Mavzu: Ertalabki badantarbiya qoidalariva 16\32 sanoqqa kompleks mashqlari. Reja



Yüklə 22,57 Kb.
səhifə1/2
tarix22.02.2022
ölçüsü22,57 Kb.
#52962
  1   2
Ertalabki badantarbiya qoidalariva 16 32 sanoqqa kompleks mashqlari


Mavzu: Ertalabki badantarbiya qoidalariva 16\32 sanoqqa kompleks mashqlari.

Reja:

  1. Ertalabki badantarbiya mashqlarini tashkil etish.

  2. Mashqlarining asosiy shakllari.

  3. Ritmik ertalabki badantarbiya mashqlari va uning turlari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Ertalabki badantarbiya mashqlarini tashkil etish

Ertalabki badantarbiya mashqlarining sog‘lomlashtiruvchi turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalar tarbiyalanuvchilari ertalabki badan tarbiya mashqlarini o‘z ichiga oladi. Ertalabki badantarbiyamashqlarining bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama jismoniy kamolotga yetkazish, salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ertalabki badantarbiya mashqlarida sport turlari. Bu guruhga sport ertalabki badantarbiya mashqlari, badiiy ertalabki badantarbiya mashqlari kiradi. Bu turlar sport yo‘nalishiga ega bo‘lib, sport turlari sifatida targ‘ib etiladi. Bulardan maqsad, mashqlarni ijro etish texnikasida yuksak kamolotga erishish, yuksak sport mahoratini ko‘rsatish, hamda har yoqlama yuksak jismoniy tayyorgarlik asosida ertalabki badantarbiyamashqlari ko‘p murakkab mashqlarini bajara bilishga erishishdan iborat. Ertalabki badan tarbiya mashqlarining amaliy turlari. Ertalabki badantarbiya - amaliy mashqlarning bir ko‘rinishidir, ertalabki badantarbiya yanada tezroq va to‘la ravishda bolaning sog‘lig‘ini tiklash uchun qo‘llaniladi, yana jismoniy sifatlarni rivojlantirishda chidamlilikda qo‘llaniladi. Ertalabki mashqlarning vositalari - saflanish mashqlari, harakatlanishning va raqs qadamlarining xillari; umumiy ritmik mashqlarning buyumlarsiz va buyumlar bilan bajarilish turlari (tayoqlar, gantellar, arg‘imchoqlar, to‘plar va boshqa), mashqiy devordagi mashg‘ulotlar halqlarda va amaldagi mashqlar (yugurish, sakrash, o‘rmalash, oshib o‘tish)

Mashqlarining asosiy shakllari

Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotdan oldin o‘tkaziladi. Uning ahamyati: organizmni chiniqish jarayoniga tayyorlash. Ertalabki badantarbiya 7-15 dakika davom etadi. Badantarbiya mashqlari 5-7 ta mashg‘ulotlardai iborat. Eng kup og‘irlik mashg‘ulotlarning o‘rtasida o‘tkaziladi. Bolalar bog‘chalari guruhlarida ertalabki mashqlar sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Kun tartibining ajralmas qismi bo‘lgan holda u har bir bola uchun majburiydir. Har kuni uyg‘ongach (5-7 daqiqadan so‘ng) maxsus tanlangan 7-12 jismoniy mashqlar 10-15 daqiqa davomida organizm faoliyatini faollashtiradi, tananing to‘g‘ri o‘sishidagi ko‘nikmalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yassi oyoqlikdan ogohlantiradi. Ertalabki mashqlarda ishtirok etish bolalarda foydali bo‘lgan har kuni bajariladigan estalabki jismoniy mashqlarni bajarishni ta’minlaydi. Aqliy va jismoniy mehnatning ishlab chiqaruvchanlik darajasi birmuncha pasaygan bo‘ladi. Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlarning ahamyati markaziy nerv sistemasiga kuchli analizatorlarnnng retseptorlarining signallari oqimi kelib tushadi, ayniksa proporsiya-retseptorlardan, bu markaziy nerv tizimining tez ko‘zg‘alishiga va mehnatga yarokliligi me’yorini qayta tiklaydi. Ertalabki mashqlar teri retseptorlarining sovuqqa va suv bilan bo‘ladigan ta’sirlari birgalikda o‘tkazilsa, nerv sistemasining ko‘zg‘alish jarayoni tezrok yulga qo‘yiladi. Tashqi muxitdagi ayrim kuzatuvchilarni ta’sirlari (suv jarayonlari, toza havo va quyoshning ta’siri) nerv tizimining ko‘zg‘alishi bilan bir qatorda organizmning chiniqishiga yordam beradi. Ertalabki jismoniy mashqlar gavdaning, muskul guruhlarining hamma qismlarini harakatga keltirish qon aylanishining kuchayishiga yordam beradi. Yurakning va o‘pkaning normal faoliyatining qayta tiklanishi, odatdagi moddalar almashinuvi darajasini oshiradi. Kuchlarni, tezlikni va koordinatsiyalarni, harakatlanish apparatlari va ichki organlarning fiziologik vazifalarini markaziy nerv tizimi tomonidan doimiyligini yaxshilaydi, sistematik ravishdagi muskul mashqlari davomida rivojlanuvchi muskullarning o‘ziga xos kimyoviy xususiyatlarini saqlab kolishga yordam beradi. Mashqlar charchoq keltirib chiqarmasligi lozim. Shuning uchun astasekin sodda mashqlardan biroz murakkab mashqlarga o‘tish lozim va shu bilan bir qatorda asta-sekinlik bilan organizmga kuchlanishni kupaytirish lozim. Kuchlanishlar mashqlarning qiyinlashuvi hisobiga, kaytarilishlar soni hisobiga, harakatlarning tezlik darajasini oshishi va ayrim mashqlar orasidagn to‘xtalishlarni kamaytirish hisobiga oshiriladi.




Yüklə 22,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin