Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va
yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo„qmi? Uzluksiz
axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib
chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o„rinlidir, lekin ularga javobni hayotning
o„zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko„p sonli, shu jumladan ilgari hyech
qachon mavjud bo„lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo„yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va
yerda hayotning davom etishi uchun o„z javobgarligini tobora teranroq anglagan
holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar,
xalqlar o„rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o„rtasida insoniy, yaxshi
qo„shnichilik munosabatlarini o„rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan
bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o„ringa chiqmoqda. Shu munosabat bilan
faylasuflar avvalo yer yuzida ta'limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq
tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko„pgina faylasuflar fikriga ko„ra, hozirgi
muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta'lim va lozim darajadagi
tarbiyaning yo„qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o„z rolini
o„ynashi lozim.
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim
xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o„zining hayotdagi o„rni va
vazifasini falsafiy anglab yetishga ayniqsa muhtojdir.
Falsafa real hayot bilan uzviy bog„liq va doim inson borlig„ining eng
muhim muammolarini anglab yetishga qarab mo„ljal oladi. Ayni shu sababli
hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay
yangi mavzu sifatida falsafiy anglab yetish muhim ahamiyatga ega. Falsafa
predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo„lgan
boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda
falsafaning roli va ahamiyatidir.
Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni
davom ettirar ekanlar, “Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?”,
“Falsafaning vazifasi nimadan iborat?”, “Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va
nima maqsadda tahsil berish lozim?” qabilidagi bir qarashda allaqachon o„z
yechimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qo„ymoqdalar. Bu haqda ko„p va
atroflicha so„z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmetiga,
shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta'sir ko„rsatishga qodir yoki qodir
emasligiga, agar qodir bo„lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga
nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning
bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o„tilganidek, falsafaning o„ziga xos
xususiyati, ya'ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina
mavjud bo„lishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Falsafaning unga yaxlit ta'limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy
qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni
vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab
tizimlar bilan ish ko„rgan holda uning afzalligiga aylanadi.
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks
muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash;
ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu
muammolarni falsafiy nuqtai nazardan anglab yetish alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |