Abadiy harakat, o’zgarish va harakatsizlikning o’zaro nisbati. Falsafada harakat nafaqat turli jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o’zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, o’zaro ta’sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, ko’payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo’ladi. Agar biz biron-bir tabiiy ob’ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bo’lsak, «harakat» tushunchasini chetlab o’tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtayi nazaridan bu noto’g’ri, zero, Alp tog’lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo’lamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo’lib, bu yerda bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir.
Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san’at va Shu kabilar bilan ham uzviy bog’liq. Biz falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so’z yuritamiz. Mazkur masalani mufassalroq o’rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko’rsatilgan tushunchalarning asosiy ma’nolari va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tuShunishga nisbatan ikki asosiy yondaShuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig’ma) ma’nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo’lib, uning vazifasi borliq haqidagi ob’ektiv bilimlarni o’rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda “fan”, “olim” tushunchalari muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig’ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. “Fan” tushunchasi falsafaga tatbiqan ko’pincha ayni Shu kontekstda qo’llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o’rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan» tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma’no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim esa tor mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U Shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob’ekti (hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari Shundaki, ular:
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o’rganilayotgan ob’ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo’ljal oladi;
-kategoriyalar apparatini (o’z tilini) yaratadi, o’zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o’rtasidagi farq Shunda namoyon bo’ladiki: falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari, asarlari o’ziga to’q bo’lishi va ularga boshqa faylasuflar qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;
-falsafada (muayyan fanlardan farqli o’laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo’lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondaShuvlar birligi albatta mavjud bo’ladi;
-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq ‘rognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo’q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi ‘rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
Endi «Falsafa nimani o’rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o’z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo’lishi mumkin bo’lgan hamma narsa falsafaning predmet idir. Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to’g’risida so’z yuritish mutlaqo o’rinli bo’ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni Shu sababli yuqorida keltirilgan ta’rifda «inson» tushunchasi yig’ma ma’noda qo’llanilgan. Bu yerda Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, garchi falsafaning predmet iga biz umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta’rif bergan bo’lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga ko’ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o’ringa chiqadi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-Shubhasiz inkor etish mumkin bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo’lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo’l bilan tuShuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o’rganilgan hodisalarni tuShuntirishga nisbatan o’z yondaShuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo’lgan qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, Shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o’rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog’liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.