7–topshiriq.
Ta’limiy diktantdan foydalanish usulini yoritib bering.
8–topshiriq.
Darsni umumlashtirish va xulosalash qismini ochib bering.
9–topshiriq.
O‘quvchilar bilimini qanday baholash. O‘quvchining keyingi
darsga qiziqishlarini oshiradi? Shuni hikoyalab bering. Kuzatishlar bo‘yicha
talabalarning mulohazalarini eshitish va ishtirok etgan talabalarni baholash.
10–topshiriq.
Darsning to‘liq namunasini kuzatish.
2-ilova
«Ilg’or pedagogik texnologiya asosidagi eng yaxshi dars ishlanmasi» konkursi.
3-ilova
Dars ishlanmalari mazmunini amaliy ijro etib beradilar.
4-ilova
Ijodiy ishlar. Ta’limiy vositalar yaratish va ular ustida ishlash bo‘yicha
talabalarning ijodiy ishlari taqdimoti.
Fe’l so‘z turkumi o‘tish bo‘yicha topshiriqlar
1. Boshlangich sinflarda fe’lni o‘rganish bo‘yicha DTS va ona tili dasturini
tahlil qiling. Fe’lni o‘rganishdagi izchillikka munosabatingizni bildiring.
2. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni fe’lni o‘rganishga tayyorlashning
bitta namunasini yoritib yozing.
3. «Harakat bildirgan so‘zlar» (1-sinf) «Shaxs va narsalarning harakatini
bildirgan so‘zlar» (2-sinf)ni o‘tish bo‘yicha metodik adabiyotlardagi tavsiyalarni
o‘rganing
4. «Fe’l-so‘z turkumi» mavzusini o‘rgatish uchun o‘quvchilarning 1-2-sinfda
olgan bilimlarni eslatish bo‘yicha savol-topshiriklar tuzing.
5. Metodikada va ona tili darsligida qo‘shimchalarning kullanishini o‘rganish
bo‘yicha tavsiya etilgan ijodiy mashqlarni yozing.
«Harakat bildirgan so‘zlar» 1-sinf «Shaxs va narsalarning harakatini
bildirgan so‘zlar» (2-sinf) mavzulari o‘tiladigan darsni kuzatish bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Darsning yangi mavzu o‘rganiladigan qismi bo‘yicha
1. Harakat bildirgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra farqlashga o‘rgatilish.
2.
Harakat bildirgan so‘zlarni gap, matn tarkibidan so‘roqlari (nima qildi? nima
qilyapti? nima qilmoqchi?) yordamida aniqlay olish.
3. Harakat bildirgan so‘zlarni shaxslarning harakatini narsalarning harakatini
bildirishini anglashlari borasida ishlar.
4. O‘quvchilarning harakat bildirgan so‘zlarni biror yo‘nalishda (shaxsni harakatni
bildiradigan so‘zlar; narsalarning harakatini bildiradigan so‘zlar; ma’nodosh,
shakldosh fe’llar va hokazo) guruhlashga o‘rgatish.
5. Harakat bildirgan so‘zlarni talaffuzi va imlosi ustidagi ishlar.
6. O‘quvchilarning muayyan harakatining nimaning (ilonning yoki pashshaning
harakati ekanligini ajrata bilish.
Dostları ilə paylaş: |