Mavzu: Firma strategiyasini rejalashtirish



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə1/4
tarix03.06.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#124250
  1   2   3   4
Firma strategiyasini rejalashtirish




Mavzu: Firma strategiyasini rejalashtirish

REJA:



1. Maksadlarni shakllanishi va tartiblanishi (ranjirovaniye).
2. Strategiyani maksadlarga erishishning ullari va usullarini ishlab chikish.
3. Xorijda strategik boshqarishning tajribasi.
Firmaning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish firma faoliyatining maqsadlarini, uzoq va yaqin istiqbolga uning rivojlanish strategiyasini aniqlashni nazarda tutadi. Bu ishlar firmaning mavjud bo’lgan imkoniyatlarini va mos bo’lgan resurslar bilan ta’minlanganligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Firmaning maqsadlari uning rivojlanish mohiyatini va ishchanligining asosiy yo’nalishlarini aniqlab berishdir. Strategiya - mo’ljallangan maqsadlarning asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqishni ko’zda tutadi. Bunda firmaning ilmiy-texnik imkoniyatlari e’tiborga olinadi.
Firmaning iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi:
- strategik maqsad va masalalarni tuzish;
- firma faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilish;
- xo’jalik faoliyatining mavjud bo’lgan va istiqboldagi
yo’nalishlariga baho berish;
- tashqi atrofning kompaniya ishiga ta’sirini tahlil qilish;
- ishlab chiqarish – xo’jalik faoliyatining alternativ to’plamini
aniqlash;
- firmaning umumiy va xo’jalik markazlarining har yilgi byudjetini
ishlab chiqish.
Biron maqsadga erishish uchun ishlab chiqilgan strategiya boshqa maqsadga erishish uchun ishlatilmaydi. Odatda maqsadlar 2 xil bo’ladi:
a) umumiy;
b) o’ziga xos.
Umumiy maqsadlar firma rivojlanishining mohiyatini aks ettiradi va istiqbolga ishlab chiqiladi. Maqsadlar firma rivojlanish dasturining asosiy yo’nalishlarini aniqlashadi. Bu maqsadlar tuzilishi bilan birga ustunlikka qarab tartiblanadi. Misol qilib, quyidagi asosiy maqsadlarning tartiblanganligini keltiramiz:
a) optimal rentabellikni ta’minlash (sotish hajmi, daromadning normasi, bir aksiyaga to’g’ri keladigan daromad, maosh hajmi, aksiya narxi, mahsulotning sifati, bozordagi ulushi);
b) firma holatining turg’unligini ta’minlash;
v) firma rivojlanishining yangi yo’nalishlarini va yangi faoliyatlarni ishlab chiqish.
O’ziga xos maqsadlar umumiy maqsadlar doirasida har bir ishlab chiqarish bo’limlarida faoliyatning asosiy turlari bo’yicha ishlab chiqiladi. Ular son va sifat ko’rsatkichlarida ifodalanishi mumkin. O’ziga xos maqsadlarning asosiylaridan biri - daromad markazi xisoblanadigan, har bir alohidagi bo’limlarning rentabelligini aniqlashdir.
Maqsadga erishishning strategiyasini ishlab chiqish.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin