Mavzu: Fartukni tikish. Maqsad: a ta'limiy maqsadi



Yüklə 34,52 Kb.
tarix17.10.2022
ölçüsü34,52 Kb.
#65332
412-g texnalogiyadan dars ishlanma


412-guruh Jo'raboyeva Latofat
Sana 10.10.2022
5- sinf
Mavzu: Fartukni tikish.
Maqsad:
a) ta'limiy maqsadi – mustaqil fartuk tikishni o’rgatish.
b) tarbiyaviymaqsadi – yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash.
с) rivojlantiruv chimaqsadi – atrof muhitga e’tiborli bo’lishni o’rgatish
d) kompetensiya elementlari: Fartukni tika oladi.
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi:
1) metodik qo’llanmalar, bog’ichlar uchun mato, na’mular.
2)chizg’ich,qalam, qaychi, qog’oz,sm lenta, igna ,iplar.
Darsni borishi
:1) Tashkiliy qism.

  1. salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish

  2. uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlrni tekshirish.

  1. O’tilgan mavzularni yodga solish:

  1. Bog’ichli qalpoqcha uchun andoza olish ketma ketligini aytib bering?

  2. Fartuk andozalarini qanday usullar yordamida tayyorlash mumkin?

  3. Fartuk va bog’ichli qalpoqcha uchun qanday matolardan foydalanish kerak?

  4. Yangi mavzu bayoni :

Fartuklar ayollarning kundalik turmushdagi eng zaruriy buyumlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham uni tikish ni har bir qiz bilishi kerak. Chunki hech bir ishni fartuksiz bajarib bo’lmaydi. Bundan tashqari fartuk tikish aytaylik darajada qiyin emas. Ozgina sabr qilinsa tezda tikib olinadi. Va xohlaganday bezak berib o’zining dididay qilib bezasa bo’ladi. Fartukni tayyor andozasi yordamida tikish ketma – ketligi:
1.Fartukning andozasini gazlamaning buklangan joyiga ko’rsatil gan chok haqini hisobga olib joylashtirish va to’g’nog’ich taqiladi. Andoza atrofini chizib chiqish .
2. Etak ,yon va ko’krakpech qismlarining choklariga ishlov berish tikish uchun uchun chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish .
3.Fartuk andozasining cho’ntagini ham gazlamaga joylashtiriladi. Uning chetidan chiziladiva chok haqini qoldirib bo’r bilan chizib chiqish. 4.Andoza qismlarining gazlamaga to’g’ri joylashtirilganligini tekshiris, bo’ylama ipning yo’nalishi,gullari va andoza qismidagi chok haqini to’g’ri tushirish.
5. Qoldirilgan chok haqi bo’yicha andozaning qismlarini qirqish, ya’ni bichish.
6.Andoza bichiq bilan birlashtirib turgan to’g’nog’ichlarni sug’irib andozani ajratib olish va to’g’nog’ichlarni bichilgan ikki qavatli qismlarga qadab qo’yish.
7. Ko’krak pech qismi yaxlit bo’lgan fartukni bichish natijasida quyidagi detallar hosil bo’ldi.
1.Fartuk asosiy qismi- 1dona. 2.Fartukning chontagi – 2 dona.
Yaxlit bichiqli fartukni tikish.
Ko’krakpech qismi yaxlit bo’lgan fartukning ko’krakpech qismining yon tomoni va bo’yinbog’ini hamda belbig’ini mag’iz bilan ishlov berib tikish mumkin . Fartukning etak qismini bukib, qiya tasma, to’r yoki burma bilan bezab tikiladi. Qoplama chontakka ham xuddi shunday ishlov berish kerak.
Ishni bajarish tartibi ;
1. Fartukning o’rtasiga ko’klab, qaviqqator solish .
2.Fartukda cho’ntak o’rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish.
3. Salqi chokning o’rtasini qirqish –cho’ntak o’rnini belgilash .
4. Belgi va salqi choklarining to’g’liligini tekshirish.
5. Nazorat chizig’ining aniqligini tekshirish.
Yaxlit bichiqli fartukni etak qismini tikish.
1. Fartukning etak qismni qirqimining uzunligidan bir yarim baravar ko’proq bezak detal ,ya’ni to’r yoki qiya burma olinado.
2. Agar bezak datal burmadan iborat bo’lsa uning bir tomoniga mashinada yo’rma qaviq bilan ishlov beriladi. 3. Bezak detallarning ikkinchi tomoniga mashinada 4 mm bahya yirikligida mashina choki yuritiladi va bu bezak detal fartukning etak qismi uzunligiga teng bo’lguncha qirqib , burma yig’iladi. 4. Tayyor bo’lgan burma yoki torning o’ng tomonini fartuk etak qismining o’ng tomonining qirqimiga qo’yib , avval qo’lda 1sm chok haqida ko’klab chiqikladi.
5. Ko’klov choklaridan 0 ,1 sm oraliqda mashinada bahyaqator yuriti
ladi va ko’klov choklaridan 0 ,1sm oraqliqda mashinada bahyaqator yuritiladi va ko’klov iplari sug’irib olinadi , chok haqi yo’rmab qo’yiladi.
6. Burma o’ngiga ag’darilib to’g’rilanadi va ustidan bezak bahyaqator tikib chiqiladi . Choklariga namlik - issiqlik ishlov beriladi.



Darsni mustahkamlash
1) fartuk etak qismiga burma qanday solinadi?
2) andozani bichishga qanday tayyorlanadi?
Baholash: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni baholash
Uyga vazifa: fartukni tikib kelish.
Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin