Mavzu: er-xotin juftligining shakllanishi


Mashg‘ullik yoki rom bo‘lib qolish



Yüklə 86 Kb.
səhifə3/6
tarix11.05.2023
ölçüsü86 Kb.
#111528
1   2   3   4   5   6
Mavzu er-xotin juftligining shakllanishi (1)

2. Mashg‘ullik yoki rom bo‘lib qolish. Bu bosqichda tanishib ulgurgan yoshlar davomli uchrashuvlar natijasida bir-birlaridagi ijobiy sifatlarni anglab, bir-birlariga ko‘nika boshlaydi. Faqat e’tibor ijobiy, yaxshi sifatlarga qaratilgani bois sheriklar adashishlari ham mumkin, qolaversa, yangi tanishlar o‘zlarini biroz sun’iy tutib, asl qiyofalarini ataylab niqoblashga ham uringanliklari uchun mabodo salbiy sifatlar ham namoyon bo‘lib qolgan taqdirda ayrimlar ajrashib ketadilar, ayrimlar esa uchrashuvlarni davom ettiraveradilar.
3. Ko‘nikish – munosabatlardagi o‘ziga xos yangilikning kamayib borishidir. Endi boshida o‘zgacha joziba kasb etgan tashqi ko‘rinish, xusn, qaddi-qomat kabilar odatiydek idrok etilib, hissiyotlar tobora kamayib boradi.
4. Kutish – munosabatlarning muayyan bosqichida xayol-fantaziyadagi ideal obraz bilan real, kundalik hayotda tobora namoyon bo‘lib borayotgan asl nusxa o‘rtasida ayrim ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar ko‘zga tashlanishi bilan boshlanadi. Endi tobora kutishlar tizimida ko‘ngil qolish, afsuslanish kabi holatlar ham paydo bo‘lib, ong sherikdagi ayrim salbiy, yoqimsiz sifatlarni ham idrok qila boshlaydi. Bunga ayni shu davr ichida boshqalar bilan tanishish tajribasi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, talaba yigitning boshqa bir shaharga olimpiadaga yoki xizmat safariga borishi, u erda o‘zgacha nafosatli bir qiz bilan tanishib qolishi unda solishtirish imkoniyatini yaratadi, va qaytib kelgach, uchrashib yurgan qizidan ayni o‘sha sifatlarni kutadi, lekin topolmasa, undan ranjiy boshlaydi.
5. Ko‘ngil qolish – bu shunday bosqichki, unda xayajonli ishq-muhabbat hislari o‘rnini alam, g‘azab, aldanganlikni anglash egallay boshlaydi, sherik to‘g‘risidagi ijobiy obraz salbiy obraz bilan almashib boradi. Ko‘pchilik yoshlar ayni shu bosqichda bir-birlaridan ajralib qoladilar.
6. Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi – bosqichida sheriklardan biri (ba’zan ikkalasi bir vaqtda) munosabatlarga chek-chegara qo‘yish vaqti kelganligini anglab qoladi. SHu fikr paydo bo‘lgan ondan boshlab, ular yana bir karra qabul qilingan qarorning nechog‘li to‘g‘ri ekanligini o‘ylab ko‘rishadi. Odatda bu noo‘rin talablarni bir-biriga qo‘yish orqali hissiyotlarni tekshirish orqali ro‘y beradi. Masalan, “bu va yana bu takliflarimga ko‘nsaang, senga uylanaman, bo‘lmasa, oramiz ochiq” qabilida.

Yüklə 86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin