Mavzu: Energiya: qayta tiklanadigan manbaalarga o’tish Reja


Geotermal energiyadan foydalanish asoslari



Yüklə 41,93 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü41,93 Kb.
#180161
1   2   3   4   5
Energiya qayta tiklanadigan manbaalarga o’tish

1. Geotermal energiyadan foydalanish asoslari.
Geotermal so‘zi grekchadan geo - yer va thermy - issiqlik so‘zlari bo’lib, geotermal energiya - yer issiqligi energiyasi deb ataladi. Yer qa’rida juda katta issiqlik miqdori mavjud. Undan juda arzon va ekologik zararsiz bitmas-tuganmas energiya olish mumkin , hisoblarga ko‘ra, yer bag‘rida to‘plangan issiqlikdan olinadigan energiya yer yuzidagi hamma organik yoqilg'i zahirasidan olnadigan energiyadan bir necha barobar ko‘p ekan. Ammo bu issiqlik energiyasi faqatgina yer ostidagi qaynoq suvlardan olinadi, xolos. Bu suvlar ikki turga bo’linadi . 1. Termal (issiq) suvlar - ularning temperaturasi 100°C gacha boiadi. 2. Paragidrotermal suvlar - ularning temperaturasi 100°C dan ortiq boiadi.O ita Osiyoda temperaturasi 40-200°C atrofida o‘zgaradigan umu- miy oqim sarfi 0,55 mln.m3/kun boigan geotermal suvlar zahirasi mavjuddir.
Hozirgi vaqtda geotermal suvlardan faqatgina xalq xo‘jaligining kommunal xo‘jaligida (uylarni isitish va issiq suv bilan ta’minlash), parniklarda va davolash maqsadlarida ishlatiladi.Energetika va issiqlik bilan ta’minlashda asosan temperaturasi yuqori va kam mineralizatsiyali suvlar qimmatli hisoblanadi. Chunki mineralizatsiyasi oz boisa, jihozlarning zanglashi va ularning devorlariga tuzlarning o‘tirib qolishi kam boiadi.Yer bag‘rida gidrotermal suvlar juda chuqurda (1000 m pastda, iste’mol qilish mumkin boigan suvlardan pastda) joylashadi. Hisoblarga qaraganda har 30-40 m chuqurlikda yer qa’ridagi suvlarning temperaturasi 1°C ga oshar ekan. Ba’zi bir joylarda ular 200-300 m chuqurlikda ham (Kamchatka, Kuril orollarida) joylashishi mumkin. Kam holatlarda ular issiq bugii buloqlar shaklida ham uchraydi. Kamchatkada 100 dan ortiq yer yuziga chiqib turgan yuqori Icm peraturali termal suvlar mavjuddir. 1941-yilda geyzerlar vodiysi topildi Shu vodiydagi Ulkan geyzeri 100°C temperaturadan ortiq bug'li suv aralashmasini 300 m balandlikka otib turadi. Kamchatkadagi manbalar faqat yuqori temperaturasi (170-200°C) bilan emas, balki kichik mine- ralizatsiyasi (0,6-5,0 g//) bilan ham ajralib turadi.
Dunyodagi geotermal suvlardan olinadigan energiya miqdori 60 000 MW ni tashkil qiladi. 1984-yilda geotermal suvlardan faqatgina 1800 MW energiya olingan, shulardan: Amerika - 500; Italiya - 420; Meksika - 75; Yaponiya - 70. Geotermal suvlardan elektr energiyasi olish, asosan, yer yuzida ener- getik inqiroz boshlanishi va ekologik toza energiya olish uchun kurash avjiga chiqqandan so‘ng boshlandi.Termik suvlardan foydalanib elektr energiyasi olish qurilmalari xuddi issiqlik elektrostansiyalariga o‘xshash, faqatgina termik elektro- stansiyalarida bug‘ qozoni bo'lmaydi xolos, geotermal elektrostansiyalarga yoqilg‘i kerak bo‘lmagani sababli uning ishlashi uchun transportning ham keragi bolmaydi. Quyida geotermal elektrostansiyaning sxe- masi keltirilgan (83-rasm). Bugungi kunda dunyodagi geotermal elektrostansiyalarinig umumiy quvvati 1075 MW tashkil qiladi.
Geotermal energiyaning sifati, uning temperaturasi, mineralizatsiyasi (quruq qoldiq), umumiy qattiqligi, kislotaligi (pH), gaz tarkibi, gaz bilan to‘yinganligi bo‘yicha baholanadi va quyidagicha klassifikatsiyalanadi. 1. Temperaturasi bo‘yicha geotermal suvlar: kuchsiz termal - 40°C gacha; termal - 40°C + 60°C gacha; yuqori termal - 60°C+100°C gacha; qizib ketgan - 100°C dan yuqori.2. M ineralizatsiyasi (quruq qoldig‘i) bo‘yicha: ultrachuchuk suv­la r - 0,1 g// gacha; chuchuk suvlar - 0,1 1,0 g/l; kuchsiz sho‘rlangan suvlar - 1,0 + 3,0 g/l; kuchli sho‘rlangan suvlar - 3,0+10,0 g/l; sho‘r suvlar - 10,0 + 35,0 g/l; o‘ta sho'r suvlar - 35,0 g/l dan oshiq. 3. Umumiy qattiqligi bo‘yicha: juda yumshoq - 1,2 mg.ekv//; yum- shoq - 1,2+ 2,8 mg.ekv//; o'rtacha yumshoq - 2,8 + 5,7 mg.ekv//; qattiq - 5,7+11,7 mg.ekv//; juda qattiq - 11,7 mg.ekv// dan katta.4. Kislotaligi (pH) bo‘yicha: juda achchiq - 3,5 gacha; achchiq - 3,5+ 5,5; kam achchiq - 5,5+ 6,8; neytral - 6,8+ 7,2; kam ishqorli - 7,2+ 8,5; ishqorli - 8,5 dan katta.5. Gaz tarkibi bo‘yicha:oltingugurt vodorodli; oltingugurt vodorod- li - karbonat-angidridli; karbonat angidridli; azotli-karbonat angidridli; metanli; azotli - metanli; azotli. 6. Gaz bilan to‘yinganligiga nisbatan: kuchsiz 100 iu^/1 ymlm o‘rtacha - 100-^-1000 mg//; yuqori - 1000 mg// dan ortiq.Yer qa’rining tabiiy issiqligi - geotermal energiya yer qobig'inihg 10 km chuqurligicha masofada yig‘ilgan. Olimlarning taxminiga ko'ra, geotermal energiyaning energiya sig‘imi 137 trln. tonna toshko‘mir yoqilg‘isiga teng bo‘lib, yer qobig‘ida joylashgan barcha energetik resurslarning quvvatiga qaraganda 10 barobardan oshiqroqdir.

Yüklə 41,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin