Havodagi massa ulushi 0,03 %. Nisbiy molekulyar massasi 44. Tabiatda fotosintez jarayonida uglevodlarning hosil bo’lishida ishtirok etadi.
Ishlatilishi:Qattiq holdagi karbonat angidrid «quruq muz»-sovutgich sifatida, Kir sodasi, ichimlik sodasini olishda ishlatiladi.
Quruq muz va uning ishqor eritmasi bilan ta’siri
Kremniy (IV) oksidi SiO2
Yer qobig’ida eng keng tarqalgan element – kislorod, so’ng kremniy, Sababi qumning asosiy qismi SiO2 dan iborat. Shuningdek kvars, ametist ,topaz kabi toshlar shu formulaga ega.
Ishlatilishi: qum asosiy qurilish xom ashyosi hisoblanadi, sement, shisha ,keramika, sopolning asosini tashkil etadi, laboratoriya shishasi haroratga chidamli kvarsdan iborat, tabiatda kvarsning ametist, sapfir, yoqut kabi minerallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.
CaO-so’ndirilmagan ohak, kuydirilgan ohak nomlari bilan mashhur. Ohaktoshning kuydirilishidan olinadi:
CaCO3=CaO+CO2
Ishlatilishi: Qurilish sanoatida turli qorishmalar va sement olishda, asosli oksid sifatida tuproqning kislotaligini kamaytirishda, suvli eritmasi daraxt va o’simliklardagi turli zarakunandalarnibartaraf etish vositasi sifatida qo’llaniladi.
Sulfat angidrid SO3
Tabiatda mavjud emas, sanoatda sulfit angidridning sintezidan olinadi:
2SO2+O2=2SO3
Ishlatilishi: asosan sulfat kislotani olishda va u asosida dorivor preparatlar, avtomobil akkumulyatorining batareyalarida, kimya korxonalardakuchli kislotali erituvchi sifatida qo’llaniladi.
Qo’ng’ir gaz NO2
Zaharli, tabiatda mavjud emas, lekin chaqmoqchaqqanda oraliq modda sifatida hosil bo’ladi:
N2+O2=2NO
2NO+O2=2NO2
korxonalarda sariq tutun sifatida ajralganligi bois, tulkidumi nomini olgan