Mavzu: Farhod va Shirin” dostonining boblari tavsifi

Yüklə 17,54 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü17,54 Kb.
#199390
1   2   3   4   5   6   7
“Farhod va Shirin”

Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Aslida Farhodning bosh qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq qiladi. Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida Nizomiy, Dehlaviy, Ashraf Marog‘iylarni eslab o‘tar ekan, yana bir noma’lum ijodkorga ham ishora qilib o‘tadi:

Yana bo‘lg‘on ekan bu noma marqum, Vale roqim emastur yaxshi ma’lum.

Adabiyotshunoslikda ushbu noma’lum ijodkor aynan Orif Ardabiliy bo‘lishi mumkin degan fikr mavjud.

Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. Shundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi:

Bihamdik fath abvob ul maoniy, Nasib et ko‘ngluma fath o‘lmak oni.

YA’ni: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening maqtoving bilan va ko‘nglumga ularni zabt etishni nasib qil.

Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo‘qlikdagi holati, dunyoga kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risida bayon qiladi. “Lavhi mahfuz” (kishilarning yaxshi va yomon amallari, taqdiri azaldan bitib qo‘yilgan taxta) haqida fikr yuritar ekan, inson azaliy qismat ijrochisi ekan, bunga uni gunohkor qilishni qanday izohlash mumkin degan fikrlarni aytadi:

Yüklə 17,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin