Mavzu: Falsafa fani. Falsafafiy dunyo qarashning o’z-o’zini anglash jarayonidagi tasiri



Yüklə 27,42 Kb.
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü27,42 Kb.
#201286
1   2   3   4   5   6   7
falsafa 1

Metodologik funksiyasi to’g’risida so’z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu tushuncha yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, tekshirish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, Shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o’zi o’rganayotgan predmet ning tadqiqot yo’lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o’rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o’ynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, falsafa o’ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko’rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI asrgacha bo’lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o’tib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo’lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan ma’lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada tegishli bo’limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika, gidrostatika, geometrik o’tika (xususan, ko’zgular haqidagi alohida fan – «ka-to’trika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg’oniy astranomiya, al-Beruniy meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug’bek astranomiya, Alisher Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo’shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma’lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin eks’erimental metodlar hali qo’llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo’lmaydigan s’ekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko’rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Madaniy funksiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg’otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy funksiyani ham bajaradi. U dunyoni o’zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o’rganish ularning o’tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tuShunish imkonini beradi, g’oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o’zaro ta’siriga ko’maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funksiyasi. Falsafa hayotning ma’nosi, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendentsiyalarni qisqa muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog’liq bo’lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo’ljallari va ustuvorliklari belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib to’adi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko’p jihatdan belgilaydi
Yüklə 27,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin