Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə15/22
tarix26.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#197866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Mavzu Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning

O'tgan zamon davom fe’li nutq so'zlanib turgan paytdan ilgari ma’lum bir muddat davomli bo'lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma’no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu yerda Boburning doim o'z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov). 2. Daryolardan kuylab o'lardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O'xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe’li o'tmishda ma’lum bir muddat davomli bo'lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o'tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni
anglatadi. O'tgan zamon davom fe’li -r(-ar), -yotgan sifatdosh fe’l negiziga hamda -moqda qo'shimchasini olgan sof fe’l negiziga edi to'liqsiz fe’lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon
ko'rsat-kichi

Shaxs-son qo'sh.

Misol

Zamon
ko'rsat-kichi

Shaxs- son qo' sh.

I

o'qir edim, o'qiyotgan edim, o'qimoqda edim

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-m

o'qir edik, o'qiyotga n edik, o'qimoqd a edik

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-k

II

o'qir eding, o'qiyotgan eding, o'qimoqda eding

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-ng

o'qir edingiz, o'qiyotga n edingiz, o'qimoqd a edingiz

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-ngiz

III

o'qir edi, o'qiyotgan edi, o'qimoqda edi

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-

o'qir edilar, o'qiyotga n edilar, o'qimoqd a edilar

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

(-lar)


O'tgan zamon maqsad fe’li nutq so'zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo'lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U
bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko'nglidagi hamma sir-asrorini to'kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O'tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo'shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to'liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon
ko'rsat-kichi




Misol

Zamon ko'rsat- kichi

qo'shi mcha

I

o'qimoqch i edim, o'qiydigan edim,

-
moqchi+edi, -digan+edi

-m

o'qimoqchi edik, o'qiydigan edik,

-
moqchi+edi, -digan+edi

-k

II

o'qimoqch i eding, o'qiydigan eding,

-
moqchi+edi, -digan+edi

-ng

o'qimoqchi edingiz, o'qiydigan edingiz,

-
moqchi+edi, -digan+edi

-ngiz

III

o'qimoqch i edi, o'qiydigan edi,

-
moqchi+edi, -digan+edi

-

o'qimoqchi edilar, o'qiydigan edilar,

-
moqchi+edi, -digan+edi

(-lar)


Hozirgi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo'shimcha modal ma’nolariga ko'ra 2 turga bo'linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so'zlanib turgan paytda va undan keyin ro'y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu
chigal tugunlarni o'zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o'rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga -a, -y ravishdosh qo'shimchasini qo' shish va tuslash bilan hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

Shaxs- son qo'shim -chasi

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

SHaxs- son qo'shim -chasi

I shaxs

o'qiyman, boraman

-y,
-a

-man

o'qiymiz, boramiz

-y,
-a

-k

II shaxs

o'qiysan, borasan

-y,
-a

-san

o'qiysiz, borasiz

-y,
-a

-ngiz

III shaxs

o'qiydi, boradi

-y,
-a

-di

o'qiydilar, boradilar

-y,
-a

-di(-lar)


Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so'ng xalqimizning o'z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

qo' shimch

Misol

Zamon ko'rsat -kichi

qo' shim- cha

I

o'qiyapman, o'qimoqdaman, o'qiyotibman

-yap,
-moqda,
-yotib

-man

o'qiyapmiz, o'qimoqdamiz , o'qiyotibmiz

-yap,
- moqda, -yotib

-miz

II

o'qiyapsan, o'qimoqdasan, o'qiyotibsan

-yap,
-moqda,
-yotib

-san

o'qiyapsiz, o'qimoqdasiz, o'qiyotibsiz

-yap,
- moqda, -yotib

-siz

III

o'qiyapti,

-yap,

-ti

o'qiyaptilar,

-yap,

-ti(-lar)




o'qimoqda,

-moqda,

-

o'qimoqdalar,

-

-




o'qiyotibdi

-yotib

-di

o'qiyotibdilar

moqda, -yotib

-di(-lar)


SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo'llangan yot, yur, tur, o'tir ko'makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o'qib yotibman, o'qib yuribman, o'qib turibman, o'qib o'tiribman kabi.
Kelasi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.
Kelasi zamon fe’li qo'shimcha modal ma’nolariga ko'ra ikki turga bo'linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li.
Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilish-bajarilmasligi mo'ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo 'lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe’li ba’zan hozirgi-kelasi zamon ma’nosida kelib, aniqlik, qat’iylik ma’nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe’li sof fe’l negiziga -r(-ar) sifatdosh qo'shimchasini qo'shish va tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

Shaxs- son qo' shim-

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

Shaxs- son qo' shim-










chasi







chasi

I

o'qirman, borarman

-r,
-ar

-man

o'qirmiz, borarmiz

-r,
-ar

-miz

II

o'qirsan, borarsan

-r,
-ar

-san

o'qirsiz, borarsiz

-r,
-ar

-siz

III

o'qir, borar

-r,
-ar

-

o'qirlar, borarlar

-r,
-ar

(-lar)


Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o'qishni davom ettirmoqchiman, so'ngra qishloq xo'jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko'z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe’li sof fe’l negiziga -moqchi hamda fe’lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga -digan qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko'plik

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

qo'shimch

Misol

Zamon ko'rsat- kichi

c j: c,
Q

I

o'qimoqchima n, o'qiydiganman

-moqchi, -digan

-man

o'qimoqchimiz, o'qiydiganmiz

-moqchi, -digan

-miz

II

o'qimoqchisan, o'qiydigansan

-moqchi, -digan

-san

o'qimoqchisiz, o'qiydigansiz

-moqchi, -digan

-siz

III

o'qimoqchi, o'qiydigan

-moqchi, -digan

-

o'qimoqchilar, o'qiydiganlar

-moqchi, -digan


lar)



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin