Mavzu: File serverini sozlash (nfs). Ishdan maqsad



Yüklə 21,95 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2021
ölçüsü21,95 Kb.
#49211
  1   2   3

Mavzu: File serverini sozlash (NFS).


Ishdan maqsad: Linux OTda fayl serverini sozlash va undan foydalanish ko’rikmalarini hosil qilish

NFS(Network File System) — bu termin tarmoqli fayl tizimi deb yuritiladi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, bevosita tarmoq bilan bog‘langandir. Bu termin klient-server arxetekturasida ishlaydi, ya’ni bitta serverga bir necha klientlar ulanib ishlashi mumkin bo‘ladi. Server kompyuterga server qismi, klient kompyuterga klient qismi o‘rnatiladi.

Demak, NFS o‘zi nima? misol uchun, agar siz biror tarmoq a’zosi bo‘lsangiz va sizga shu tarmoqdagi boshqa kompyuterning biror katalogi kerak bo‘lib qolsa, siz tarmoqdagi kerakli katalog kompyuteriga  murojaat qilib, hujjatlarni olishingiz mumkin bo‘ladi(agar o‘sha kompyuter ruhsat bersa). NFS server orqali esa siz, tarmoqdagi istalgan kompyuter kataloglarini o‘zingizni katalogingiz sifatida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Hujjatlar boshqa kompyuterda joylashgan bo‘ladi, lekin siz bu hujjatlarni o‘zingizning kompyuteringizda saqlanayotgandek bo‘lasiz. Qisqasi, NFS server, tarmoqda fayllar almashinuvini soddalashtirish uchun qo‘llaniladi. Agar yuqoridagi nazariy tushuntirishni tushunmagan bo‘lsangiz, quyida misol orqali tushunmagan joylaringizni tushunib olishingiz mumkin bo‘ladi.

NFS serverni tushuntirishda Linux operatsion tizimining Red Hat distributividan foydalandim va barcha kodlar bu operatsion tizimda xatosiz ishlaydi.

NFSni ishlashi uchun operatsion tizim(red hat)da «system-config-nfs.rpm» nomli paket o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bu paket orqali ham nfs serverni, ham nfs kliyentni sozlash mumkin. Boshqa distributivlarda server qismi uchun:


1

# sudo apt-get install nfs-kernel-server nfs-common portmap




klient qismi uchun:

1

# sudo apt-get install portmap nfs-common




larni o‘rnatish lozim.


Yüklə 21,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin