falsafa tarixi, ontologiya - borliq to‘g‘risidagi ta’limot, gnoseologiya (epistemologiya) - bilish to‘g‘risidagi ta’limot, aksiologiya - qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limot, falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot, ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot, mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot, etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot, estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot.
Shuningdek tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi, global muammolar falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan bir butun yo‘nalishlarga ajralgan. Ulaning har birining o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor.
U yoki bu falsafiy fanning rivojlanish darajasi turlichadir. Ulardan ba’zilari (masalan, ontologiya) falsafa ibtidosida vujudga kelgan bo‘lsa, boshqalari (global muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir.
Falsafiy fanlar bir-biridan uzilib qolgan emas, ular o‘zaro yaqindan aloqada va o‘zaro bog‘liqdir. Ularning negiz mavzulari ko‘pincha bir-biri bilan yondosh keladi: mantiq va bilish, bilish va din, din va axloq, axloq va san’at va hakozo. Falsafiy fanlar ayniqsa, muayyan tizimlar va oqimlar doirasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Falsafaning vazifalari: Falsafa o‘z funksiyalari:
dunyoqarash,
tanqidiy,
metodologik,
aksiologik,
bashoratlashni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hurmatli talaba! Sizga topshiriq: falsafaning funksiyalaini mustaqil o‘rganib semenar mashg‘ulotiga joylashtiring.
1 Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б.
2Аристотель. Сочинения. Т. 1. 66-б.
3 Ўша жойда. 32-б.
4 Қаранг: Н.В.Хорев. Философия как фактор развития науки. –М., 1979. 14-15-б.