Reja: 1. Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 2. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi. 3. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. 4. Falsafaning funksiyalari.
Reja: 1. Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. 2. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi. 3. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. 4. Falsafaning funksiyalari.
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo’lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U Ko’ernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o’z cho’qqisiga ko’tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so’ng oradan bir yil o’tgach Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g’oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatShunosligining asoslari yaratilgan va mexanika qonuniga asos solingan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo’lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta’riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog’liq bo’lgan yangi me’yorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan o’z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan masalalarni yechishga tobora faolroq yo’naltirilgan. Biroq fan o’zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug’orilgani sari u o’z tarixiy ildizi – falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko’rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, teologik aqidalardan qat’iy nazar rivojlanishi mumkin bo’lgan bilimlar tizimi sifatida tuShunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. ‘rofessional olimlar paydo bo’ladi , ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta’limi tizimi rivojlanadi. O’z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va qoidalariga ega bo’lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.