Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari


II Bob. Etnopsixologiyaning shakllangan boʻlimlarining oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 191,5 Kb.
səhifə4/8
tarix28.02.2023
ölçüsü191,5 Kb.
#85996
1   2   3   4   5   6   7   8
Qarriyeva G

II Bob. Etnopsixologiyaning shakllangan boʻlimlarining oʻziga xos xususiyatlari.

2.1. Etnopsixologik tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari


«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so'z, ma'no) so'zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qili-nadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so'zini boshqa g'ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi. Ba'zi yevropalik olimlar etnologiyani nazariy fan, etnografiyani esa ta'riflovchi fan sohasi deb aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya'ni bir ma'noni anglatuvchi tarix fani sohasi desa bo'ladi. Hatto qadimgi yunon mualliflari dastlabki etnografik ma'lumotlarni xalqlarai ta'riflash bilan cheklab qo'ymasdan, balki ularni muayyan guruhlarga bo'lib, ya'ni ilk bora tasniflashga intilib nazariy fikrlarni bayon qilganlar.
XIX asrlargacha «etnologiya» atamasi fanda ba'zan ayrim etnografik jarayonlarni tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni o'rganishdagi yangi fan sohasi sifatida birinchi marta fransuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda «antropologik», ya'ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyasini ishlab chiqqan va shu tizimga «etnologiya» so'zini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida tanilgan.

Rasmiy ravishda etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij etnologiya jamiyatiga asos solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasiz o'tmagan, yangi fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan o'rni tevaragida jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar bo'lib, ayrim yo'nalish va maktablarni yuzaga keltirgan. Bunday munozara va tortishuvlar hozirgacha davom etib kelmoqda, ayniqsa, mazkur fan atamasi, uning mohiyati va predmeti doirasida turli tushunchalar va mulohazalar mavjud bo'lib, etnologiya atamasini turlicha talqin qilish va izohlash keng ko'lamda shu kungacha saqlangan.


So'nggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta'kidlab, uni jahondagi barcha elat va xalqlarni, qoloq yoki rivojlangan bo'lishidan qafi nazar, teng, baravar o'rganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr o'rtalarida g'arbiy Yevropa mamlakatlarida etnologiya fanining tez sur'atlar bilan o'sishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosda o'tkazilishi bilan bog'liq bo'lgan. Mustamlakachi davlatlar Afroosiyo o'lkalarida o'ziga qaram qilib olgan o'lkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma'lumotlarga muhtoj edilar. Shuning uchun ham bunday ma'lumotlarni faqat etnologiya yetkazib berishi mumkin edi.
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta'rifga ega emas. Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta'rif mavjud edi. Barcha ensiklopedik lug'atlarda chop etilgan ta'rif asosan, mashhur rus olimi S.P. Tolstovning so'zlarini qaytalagan.
Aytish joizki, hozirgi siyosiy va ilmiy atamalarning ko'pi ikki-ikki yarim ming yillar muqaddam Yunonistonda paydo bo'lgan. Jumladan, hozir ko'p ishlatiladigan «demokratiya» yoki «demografiya» so'zlari qadimgi grek (yunon) tilidan olingan bo'lib, uning negizini «demos», ya'ni tub ma'noda «xalq» degan so'z tashkil etadi. Shu ma'noda, ilk jamiyat asosini tashkil qiluvchi xalq tushunchasini ifodalovchi yana bir atama - «etnos» ham ishlatilgan. Masalan, «demografiya» fani jahon yoki ayrim mamlakat aholisining soni, joylashuvi, tug'ilishi va o'limi, ijtimoiy-jinsiy va yosh tuzilishini, tabiiy o'sish va ko'chish (migratsiya) jarayonini o'rganadi. Lekin, jahondagi xalq va elatlar o'z tili, kelib chiqishi va joylashuvi, moddiy va ma'naviy madaniyati, an'anaviy xo'jaligi, maishiy turmushi va xarakteri, milliy psixologiyasi va urf-odatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadilar. Xalqlarning o'zaro tafovuti, umumiyligi yoki o'xshashligini, ularning o'ziga xosligi va xususiyatlarini jiddiy o'rganuvchi maxsus fan sohasi «etnografiya» va «etnologiya» nomi bilan XIX asr o' rtalarida iste'molga kirdi.



 Etnopsixologiyaning shakllangan boʻlimlarining oʻziga xos xususiyatlari





Yüklə 191,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin