Dostonning asosiy qismi 12-bobdan boshlanadi. Voqealar Chin xoqonining farzandsizligi va uning iztiroblari tasviri bilan ibtido topadi. Nihoyat uning iltijolari qabul bo‘lib, Tangri unga bir o‘g‘il in’om etadi. Navoiy go‘dakning tug‘ilishidan tortib ulg‘ayishigacha bo‘lgan har bir jarayonni alohida tasvirlaydi, hatto go‘dakka qo‘yilgan ismga ham alohida ma’no yuklaydi:
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi, Hurufi ma’xazin besh qism qo‘ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Farhod yoshi ulg‘aygani sari hazin va xastadil bo‘lib bo‘lib boradi. Xoqon Farhodning ko‘nglini ochish, hazin kayfiyatini ko‘tarish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt qasr qurdiradi. Shu asnoda Farhod Qorandan tosh yo‘nish, Boniydan me’morlik, Moniydan naqqoshlik sirlarini o‘rganadi. Lekin u egallagan bilimlar, o‘rgangan hunarlar zohiriy (dunyoviy) bilimlar bo‘lib, ilohiy siru asrorni ochishga kifoya qilmaydi. Endi u piri komil ta’limini olishi kerak edi.