Mavzu: Energetik qurulmalarning yuklamasini zamonaviy qurulmalar yordamida o’lchash va boshqarish tizimlarini ishlab chiqish.
Reja: Kirish.
1-Bob. Sanoat korxonalari va ularda elektr energiyasi sarfi.
Ishlab chiqarish korxonalarida sanoat qurulmalari va ularni texnik harakteristikalari.
Sanoat korxonalari qurulmalari mexanik tizimlarida elektr yurutmalar va ularni texnik xarakteristikalari.
Sanoat korxonalarida texnoligik tizizmlar ,isitish qurulmalarida elektr energiya sarfi.
Sanoat qurulmalarida elektr energiyasida ishlovchi tizimlarni ulanish sxemalari.
2-Bob.Sanoatda elektr energiyasini sarfini o’lchash tizimlari.
2.1 Qurulmalarda aktiv va reaktiv quvvatlar.
2.2 Elektr energiyasini joriy va davriy o’lchash tizimlari.
2.3 Sanoat korxonalarida elektr energiya sarfini masofadan o’lchash tizimlari.
2.4 Elektr sarfini hisoblagichlarini klassifikatsiyasi va ularni ishlash prinsiplari.
3-Bob.Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi uchun joriy elektr energiya sarfini o’lchash tizimlarini loyihalash.
3.1 Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarini boshqarish tizimi uchun joriy elektr energiya sarfini o’lchash tizimlarini loyihalash.
3.2 Joriy sarfni o’lchash tizimini prinsipal sxemasi.
3.3 Zamonaviy mikroprossesorli elektr energiyasini sarfini o’lchash tizimlarini asosiy qurulmalarini texnik harakteristikalari.
3.4 Zamonaviy o’lchash tizimlarida mikroprossesorli qurulmalarni sozlash tizimlari.
3.5 Zamonaviy elektr energiyasini o’lchash tizimlarida o’lchash algoritimlari.
3.6 Texnologik jarayonlarni boshqarishda elektr yuklamasini o’lchash va boshqarish tizimlarini loyihalash.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Bugungi kunda, energiya iste'moli samaradorligini sezilarli darajada oshirish muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, jahon yoqilg'ienergetikabalansining katta ulushini tashkil etuvchi neft va gazzahirasining yuqori sur'atlarda kamayishi, atrof-muhitning ekologikvaziyatini sezilarli darajada yomonlashuviga olib keluvchi energiyaiste'molining salbiy ta'sirini ortib borishi va boshqa sabablar bilanbog'liqdir.
Energiya iste‘moli hajmining oshishini zudlik bilan oldi olinmasa, bubir tomondan, global ekologik inqirozga, ikkinchi tomondan ekologikfalokatga olib kelishi mumkin. Elektr energiya sarfinisezilarliqisqartirishga,elektr energiyasining darajasini belgilab beruvch yoqilg'ienergetika resurslaridan (YER) samarali foydalanish evaziga erishishmumkin.Energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarni zamonaviyg'oyalar, prinsiplar, metodlar va boshqaruv nazariyasi usullarigaasoslangan energetik menejmentni boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Energiyaresurslarini iste‘moli jarayonini boshqarish uchun menejmentningnazariyasini qo'llash, maxsus energetik menejment fanini shakllantiradi.
Energetik menejment energetik resurslarni nafaqat texnik,balkitashkiliy, motivasiyali, axborotli, marketingli va investisiyaviy jihatlariniboshqarishni anglatadi. Shu bilan birga issiqlik va elektr energiyasinisamaradorligini oshiruvchi energetik resurslarni iste‘molini boshqarishdatexnik omillarni qo‘llash usullarini bilish zarur.
Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo’lib turgan elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi takidlanmoqda. Bunga sabab kundan kunga mamlakatimizda zamonaviy texnika va texnologiyalarni paydo bo’lishidir, masalan, aholi ehtiyoji uchun muzlatgichlar, sovutgichlar va shunga o’xshash turli xildagi energiya sarf qilinuvchi jixozlarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishda hozirgi zamon elektron qurilmalaridan keng foydalanganholda noan‘anaviy energiya manbalaridan samarali foydalanib tejamkor elektr ta‘minotini tashkil etish aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir. Dunyo mamlakatlari bilan solishtirganda, O‘zbekiston energiya tejamkorligi, samaradorligi bo‘yicha 147 davlat ichida 87-o‘rinni egallagan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5-maydagi "2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya siqimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to`qrisida"gi Pq-2343-sonli qarorini xayotga tatbiq etish, ya'ni rusurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalar, zamonaviy uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, qam kundalik turmushda yuksak darajadagi energiya tejamkorlikka erishish bugungi kunning dolzarb masalasi xisoblanadi.
Dissertasiyaning maqsadi real vaqtlarda energetik qurilmalarni yuklamasini boshqarish orqali energiya tejamkorlikka erishishdan iborat.
O‘zbekiston elektr energiyasining asosiy iste`molchisi sanoat bo‘lib uning ulushiga mamlakat bo‘yicha elektr energiya iste`moli umumiy darajasining 50% i to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston issiqlik energiyasining asosiy iste`molchisi uy-joy – kommunal xo‘jaligidir. Uning ulushigaiste`mol qilinayotgan issiqlik energiyasining 57% to‘g‘ri keladi.O‘zbekiston energetika tizimida elektr energiyani ishlab chiqarishda asosiy yoqilg‘i turi tabiiy gaz bo‘lib, uning ulushi 80% ni tashkil etadi.
Yurtimizda iqtisodiyotni samarali boshqarish va xalq farovonligini oshirish maqsadida energiya tejamkorligini moliyaviy – iqtisodiy boshqarish mexanizmi ishlab chiqildi. Bu yo’nalishda yaratilgan moddiy boyliklardan tejab ishlatish va oqilona foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Farovonlikni esa elektr energiyasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Iqtisodiy tizim korxonalarini harakatga keltirayotgan, xonadonlarimizni charog’on, mushkullarimizni oson qilayotgan elektr energiya bebaho boyligimiz. Shu bois, har bir jamoada va har bir xonadonda elektr energiyasidan tejash va oqilona foydalanish lozimdir.Elektr energiyasiga bo’lgan oqilona munosabatdan ham davlatimiz, ham xalqimiz manfaat ko’radi. Respublikamiz bo’yicha xalq xo’jaligini va aholisini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun bir sutkada elektr quvvati hosil qiluvchi stansiyalarda 51 mln.kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 20 ming tonnadan ortiq ko’mir yoqilmoqda. Bunday harajatlar ko’lamini tasavvur qilgan odam, tejamkorlikning naqadar zarurligini tushunib yetadi. Qolaversa, elektr tarmoqlaridagi o‘ta yuklanib ishlash rejimlarni bartaraf etishda tejamkorlik eng yaxshi imkoniyatdir. Afsuski, elektr energiyasidan samarasiz foydalanish yoki to’g’ridan-to’g’ri isrofgarchilikka yo’l qo’yish holatlari oz emas.