6 laboratoriya ishi ishlab chiqarish joylarida shovqin va tebranishni aniqlash ishning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix15.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143935
  1   2   3   4   5
6 laboratoriya ishi ishlab chiqarish joylarida shovqin va tebran




6 - LABORATORIYA ISHI 
 
ISHLAB CHIQARISH JOYLARIDA SHOVQIN VA TEBRANISHNI 
ANIQLASH 
1. Ishning maqsadi 
Ishlab chiqarish joylarida hosil bo’layotgan shovqin va tebranishni aniqlash 
usuli bilan tanishtirish, o’lchov vositasi yordamida shovqin va tebranishni o’lchab 
sharoitning sanitariya normasiga asosan baholash. 
2. Umumiy tushuncha 
Shovqin xar xil chastota va tezlikka ega bo’lgan tovushlar yig’indisini 
ifodalaydi va inson salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Sanoat xonalarida shovqin 
og’irligi moslanmagan moslama, qurilma, mashinalarni aylanma harakatidan, 
kinematik jihoz va qurilmalarni ishqalanishidan, gaz va suyuqliklarni katta tezlikda 
oqib o’tishidan, maydalash mashinalari, tegirmonlar, kompressor, shamollash 
moslamalari, nasoslar ishlatilishidan hosil bo’ladi. 
Inson qulog’i 16 Gersdan 20000 Gers chastotaga ega bo’lgan havo muhitini 
tebranishini qabul qila oladi. 
Davomli shovqin ta’sirida insonning eshitish qobiliyati pasayib, hattoki kar 
bo’lib qolishi mumkin. Shovqin avvalo insonning markaziy asab tizimiga ta’sir 
etib, ko’rish, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi, charchash, toliqishni tezlashtirib 
jarohatlanishga olib keladi. Shovqin tovushlarning chastotasi (G), jadallik kuchi 
(J), tovush bosimi (R) bilan ifodalanadi. 
Tovush to’lqinlarining tarqalishi muhitning elastiklik xossasiga, harorat va 
zichligiga bog’liq. Tovush maydoni to’lqinlarni tebranish chegarasini ifodalaydi va 
tezlik, bosimga ega bo’ladi. Havo qatlamidagi ma’lum miqdorda bosim paydo 
bo’lishi natijasida havoda qisilish va siyraklashish orasidagi ayirma tovush 
bosimini (R) tashkil etadi. 
Tovush to’lqinlari tarqalayotgan vaqtda ma’lum kinetik energiyani ko’chirish 
vujudga keladi va bu energiyaning miqdori tovush jadallik kuchi (J) bilan 
belgilanadi. 
Inson qulog’i qabul qiladigan eng kichkina jadallik – fizikaviy kuchi
(J=10
-14
H/
CM
2
)
va tovush bosimi (R=2∙10
5
Pa) miqdori - chegara miqdorlar - 
eshitishning boshlanishi deb ataladi. 
Inson qulog’ini og’ritadigan miqdordagi tovush kuchi bu miqdorlardan 
qariyib 10 marta katta. SHunda odam qulog’i juda katta diapazondagi tovush 
kuchini sezadi. 



Har xil maqsadlarda tovush kuchining absolyut qiymatlari bilan ish olib 
borish qiyinchiliklar tug’diradi. Bu maqsadda, ya’ni akustika hisoblarini amalga 
oshirishda tovushning absolyut qiymatlarini emas, balki ularning chegara 
qiymatlari nisbatida olingan logarifmlik darajalari qabul qilingan. 
Inson organizmiga shovqinning sub’ektiv ta’sirini baholash uchun shovqin 
darajasi tushunchasi kiritilgan bo’lib, u N xarfi bilan belgilanib, xalqaro birlik 
bo’lgan "BEP" da o’lchanadi. Amalda 10 marta kichik o’lcham birligi - desibel 
(db) qo’llaniladi. SHovqin darajasi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 
yoki tovush bosimi orqali: 
bu erda, L - shovqin tovush to’lqini jadallik kuchi, energiyasi – (H/sm
2
); 
R - tovush bosimi (Pa). 
Agar eshitishning boshlanishini 0 db deb baholasak, unda og’riq bilan 
eshitishning boshlanishi 130-140 db ga tengdir.
Insonning eshitish qobiliyati har xil chastotali tovushlarga bir xil emas, 1000 - 
4000 Gs chastotali bo’lgan tovushlar yaxshi qabul qilinadi. Darajasi bir xil bo’lib, 
bir xil chastotaga ega bo’lgan tovushlar bir xil qabul qilinadi. SHuning uchun 
shovqin balandligi birligiga "Fon" qabul qilingan. 1 Fon - shovqin darajasi 1db. 
bo’lganda uning chastotasi 1000 Gs.ga tengdir. 
Sanitar 
normalarida 
(SN-245-91, 
GOST 
12.1.003-85. 
SN-3223-85) 
shovqinning ruxsat etilgan miqdor darajasi aniqlangan bo’lib, u tovushning 
chastotasiga bog’liqdir va 8 oktava miqdorlari bilan baholanadi. SHovqin darajasi 
bajariladigan ishning hususiyatiga bog’liq. 
Masalan, sanoat korxonalarini doimiy ish joyida va ishlab chiqarish 
maydonlarida quyidagi shovqin darajasi miqdori ruxsat etiladi: 63 Gs. da - 103 Db, 
125 Gs - 96 Db., 250 Gs. - 91 Db., 500 Gs -88 Db., 1000 Gs. - 86 Db., 2000 Gs. - 
83 Db., 4000 Gs. - 81 Db. va 8000 Gs.da 80 Db. 
SHovqin ta’siridan insonni himoyalash maqsadida korxonalarda tashkiliy va 
texnik tadbirlar amalga oshiriladi. SHovqin miqdori o’lchab turiladi. Shovqinni 
o’lchash uchun SH-3, SH-10, SH-71, ISHB-1, ISHB-2, VSHV-003, M2 va boshqa 
asboblar qo’llaniladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin