tuzilmasini o ‘zgartirmay turib, tanlangan mezon bo'yicha tizim ning energetik ko‘rsatkichlarini optim allashni amalga oshirishga, yuritm ani silliq ishga tushirishni ham da avariya holatlarining yuzaga kelishidan samarali himoyalaydi.Shu tufayli energetik nuqtayi nazardan zamonaviy talablarga javob beruvchi energiyani tejash imkoniyatini beruvchi qurilm alam i va texnologiyalarni yaratish, tadqiqot qilish va ishlab chiqarishga qo'llash dolzarb hisoblanadi.Turli xil texnologik m ashinalar uchun m oljallangan energiyani tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash m uam m olari bilan dunyoning rivojlangan mamlakatlar
mutaxassislari shug‘ullanib kelmoqdalar.102Lekin mavjud ishlanm alarning aksariyati rostlanuvchi elektr yuritmalariga oid b o ‘lib, keng ko'lam da q o ‘llaniluvchi tezligi rostlanm aydigan andozaviy sanoat m exanizm lari uchun yetarli darajada emas.