Farrux Karimovich Zokirov (16-aprel1946) – Taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. 2002-yilning mayidan to 2004-yilning iyuligacha Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Farruh Zokirov 1946-yilning16-aprelidaToshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Oʻzbekiston SSR xalq artisti Karim Zokirov – opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlishgan. Farruhning ota-onasi Moskva konservatoriyasida tahsil olib yurishganlarida turmush qurishgan. Oilada oltita farzand, beshtasi oʻgʻil: Botir, Naufal, Jamshid, Farruh, Ravshan va bir qiz: Luiza Zokirovalar dunyoga kelishgan. ushbu bolalar umumiy olganda mehmondoʻst oilada voyaga yetishgan. U davrlarda Zokirovlar xonadoniga oʻsha vaqtning taniqli saʼnat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan sanʼatga mehr erta uygʻonishiga katta turtki boʻlgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi vujudga kelishiga ham sabab boʻlgan.
Yalla — oʻzbekfolk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solisti — Farrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.
„Yalla“ vokal-cholgʻu ansambli 1970yildaToshkent shahrida Toshkent Teatr Instituti va Toshkent Konservatoriyasi bitiruvchilaridan tuzilgan. 1971-yildagi „Allo, isteʼdodlarni qidirayapmiz“ ("ruscha: Алло, мы ищем таланты") Butunittifoq koʻrik-tanlovida Farruh Zokirov boshchiligidagi „Yalla“ ansambli rus tilida ijro etgan „Na tot bolshak“ qoʻshigʻi ularga koʻrik-tanlov diplomini keltirib, katta shuhrat berdi. 1974-yilda esa Oʻzbekistonda ancha tanilib qolgan „Yalla“ Bratislavadagi tanlovda „Majnun tol“ qoʻshigʻi bilan Gʻarbdagi tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. Ularning „Uch quduq“ qoʻshigʻi esa Ittifoq shlyageriga aylandi.
2. Farrux Zokirov 85 yoshni qarshi oldi.
16-aprel, shanba kuni “Yalla” ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi oldi. My Day san’atkor hayoti va ijodiga oid ayrim faktlar hamda uning ijrosidagi mashhur taronalarni yodga oldi.
Farrux Zokirov “Xalq artisti” unvoni bilan oltita respublika – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ingushetiyada taqdirlangan. 45 yillik ijodi davrida 100 dan ortiq qo‘shiqlar yozilgan. Ular orasida “Choyxona”, “Uchquduq”, “Litso vozlyublennoy moyey”, “Majnuntol”, “Shahrisabz”, “Baka-bang”, “Torimning siri” kabi xit taronalar bor.
“Yalla” ansambli 45 yildan buyon sahnada. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta ijodiy muddat. Ansambl 45 yillik gastrol faoliyati davomida 5000 ga yaqin konsert dasturini taqdim etgan.
“Uchquduq” qo‘shig‘i 40 daqiqa ichida yozilgan. “Yalla” ansambli Yuriy Entin bilan gastrol safarida bo‘lgan va shoir shaharni kezib, she’rlar yozgan. Mashhur xit yo‘l-yo‘lakay yaralgan va kechqurungi konsertda ijro etilgan.
Mukofotlari:
1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:
Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
Qoraqalpogʻiston Xalq artisti.
Qozogʻiston Xalq artisti.
Qirgʻiziston Xalq artisti.
Tojikiston Xalq artisti.
Ingushetiya Xalq artisti.
Turkmaniston Xalq artisti.
Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti.mukofotlariga sazovor boʻlgan.
2017-yil 22-noyabrda Qirgʻizistonning „Doʻstlik“ ordeni berildi
2018-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlandi.
2023-yil 1-iyulda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.[3]
Oilasi haqida
Otasi – Karim Zokirov (1912-1977) opera kuychisi, O'zbekiston SSR Xalq artisti.
Turmush oʻrtogʻi – Anna Zokirova. Birinchi turmush oʻrtogʻi – Nargiz Boyxonova.
Akasi – Botir Zokirov (1936-1985), oʻzbek va sovet qoʻshiqchisi, yozuvchi, shoir, rassom va aktyor. Mamlakatda estrada sanaʼti asoschisi, Oʻzbekiston SSR Xalq artisti.
Ukasi – Jamshid Zokirov (1949-2012) sovet va oʻzbek aktyori, teleboshlovchi, Oʻzbekistonda Xizmat koʻrsatgan artist.
Jiyani – Javohir Zokirov, Gavhar Zokirovaning oʻgli, aktyor, qoʻshiqchi.
O`zbek estradasi asoschisi Botir Zokirov xotirasiga bag`ishlangan mazkur ko`rik-tanlovning tuman-shahar bosqichlarida ishtirok etganjami 2 000 nafar ishtirokchilardan tanlovning hududiy saralash bosqichlarida 420 nafar iqtidorli va ijodkor yoshlar saralab olingan. Yakuniy saralash bosqichiga hakamlar hay`ati tomonidan tanlab olingan 45 nafar eng iqtidorli yoshlar “Turkiston” san`at saroyida o`zlarining san`atlarini namoyish etishdi.
Ular orasidan esa 3 nafar ishtirokchi g`olib sifatida saralanib, bugungi marosimda taqdirlanishdi. Ko`rik-tanlovning yakuniy xulosasiga ko`ra: