Tilli modellash. Tilli modellash asosida qandaydir tezaurus (bir tilning mukammal lug’ati) yotadi. U kiruvchi tushunchalar to’plamidan tashkil topadi, uning ustiga bu to’plam fiksatsiyalangan bo’lishi kerak. Shuni qayd qilish kerakki, tezaurus va oddiy lug’at orasida prinsipial farqlar bor. Tezaurus – lug’at, bir xil bo’lmaganlikdan tozalangan, ya’ni unda har bir so’zga yagona tushuncha muvofiq bo’lishi kerak, garchi oddiy lug’atda bir so’zga bir nechta tushunchalar muvofiq bo’lishi mumkin.
Belgili modellash real ob’ektni o’rnini bosadigan va uning munosabatlarini asosiy xossalarini ma’lum alomatlar va belgilarning ma’lum tizimi yordamida ifoda etadigan mantiqiy ob’ektni yaratishning sun’iy jarayonidir.
Ixtiyoriy S tizimlarning faoliyat ko’rsatish jarayoni xarakteristikasini tadqiq qilish uchun ushbu jarayonni formallashtirish kerak, ya’ni uning matematik modelini tuzish kerak.
Matematik modellash. Matematik modellash deganda - berilgan real ob’ektning ba’zi bir matematik ob’ektga muvofiqligini belgilash jarayoni tushuniladi. Bu matematik ob’ekt matematik model deb ataladi, va bu modelni tadqiq qilish o’rganilayotgan real ob’ekt xarakteristikalarini olish imkonini beradi. Matematik modelning turi nafaqat real ob’ekt tabiatiga bog’liq, balkim ob’ektni tadqiq masalalariga va talab qilinadigan ishonchlilik va bu masalani echish aniqligiga bog’liq. Har qanday matematik model, boshqalarga o’xshab, haqiqatga yaqinlashishning ba’zi darajasi bilan real ob’ektni tavsiflaydi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilish uchun matematik modellashni analitik, imitatsion va kombinatsionlarga bo’lish mumkin.
Analitik modellashuchun shu narsa xarakterliki, tizim elementlarini ishlash jarayonlari qandaydir funksionalli munosabatlar (algebraik, integro - differensial, chekli – ayirmali va sh.o’.) yoki mantiqiy shartlar ko’rinishida yoziladi.
Analitik modelni tadqiqot usullari. Analitik model quyidagi usullar bilan tadqiq qilinishi mumkin:
analitik, bu usul izlanayotgan xarakteristikalar uchun umumiy ko’rinishda
aniq bog’liqliklarni olish kerak bo’lganda qo’llaniladi;
sonli, bu usul umumiy ko’rinishda tenglamalarni echishni bilmasdan, aniq boshlang’ich ma’lumotlarda sonli natijalarni olish kerak bo’lganda qo’llaniladi;
v) sifatli, bu usul anik ko’rinishda echimni olmasdan, echimning ba’zi xossalarini topish mumkin(masalan, echimning turg’unligini baholash) bo’lganda qo’llaniladi.
Agar S sistemaning izlanayotgan xarakteristikalari boshlang’ich sharoitlari, parametrlari va o’zgaruvchanlarini bog’layotgan aniq ifodalar ma’lum bo’lsa, tizimning ishlash jarayonini eng to’liq tadqiqotini o’tkazish mumkin. Lekin bunday bog’liqliklarni olish faqatgina oddiy tizimlar uchun muvaffaqiyatli bo’ladi. Tizimlar murakkablashganda ularni analitik usul bilan tadqiqlash katta qiyinchiliklarga olib keladi va ba’zida bu qiyinchiliklarni engib bo’lmaydi. SHuning uchun, analitik usuldan foydalanishni istaganda tizimning loaqal umumiy xususiyatlarini o’rganish uchun birlamchi model ancha soddalashtiriladi.
Sonli usul analitik usulga nisbatan tizimlarning kengroq sinfini tadqiq qilishga imkon beradi, lekin bunda olingan echimlar xususiy xarakterga ega bo’lib, SHK (shaxsiy kompyuter) dan foydalanganda sonli usul g’oyat samaralidir. Ba’zi bir hollarda tizim tadqiqotchisini matematik modelning sifatli usuli tahlilidan foydalanib olingan xulosalar qanoatlantirishi mumkin. Bunday sifatli usullar, masalan boshqarish tizimlarning turli variantlarini samarasini baholash uchun avtomatik bishqarish nazariyasida keng qo’llaniladi.
Hozirgi vaqtda katta tizimlarning ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilishda mashinali amalga oshirish usullari keng tarqalgan. EHM da matematik modelni amalga oshirish uchun unga muvofiq modellash algoritmni qurish kerak.