2 .Geotermal elektr stansiyalar va energetik qurilmalar. Geotermal energiyani topib ishlatish - axtarib topish, unga ishlov berib ma'lum energiya holatiga olib kelish va iste’molchiga sifatli energiya yetkazib berish jarayonidan iboratdir. Issiqlik energiyasi tashuvchi geotermal energiyani axtarib topishning quyidagi klassifikatsiyasini keltirish mumkin.
Geothermal energiyani joylashishi va harakati bo'yicha klassifikatsiyasi.
Yer sathidan 50-100 m va undan ortiq chuqurlikda joylashadigan geotermal suvlar favvorali yoki aylanuvchi bo‘lishi mumkin. Favvorali texnologiya hozirgi kunda ko‘p ishlatiladigan turlardan bo‘lib, undagi bosim atmosfera bosimidan bir necha barobar katta bo‘lishi mumkin. o‘z bosimi ostida yoki nasoslar bilan ko‘tarib berilgan favvorali suvlar ishlatib bo‘lingandan so‘ng tashlab yuborilishi kerak. Tarkibida har xil tuzlar va boshqa atrof-muhitga zarar keltiruvchi moddalar borligi tufayli ulardan foydalanish uncha ham maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun bu usul uncha qo'llanilmaydi.
Vulqonli rayonlarga o‘rnatish mumkin bo'lgan geotermal elektrostansiyaningsxemasi: 1-geotermal quduq; 2 -bug‘ga aylantiruvchi moslama; 3 -turbina; 4-kondensator; 5-nasos; 6-suvli issiqlik almashtirgich.
Geotermal quduq-asosiy issiq suv bazasiga ega hudud. Separator (lot. separator — ajratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuklikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun moʻljallangan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususiyatlari (zarrachalarning shakli, massasi, solishtirma ogʻirligi, magnit xossasi va boshqalar) orasidagi farqqa asoslangan.
Separatorning markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, ishqalanma, elektr va boshqa xillari bor. Markazdan qochma S.lar (sentrifugalar) da suyuklik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi. Magnit S. foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan. Tindirma S. birbiri bilan aralashmaydigan 2 suyuklikni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda birbiriga nisbatan pastbaland joylashgan 2 ta truba boʻlib, yuqorisidan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuklik chiqadi. Pnevmatik S. tegirmonda maydalangan materialning mayda-yirikligini havo oqimi taʼsirida rostlash, uni boyitish va boshqalarda ishlatiladi. Ishqalanm a S. foydali qazilmalarni boyitishda qoʻllanadi. Gaz S.ida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsion (gaz tezligini keskin pasaytirishga asoslangan), siklonli (markazdan qochma kuchga asoslangan) xillari bor. S. xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarida, mas, un tortish korxonalarida, gaz sanoatida, paxta terish mashinalari va boshqalarda ishlatiladi; 2) podshipniklarda shar yoki roliklarni birbiridan ajratib turadigan detal (qarang Podshipnik).
Turbina –bug’ aylantiruvchidan uzatilgan bug’ turbina parraklarini aylantirishi natijasida generator vali aylanadi va bu mexanik harakat elektr energiyaga aylanadi. Turbina (frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bugʻ, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga taʼsir qilib, uni aylantiradi. T.ning aktiv (faol) va reaktiv, bir va koʻp pogʻonali turlari bor. Muqim (statsionar) bugʻ va gaz T.lari elektr toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), taʼminlash, yonilgʻi va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qoʻllanadi. Transport bugʻ va gaz T.laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz T.lari ham aviatsiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar) sifatida, baʼzi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur boʻlganda) lokomotivlar (gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qoʻllanadi. Gidravlik T.lar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi (gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli T.lar energetikada porshenli bugʻ mashinalarining oʻrnini egalladi (qarang Bugʻ turbinasi, Gaz turbinasi, Gidroturbina).
Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi.
Generatorning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi. Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan Generatorlar bajarishi mumkin. Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi (qarang Elektrmashina generatori, Oʻlchash generatori).