Mavzu: Falsafa fani. Falsafafiy dunyo qarashning o’z-o’zini anglash jarayonidagi tasiri



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü27,42 Kb.
#201286
1   2   3   4   5   6   7
falsafa 1

Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tuShunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o’zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg’ular, kayfiyat dunyoni go’yoki ranglarga bo’yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug’ bo’lib tuyulishi mumkin bo’lgan nur, sog’lom odam uchun normal bo’ladi; daltonik ranglar gammasini, ko’rish qobiliyati normal bo’lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan o’timistik, ‘essimistik, fojeaviy ti’lari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etishbu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto’g’ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv ‘arilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o’xshash fantaziyalar paydo bo’ladi .
Dunyoni tuShunishinsonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, Shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o’zaro aloqalarini tuShunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo’lsa, dunyoni tuShunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.

Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o’zini o’zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy ti’lari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo’lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko’nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to’planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o’tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to’plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo’lganidek, dunyoqarashda ham o’zini o’zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan



Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin