Harakat va harakat bilan bog`liq holatni bildirib, nima qilmoq? nima bo`lmoq? so`roqlarini oluvchi so`z turkumi fe’l deyiladi.
Masalan: yugurmoq, sakramoq, suyunmoq, uxlamoq, qurimoq, ko`paymoq, tinchimoq va boshqalar.
Fe’l quyidagi grammatik ko`rsatkichlarga ega:
Fe’l quyidagi grammatik ko`rsatkichlarga ega:
Ma’no turlari bilan ifodaladi.
Zamon kategoriyasi mavjud.
Nisbat va mayl kategoriyasini ko`rsatadi.
Bo`lishli va bo`lishsiz shakllariga ega.
O`timli va o`timsiz bo`ladi.
To`liqsiz fe’l shakllari ham mavjud.
7. Vazifa shakllariga ega.
7. Vazifa shakllariga ega.
8. Yetakchi va ko`makchi shakllarida bo`ladi.
9. Yasaladi.
10. Sodda, murakkab tuziladi.
11. Sintaktik vazifa bajaradi.
12. Mustaqil so`z turkumlarining eng asosiysi sanaladi.
Fe’lning ma’no turlari.
Fe’lning ma’no turlari.
Fe’l dastlab ikkiga bo`linadi: harakat fe’llari va holat fe’llari.
Shaxs, jonivor, narsa va boshqa tushunchalarning harakati asosida yuzaga kelgan fe’llar harakat fe’llari deyiladi: kuldi, tishladi, ushladi, salomlashdi, siljidi.
Narsaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishidan yoki insonning his- tuyg`ulari asosida yuzaga kelgan fe’llar holat fe’llari deyiladi.
Masalan: suyundi, terladi, pishdi, o`yladi, yoqdi, uyg`ondi, his qildi.
Masalan: suyundi, terladi, pishdi, o`yladi, yoqdi, uyg`ondi, his qildi.
Bundan tashqari, ba’zi manbalarda fe’lning ma’no turlari bir necha guruhlarga bo`lingan:
Yumush fe’llari: pishirdi, supurdi, artdi.
Yurish fe’llari: ketdi, keldi, tashrif buyurdi.
Ko`rish fe’llari: qaradi, boqdi, nigoh tashladi.
4. Jismoniy harakat fe’llari: siladi, qisdi, burdi.