Mavzu: Fe’l so’z turkumini o’rganishda qo’llanadigan ta’limiy o’yinlarni tayyorlash



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə2/6
tarix30.03.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#91455
1   2   3   4   5   6
Mavzu Fe’l so’z turkumini o’rganishda qo’llanadigan ta’limiy o’

1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmunga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg‘ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), ...(o’ynayaptilar), ... (ishlayaptilar).
Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi (1-sinf, o’quv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, o’quvchilar o’zlari bajargan harakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobini (fe’lni) so’roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. O’quvchilarni so’roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o’ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasining shakllana borishiga yordam beradi.
Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil shakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? (Nima qilyapti? Nima qiladi?) so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar taqqoslanadi: nima? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar guruhi predmetni bildirishi, nima qildi? so’rog‘iga javob bo’lgan so’zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi, ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi.
Fe’lga so’roq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi, o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so’roqlarini, ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar?, nima qilmoqchilar? so’roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida, fe’l zamonlarini o’rganishga tayyorlash demakdir.
1-sinfda morfologik so’roq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog‘iga javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga, so’zni so’roqqa mos ravishda o’zgartirishga (nima qildi? – o’qidi, nima qilamiz? – o’qiymiz, nima qilmoqchi? – o’qimoqchi kabi) o’rgatiladi.

Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin