Mavzu: Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarga o‘qitishning nazariy-amaliy ahamiyati reja



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə4/7
tarix19.06.2022
ölçüsü40,14 Kb.
#61830
1   2   3   4   5   6   7
falsafa maruza 1

Dunyoqarashning tarixiy turlari:
Dunyoqarashning tarixiy shakllari:

  1. afsonaviy

  2. diniy

  3. falsafiy

Diniy-afsonaviy tasavvurlar falsafaning ma’naviy manbalaridan biridirlar. Ular falsafadan oldin dunyoqarashning ko‘proq ilk shakllari sifatida vujudga kelgan edilar. Afsonalar o‘z joyini falsafaga berganligiga qaramasdan, ular orasida vorislik mavjud. Va, bu eng avvalo, dunyoqarashga aloqador bo‘lgan mazmunning o‘zini borligi bilan belgilanadi.
Qadimgi dunyo kishisi voqea narsa bilan nazarda tutilgan narsa, tasavvurdagi va mavjud voqeylikdagi narsa, ashyo bilan ashyo haqidagi narsa o‘rtasidagi farqni ko‘rmas edi. «Afsonaviy she’riy tarzdagi aql uchun «nima uni hayajonga solsa», «mavjud bo‘lgan narsaga» tengdir, «uning uchun sub’ektiv va ob’ektiv bilim o‘rtasidagi tafovut ma’noga ega emasdir»3. Masalan, ibtidoiy ong uchun tabiat hodisalari o‘z-o‘zlaricha mavjud bo‘lmasdan, balki insonga bog‘liq ravishdagina ro‘y beradilar. Dunyo hodisalarini qabul qilishning bunday tarzi asrlar qa’riga borib taqaladigan ko‘p xalqlardagi belgilarga qarab mushohada yuritishlarda o‘z aksini topadi: qarg‘a qag‘illasa – yomon hodisa yuz beradi, ot kishnasa – yaxshi xabar keladi, qo‘ziqorinlar ko‘p chiqsa – urush chiqadi va hokazo. Falsafagacha bo‘lgan afsonaviy-diniy dunyoqarash amaliy yo‘nalgandir: hatto xudolar insonga nisbatan hamma vaqt muayyan munosabatdadirlar4.
Afsonaviy qarashlardan farqli o‘laroq, falsafiy dunyoqarash sub’ektiv va ob’ektiv narsani farqlashdan boshlanadi. Shuning uchun birinchi faylasuflarning dunyoga nisbatan munosabatlari «Men-emas», «U» ga qaratilgan bo‘lib, tashqi, shaxsdan yuqori turuvchi (koinotga, tabiatga), inson dunyosiga qarama-qarshi va undan mustaqil bo‘lgan dunyoga qaratilgan edi. Afsonaviy tasavvurlar va rivoyatlarning haqli ekanligiga shubha urug‘ini biz Sharqning (eng qadimgi) «falsafaoldi» bosqichidayoq topamiz.
Hurmatli talaba! Sizga topshiriq: diniy va falsafiy dunyoqarashni mustaqil o‘rganib, fikrlaringizni mustaqil ish sifatida semenar mashg‘ulotida topshirig.

Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin