Qo`sh elektr qavat xosil bo`lishining ikkinchi mexanizmi qattiq faza tarkibiga kirmaydigan ionlarning fazalararo sirtga tanlanib adsorblanishidan iborat. Bu xolda sistemaga aralashib qolgan qo`shimcha moddalar tarkibidagi ionlar adsorblanadi masalan, metall-suv sistemasiga NaCL eritmasi qo`shilsa, metal sirtiga xlorid ionlari tanlab adsorbilanadi.

Qo`sh elektr qavat xosil bo`lishining uchinchi mexanizmi ikki fazadan iborat sistemaga ionlarga ajralmaydigan modda qo`shilganda bo`lib, u fazalar chegarasiga adsorbilana olmasa xam, fazalarni tashkil etgan moddalar o`z vaziyatining biror faza tomon o`zgartirib, chegara sirtga musbat yoki manfiy ishorali zaryad berishi bilan tushuntiriladi.

Ayni faza zaryadining ishorasi kuyida keltirilgan Kyon qoidasiga muvofiq aniqlanadi: bir-biriga tegib turgan ikki fazadan qaysi birining dielektrik singdiruvchanligi katta bo`lsa, o`sha faza musbat zaryadlanadi. Suvning dielektrik konstantasi nixoyatda katta (E=81) binobari, suv va qattiq jismdan iborat sistemada xosil bo`ladigan qo`sh elektr qavatda suvga tushirilgan qattiq modda sirti ko`pincha manfiy zaryadga, suv sirti esa musbat zaryadga ega bo`ladi.
Qo`sh elektr qavat xosil bo`lishi xaqidagi tasavvurni dastlab Kvinke ilgari surdi. Qo`sh elektr qavatning tuzilishini esa birinchi marta Gel’mgol’ts va Perren tushuntirib berdilar.
Ularning fikricha, qo`sh elektron qavat xuddi yassi kondensator kabi tuzilgan bo`lib zaryadlar fazalar chegarasida ikkita qarama-qarshi ionlar qatori shaklida joylashadi. Ikki qavatning biri qattiq jism sirtiga bevosita yopishib turadi, ikkinchisi esa suyuqlik muxitida bo`ladi. Qavatlar orasidagi masofa juda kichik bo`lib, molekulalar radiuslari kattaligiga yaqin bo`ladi.