Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
-Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish; -Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash; -Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; -Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash;
Ko`chki oqibatida Bino inshooatlar hamda fuqarolarga keladigan xavflar
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
-Aloqa va tashviqot guruhi;
-Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi;
-Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi;
-Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh;
-Jamoa tartibini saqlash guruhi;
-Elektr ta`minoti guruhi;
-Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi;
-Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi;
-Transportda xizmat ko`rsatish guruhi;
-Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar;
-Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi.
Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar.