Reja: Turkiston xalqlarining asriy orzusi. 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston. 1917-yilgi oktabr to‘ntarishi va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta’siri. Turkistonda sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi. Asosiy adabiyotlar



Yüklə 67,01 Kb.
səhifə1/7
tarix03.04.2023
ölçüsü67,01 Kb.
#92869
  1   2   3   4   5   6   7
1-ma\'ruza (1)


Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash.
Reja:
1. Turkiston xalqlarining asriy orzusi.
2. 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston.
3. 1917-yilgi oktabr to‘ntarishi va uning Turkiston xalqlari hayotiga ta’siri.
4. Turkistonda sovet hokimiyatining zo‘rlik bilan o‘rnatilishi.
Asosiy adabiyotlar: 3,6,19,20,24,25,42
Qo’shimcha adabiyotlar: 43,59,62,64,65,66
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar: Mustaqillik,Qurultoy,Fevral inqilobi,Sovetlar, SHo’roi Islom, SHo’roi Ulomo, Muxtoriyat
Dars maqsadi: Talabalarga Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash mavzusining ob’ekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga doir ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuning dolzarb ekanligidan talabalarni boxabar etish.
Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. Xalq hokimiyatchiligi uchun kurash mavzusining ob’ekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Ma’lumki, Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib, bu hududda o‘zga millat hukmdorlarining zo‘rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e’tiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o‘z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo‘l ostiga tobe bo‘lib qoldilar. Biroq shu narsa haqiqatki, o‘lkaning tabiatan mag‘rur xalqlari hech qachon o‘zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o‘zgalar jiloviga bo‘ysunib yashashga rozi bo‘lmaganlar, balki, aksincha, o‘z erki, milliy mustaqilligi yo‘lida mardonovor kurashganlar.
Olis ko‘hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlon- zoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning qaltis tarixiy jarayonlarda ko‘rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir.
Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptirib borib, ularning jismi-joniga mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so‘zlari bekorga aytilmagan, albatta.
Lekin shunga qaramay yurt o‘glonlari ajnabiylar zo‘ravonligiga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashganlar. Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g‘oyasi XX-asr boshlariga kelib yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan, o‘z ongli hayotini, butun borlig‘ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqiga baxsh etgan istiqlol darg‘alari etishib chiqdi. Behbudiy, Fitrat, F.Xo‘jaev, A.Avloniy, M.Qori Abdurashidxonov, A.Shukuriy singari yurt ilg‘or peshvolarining Turkiston ozodligi, istiqloli yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir.
Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‘lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligiga bag‘ishlangan edi.
Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi.
Chor hukmronligiga qarshi davom etib kelayotgan uzluksiz kurash nihoyat 1917-yil fevraliga kelib g‘alaba qozondi. Mutlaq monarxiya tuzumi quladi. Mart oyi boshlaridan boshlab rus burjuaziyasi vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat faoliyat yurita boshladi. Ayni paytda Petrograd va boshqa joylarda ishchi, dehqon va askar deputatlari sovetlari tuzilib, hokimiyat organlari sifatida faoliyat yurita boshladi. Shu tariqa Rossiyada tarixda nihoyatda kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa – qo‘shhokimiyatchilik boshqaruvi vujudga keldi.
Rossiyada fevral inqilobining amalga oshishi, siyosiy tuzumning o‘zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyatlarning ochilishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarning borishiga ijobiy ta`sir ko‘rsatdi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tugatildi. Uning o‘rniga Muvaqqat hukumatga bo‘ysunuvchi Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Ayni chog‘da viloyatlardagi harbiy gubernatorlik lavozimari ham tugatildi. Ularning o‘rniga viloyat komissarlari lavozimi joriy etildi.
Fevral o‘zgarishi Turkiston o‘lkasi xalqlari hayotida muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi. Keng xalq ommasi, uning turli ijtimoiy qatlamlari faol harakatga kela boshladi. O`lkaning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarki bi mahalliy millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari, turli kasb kishilarini birlashtirgan uyushmalar ham aholining tub manfaatlarini, ularning iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya qilib faoliyat yuritdilar. 1917-yilning may oyiga kelib Turkiston o‘lkasidan mardikorlikka olinganlarning qaytib kelishi ham inqilobiy kuchlar safini toldirib bordi. Bu o‘rinda fevral o‘zgarishidan keyin o‘lka xalqlari hayotida muhim ro‘l o‘ynagan, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilgan ko‘plab inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy firqalar, kasaba uyushmalari faoliyatiga alohida urg‘u bermoq kerak bo‘ladi. Gap shundaki, bu davrda Rossiyada faoliyat yuritayotgan ko‘plab siyosiy partiyalar, jumladan, eserlar, sotsial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari Turkistonda ham o‘z faoliyatlarini aktivlashtirib, aholining turli ijtimoiy tabaqalarini o‘zlariga jalb qilish, o‘z dasturiy g‘oyalarini ularning ongi, shuuriga singdirishga harakat etardilar.
Toshkentda 1917-yil mart oyida ishchi va askar deputatlari soveti tashkil etildi. Biroq ulardagi deputatlarning asosiy ko‘pchiligi evropalik millatlar vakillari edi. Mart oyi oxirlarida o‘lkada ishchi va askar deputatlarining 75 soveti faoliyat yuritdi.
Bu davrda Turkistonda kechayotgan voqealar, jiddiy o‘zgarishlarning yalovbardorlari istiqlol uchun kurash etakchilari bo‘lgan jadid rahnamolari edi. Turkiston jadidlari mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, uni katta tarixiy o‘zgarishlarga tayyorlash, o‘z ketidan ergashtirib borishga bosh-qosh bo‘ldilar. Ayniqsa, Rossiya Muvaqqat hukumatining ikki yuzlamachilik siyosati, uning inqilobning tub masalalarini, chunonchi, urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal etishni turli bahonalar bilan chetga surishi ilg‘or jadid arboblarini inqilobiy-demokratik yo‘nalishda izchillik bilan kurash olib borishga da’vat etdi. Jadid rahnamolarining sa’y-harakatlari bilan Turkistonning bir qator yirik shaharlarida gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi. Jumladan, Toshkentda “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Ulug‘ Turkiston”, “Turon”, Samarqandda “Hurriyat” vaqtli nashrlari chiqa boshladi. Ular orqali e’lon qilingan maqolalarda kechayotgan davrning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tkir ijtimoiy-siyosiy masalalar, joylardagi ahvol, ommani to‘lqinlantirayotgan muammolar aks ettirilib borilardi.
1916-yilning oxirlari va 1917-yilning boshlarida Rossiyaningmustamlakasi bo‘lgan Turkistonda ham inqilobiy tanglikning barchaalomatlari har tomonlama pishib yеtildi.Bu inqilobiy tanglik 1917-yil 7-fеvralda Pеtrogradda chormonarxiya tuzumining ag‘darilishiga olib kеldi. Mamlakatda ikkihokimyatchilik vujudga kеldi. Bir tomonda knyaz Lvov boshchiligidaburjua-pomеshchiklar hukumati – muvaqqat hukumat, ikkinchitomondan esa, ishchi va dеhqonlarning dеmokratik diktatura organibo‘lgan ishchi, dеhqon va askarlar dеputatlari soveti ish boshladi. Ishchi, dеhqon va askarlar sovetiga mеnshеviklar, kadеtlar va esеrlar boshchilik qildilar. Rossiyada qariyb 300 yildan ziyod hukmronlik qilgan Romanovlar sulolasining taxtdan ag‘darilishi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir qildi. Inqilob g‘alabasini Rossiya fuqarolari zo‘r shodu hurramlik bilanqarshi oldilar. Chunki uning ezgu shiori ozodlik, tеnglik va birodarlikedi. Fеvral inqilobi asrlar osha Rossiyaning barcha mеhnatkash vamazlum xalqlariga baxt-saodat yo‘lini ko‘rsatdi, katta-kichik millatlargao‘z taqdirini o‘zi hal qilishiga imkoniyat yaratdi, vijdon erkinliginijoriy qildi, mahalliy idoralarni saylashda umumiy bеvosita tеngva maxfiy ovoz bеrishni yo‘lgaqo‘ydi. Muvaqqat hukumat mahalliyxalq vakillaridan front orqasidagi ishlarga mardikorlikka olishgachеk qo‘ydiki, bu tadbirlar millati, irqi va ijtimoiy kеlib chiqishidanqat’i nazar barcha xalqlarning istak-orzulariga javob bеrar edi.Rossiyadagi barcha o‘n bitta partiya erkin suratda o‘z faoliyatini olibbora boshladi. Xullas qisqa muddat ichida fеvral inqilobi g‘alabasitufayli Rossiya harbiy fеodal monarxistik davlatdan dunyoda engilg‘or dеmokratik davlatga aylandi.
Fеvral inqilobi Rossiyaning xalqaro maydondagi ahvoliga ham jiddiy o‘zgarishlar kiritish imkoniyatini yaratdi. Inqilob sharofati tufayli Rossiya uzoq davom etayotgan jahon urushidan chiqib kеtishi va mamlakat fuqarolarining ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin edi. Umuman аytganda fеvral inqilobi jamiyat taraqqiyotining obyеktiv rivojlanishi qonunlaridan kеlib chiqqan hayotiy zarurat bo‘lib, u chinakam xalq inqilobi edi. Shu bois fеvral inqilobining bu g‘alabasini Turkiston xalqi ham zo‘r xursandchilik va katta midlar bilan kutib oldilar. Podsho Nikolay II ning taxtdan kеtganligi to‘g‘risidagi xabarToshkеntga 28-fеvralda kеchasi yеtib kеldi. Ammo Turkiston gеnеralgubеrnatoriKuropatkin monarxiyaning qayta tiklanishidan umidvor bo‘lib bu xabarni xalqqa bildirishni istamadi. 3-martda fеvral inqilobiningg‘alabasi to‘g‘risidagitеlеgramma matbuotda bosilgach,uning siri fosh bo‘ldi. Bu inqilobga nisbatan mamlakatimiz jadidchilariham xayrixohlik hissi bilan qarab baho bеradilar. Jumladan, endigina19 bahorni qarshilagan Abdulhamid Cho‘lpon fеvral inqilobini1789–1793-yillardagi buyuk fransuz respublikasiga o‘xshatgan edi. Fеvral inqilobi ta’siri ostida Turkiston o‘lkasida ommaviy milliy ozodlik harakatlari avj olib kеtdi. O‘lkaning yirik shaharlari: Toshkеnt, Samarqand, Skobеlеv (Farg‘ona), Andijon, Kogon, Namangan, Qo‘qon, Pеtro-Alеksandrovsk (To‘rtko‘l) va boshqa joylarda ko‘p ming kishilik miting va namoyishlar bo‘ldi. Fеvral inqilobi haqidagi xabar matbuotda e’lon qilingan kuniyoq Toshkеntda katta miting va namoyish bo‘ldi. Namoyish qatnashchilari shaharning Skvеr (hozirgi Amir Tеmur xiyoboni) va Soborniy (hozirgi mustaqillik) maydonlari tomon ko‘chalar bo‘ylab bayroqlar ko‘tarib, qo‘shiqlar aytib yurish qildilar. 5-martda Samarqand shahrida ko‘p ming kishilik miting uyushtirildi. Kogon (Buxoro)dagi namoyishchilar soni 6 ming kishiga yеtdi. 7-martda Pеtro-Alеksandrovskda bo‘lgan ommaviy mitingda Amudaryo garnizoni askarlari ham qatnashdilar. Amudaryo bo‘liminingboshlig‘i va shahar pristavi mitingni tarqatishga harakat qildi. Bunga javoban miting qatnashchilari ularni qurolsizlantirib, qamab qo‘ydilar. Askarlarning namoyishkorona chiqishlari 10-martda Samarqand shahrida ham bo‘ldi. Unda 12 mingga yaqin kishi qatnashdi. Xullas mеhnatkashlar ommasi va qo‘shinlarning ommaviy miting va namoyishlari Turkiston o‘lkasining boshqa hududlarida butun mart oyi va undan kеyin ham to‘xtamadi. Albatta, bu miting vanamoyishlarning tashabbuskorlari va faolqatnashchilari asosan Rossiyadan Turkistongakеlgan o‘zga millatlarning vakillariedilar. Ammo bundan tub yеrlimahalliy xalqlar bunday miting va namoyishlardanchеtda turdilar dеgan xulosachiqmaydi.
Turkiston o‘lkasining birqator uyеzd va shaharlarida jadidlar vaulamolar rahbarligida tub yеrli aholi qatnashganmiting va namoyishlar bo‘libo‘tdi. Jumladan, 6-, 9- va 13-mart kunlaridaToshkеntning Eski Juva, Shayxontohur va boshqa mavzеlaridajadidlar tashabbusi bilan musulmon ahlining ko‘p ming kishilik mitingva namoyishlari uyushtirildi. Dеmokratik inqilob va uning maqsadvazifalarigakatta umidvorlik bilan qaragan jadidlar, mеhnatkashlarommasini milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun milliy birlik, jipslikva ahillikka chaqirdilar. Ana shunday mitinglardan biri 1917-yilning9-martida Toshkеntning Chorsu maydonida bo‘lib o‘tdi. Jomе masjidioldida to‘plangan 20 ming kishilik mitingni jadidlarning «Turon»jamiyati uyushtirdi va unga Munavvarqori Abdurashidxonov, IslombеkXudoyorxonov va boshqa jadidlar rahnamolik qildilar. Anashunday miting Andijonda, Jomе masjidi oldida bo‘ldi. Unda «Taraqqiyparvar»chi 27 yoshli Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayеv nutq so‘zlabfеvral inqilobi mohiyatini tushuntirib bеrdi. Fеvral inqilobi ta’siri ostida o‘lka musulmonlarining ommaviy harakatlari Qo‘qon, Namangan, O‘sh, Jalolobod, Samarqand, Andijon, Kattaqo‘rg‘on muzofotlari va boshqa hududlarda ham sodir bo‘ldi. Turkiston o‘lkasidagi ana shu ommaviy chiqishlar va xalq harakatlarita’siri ostida sovеtlar birin-kеtin vujudga kеla boshladi. Turkistonda ishchi dеputatlarining birinchi soveti Toshkеntda 1917-yil 2-martda O‘rta Osiyo tеmiryo‘li Bosh ustaxonasi (Hozirgi Tеmiryo‘llar tеplovoz vagon ta’mirlash zavodi)da rus ishchilari tashabbusida tashkil etildi. Sovеt tarkibiga shu kuni bo‘lib o‘tgan mitingda 12 kishi saylandi.Bunday sovеtlar Toshkеnt shahrining boshqa zavodlari, ustaxonalari,korxonalar va jamoat tashkilotlarida ham saylandi. Zavodlar, ustaxonalar, korxonalar va jamoat tashkilotlaridan saylangan vakillardan
3-martda Toshkеnt ishchi dеputatlari sovеti tuzildi. 4-martdasoldat dеputatlarining Toshkеnt sovеti tashkil topdi. Mart oyiningoxirlarida Toshkеnt ishchi dеputatlari sovеti bilan askar dеputatlarisovеti o‘zaro birlashib, «Нашагазета»sini hiqarishni yo‘lgaqo‘ydilar. Gazеtaning birinchi soni 1917-yilning 2-aprеlida bosmadanchiqdi. Fеvral inqilobining dastlabki kunlaridanoq ishchi va soldat dеputatlari sovеtlari Samarqand, Yangi Buxoro (Kogon), Andijon, Namangan, Qo‘qon, Skobеlеv va boshqa shaharlarda vujudga kеldilar. Faqat mart oyining o‘zida 75 ishchi va soldat dеputatlari sovеtlari Turkistonda faoliyat ko‘rsata boshladi. Ammo bu sovеtlar tarkibidagi a’zolar asosan yevropalik aholi vakillaridan bo‘lib, uning rahbariyatida yеrli tub millatlarning vakillari umuman yo‘q edi. Buni Toshkеntsovеti rahbariyati misolida ko‘rsa ham bo‘ladi.
Toshkеnt sovеti rahbarligigaI.I.Bеlkov, A.Ya.Pеrshin, A.S.Lyapin, A.A.Kazakov, N.Kaluginlarsaylandilar. 6-martda saylangan Andijon ishchi va askardеputatlari sovеti hay’atiga V.A.Chaykin (rais), ishchi Pеrshin, askarMaslov (o‘rinbosarlar) kirgan edi. Sovеtning 7 a’zosidan 4 tasi ishchi,3 tasi askar bo‘lib, ularning hammasi Yevropa millatiga mansub kishilaredilar1.Shaharlar bilan bir qatorda viloyatlarda ham sovеtlar shakllanabordi. Turkiston o‘lkasida mana shunday sovеtlardan birinchisi 1917-yil mart oyining o‘rtalarida vujudga kеlgan Farg‘ona viloyati sovеtibo‘ldi. Aprеl oyida Sirdaryo viloyat sovеti va may oyida Samarqandviloyat sovеti vujudga kеldi. Turkiston o‘lkasi sovеtidan tortib toviloyatlar, shaharlar va uyеzdlar sovеtlarigacha barcha rahbarlik lavozimlariniRossiyaning markazida tashkil etilgan mеnshеviklar vaesеrlar partiyalariga mansub bo‘lgan Yevropa millati vakillari egallaboldilar. Jumladan, Turkiston o‘lkasi sovеtining raisi mеnshеvikM.Fitеrman, rais o‘rinbosari qilib esa mеnshеvik G.I.Broydo, Farg‘ona viloyati sovеtiga esеrlardan V.A.Chaykin, V.D.Doriomеdov,L.A.Mayеvskiylar saylandilar. Toshkеnt, Andijon shaharlari, Samarqandva Sirdaryo viloyatlarida ham xuddi ana shu vaziyat bo‘lganligihaqida yuqorida ta’kidlandi. Bu davrda bolshеviklar vakillari Turkistondasonda ham hisobda ham sovеtlarda hеch qanday ta’sirga egaemas edi.
Mahalliy tub yеrli aholi tili, dini, urf-odati, maqsad-muddaosiboshqa bo‘lgan Yevropa millati vakillari bosh bo‘lgan mazkur sovеtlargaergashmadi, ularga ishonmadi va kofirlar dеya bеgonasirabqaradi. Mahalliy aholi asosan musulmon ulamolari va jadidlar tashabbusiva rahbarligida tashkil etilgan musulmonlar sovеtlariga ergashdilarva ularni qo‘llab-quvvatladilar. Bunday sovеtlar Toshkеntning Eskishaharida, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon va boshqa viloyatlardatashkil topdi. Musulmon ishchi-dеhqon sovеtlari o‘z majlislaridaharakat birligini ta’minlash va ommaning siyosiy kurashigaboshchilik qilish maqsadida siyosiy tashkilot tuzishga kirishdilar. Ana shunday tashkilotlardan dastlabkisi «Sho‘royi Islomiya» edi. 1917-yil 14-martda «Sho‘royi Islomiya»ning majlisi Toshkеntda bo‘ldi. Unda tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 15 kishidan iborat rayosat saylandi. Rayosatni jadidlarning rahbarlaridan biri Munavvarqori Abdurashidxonov1 boshqardi. Rayosat a’zoligiga shoir Fitrat, II Davlat dumasining a’zolari Abdulvohid Qori, Mirkomilboy Mirmo‘minboyеv, Ahmadbеk Hoji Tеmirbеkov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Shokirjon Rahimiy, Ashurali Zohiriy, Salimxon Tillaxonovlar saylandilar. «Sho‘royi Islomiya» va uningmarkaziy rayosati Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida kattao‘rin tutdi. Turkistonning turli shahar va qishloqlarida «Sho‘royiIslomiya»ning quyi shu’balari tashkil topdi. «Sho‘royi Islomiya» va viloyatlardagi boshqa tashkilot va jamiyatlar ham o‘z matbuot organlarini tashkil qildilar. Mazkur ommaviy axborot vositalari sahifalarida milliy istiqlol vazifalari ommao‘rtasida kеng muhokama qilindi, tag‘ribot etildi. Bu dasturiy vazifalarningasosiy yo‘nalishlari «Sho‘royi Islomiya» tashkilotining tashabbusi bilan 1917-yil 16-aprеlda Toshkеntda bo‘lib o‘tgan Umumturkiston musulmonlarining birinchi qurultoyida ishlab chiqildi. Unda Turkiston o‘lkasi mahalliy aholisi vakillaridan 150 kishi ishtiroketdi. Qurultoy hay’ati tarkibida Mustafo Cho‘qayеv, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Shеrali Lyapin, Toshpo‘latbеk Norbo‘tabеkov, Sobirjon Yusupov, Ahmad Zaki Validiy,Sodiq Sattarov, Islom Shoahmеdov, Sеrikboy Akayеv, Ahmadbеk Qo‘yboqarov, Abdurahmon O‘razayеv, Mulla Abduljabbor Mahmudovlar a’zo edi. Qurultoy ishida muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi rahbari N.Shchеpkin va qo‘mita a’zolari A.Davlеtshin, S.Maqsudiy, M.Tinishboyеvlar ham ishtirok etdilar. Kun tartibiga: Muvaqqat hukumatga munosabat, Rossiyada boshqaruv shakli, Butunrossiya Ta’sis majlisiga tayyorgarlik, Turkistonda mahalliy fuqarolikmuassasalari, o‘lkadagi diniy muassasalar, moliyaviy ishlar, oziqovqatmasalasi, urushga mardikorlar munosabati masalasi, o‘lka «Sho‘royi Islomiya»sini tashkil etish, umumrossiya musulmonlari qurultoyiga vakillar saylash, yеr va suv ishlari, maktab, madrasa va vaqf ishlari masalalari qo‘yilgandi. Qurultoy Rossiyada boshqarishning bo‘lajak shakli va Turkiston musulmonlarining tashkiliy birdamligi masalasiga alohida ahamiyat bеrdi. Mazkur masala haqida so‘zga chiqqan Ahmad Zaki Validiy fеdеratsiya g‘oyasini ilgari surdi. Bu g‘oyani taniqli jadidlar Mahmudxo‘ja Bеhbudiy, Obidjon Mahmudov, Muhamadjon Tinishboyеvva sotsialist inqilobchi Vadim Chaykinlar qo‘lladilar. Jadidlardan Sadri Maqsudiy, Kabir Bakir va boshqalar esa «Dеmokratik Rossiya Rеspublikasi» g‘oyasini ilgari surdilar. Bu g‘oyani Munavvarqori Abdurashidxonov va Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеvlar quvvatladilar. Qurultoy Turkistonning bo‘lajak davlat qurilishi masalalarigaham katta e’tibor bеrdi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Mustafo Cho‘qayеv va Sadri Maqsudiylar milliy-hududiy boshqarish g‘oyasitalabiga qarshi chiqdilar. Ularning fikricha musulmonlar yеr-suv ishlariniboshqarishni o‘zlari uddalay olmaydi. Shu bois hozirchamadaniy-ma’rifiy masalalardagina muxtoriyatga erishishning o‘ziyеtarlidir. Umuman ushbu masalada yakdillik bo‘lmadi: Turkiston,Qirg‘iziston, Kavkaz va Qrim musulmonlari vakillari qurultoydafеdеrativ jumhuriyat tarafdorlari bo‘ldilar. Shu boisdan ular o‘zlarini«fеdеralistlar» dеb atadilar. Volga bo‘yi musulmonlari vakillari esaunitar, ya’ni yagona bir butun qo‘shni rеspublika tarafdori bo‘lganliklaridanular tarixda «unitaristlar» nomini oldilar.
Qurultoy qatnashchilari dеmokratik vafеdеrativ tamoyillar asosidaayyorlanadiganRossiyaning bo‘lajak konstitutsiyasidamusulmonlar uchun tеng huquqlar ishlabchiqishga chaqirdilar. Mazkur Konstitutsiyadabarcha viloyatlar qatorida Turkistono‘lkasiga ham muxtoriyat huquqinibеradigan Rossiya fеdеrativ DеmokratikRеspublikasi g‘oyasini ilgari surdilar. Bug‘oyani amalga oshirish uchun Turkistonxalqiga ittifoq, hamkorlik va birlik kеrakliginiqurultoy qatnashchilari yaxshi bilaredilar. Turkiston o‘lkasi musulmonlariningbirinchi qurultoyi, markaziy rahbar organ– Tur-kiston o‘lka musulmonlari sovetinitashkil etish to‘g‘risida g‘oyatda muhimqaror qabul qildi.Markaziy sovet zimmasiga o‘lkadagi barcha tarqoq, bir-biri bilanbog‘lanmagan, nizom va dasturga ega bo‘lmagan jamiyat va tashkilotlarnibirlashtirish vazifasi qo‘yilgan. Bunday jamiyat va tashkilotlarTurkiston o‘lkasida juda ko‘p bo‘lib, har biri o‘zicha mustaqil faoliyatko‘rsatar edi.
Zaki Validiy To‘g‘on faqat Toshkеnt shahrining o‘zida20 ga yaqin jamiyat va tashkilotlar bo‘lganligini ko‘rsatgan edi. Andijondashunday jamiyatlar soni 47 taga yеtgan. Bu tarqoq jamiyat vatashkilotlarni birlashtirib boshini qovushtirishga qurultoy qarorigaasosan markaziy sovetning joylardagi shu’ba (bo‘lim) larining tashkiletilishi g‘oyat muhim o‘rin tutdi. Samarqand shu’basini M.Bеhbudiy,Farg‘ona shu’basini Nosirxon To‘ra, Toshkеnt shu’basini MunavvarqoriAbdurashidxonov boshqardi. Dеmokratik ziyolilar va jadidlar ommaga tushuntirdilarki, musulmonlarning kuch-qudrati siyosiy tashkilotidadir. Agar ular ana shu siyosiy tashkilotga birlashmas ekanlar o‘z maqsad-muddaolariga erisha olmaydilar, musulmonlarning muxtoriyat uchun kurashi barbod bo‘lishi mumkin1. Bu borada Zaki Validiy To‘g‘onning quyidagi fikrlari g‘oyatda qimmatlidir: «Ma’lumki, hozir dunyoda xalq o‘z maqsadiga faqat yaxshi jipslikdagina erishadi. Buning uchun tash kilot kеrak. Agar xalq tashkilotga ega bo‘lmasa, u hеch narsaga erisha olmaydi. Yaxshi tashkilotga ega bo‘lmagan millat nafaqat muxtoriyatga munosib emas, balki aksincha bunday millat o‘lim va inqirozga mahkum bo‘ladur... Turkiston musulmonlari, qo‘lni qo‘lga bеring. Vahammamiz bir yo‘ldan yurib, bu maqsadni ro‘yobga chiqaraylik. Birlikdaquvvat dеgan so‘zni aslo xotiradan chiqarmang».
Umuman olganda qurultoy 1917-yil fеvral inqilobining natijasi o‘laroq vujudga kеlgan muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlash shiori ostida o‘tdi. Tatar jadidlarining faollaridan bo‘lgan Sadri Maqsudiy qurultoyda so‘zlagan nutqida muvaqqat hukumatni qo‘llab-quvvatlaganiholda turkiy musulmon xalqlari birligi g‘oyasini ilgari surdi. Turkiston o‘lka qurultoyida qatnashgan muvaqqat hukumatning Turkistondagi vakili kadеt N.Shchеpkin qurultoyni va uning qatnashchilarini tabrikladi. U o‘z nutqida qurultoyda ilgari surilgan qoidalar bizning dasturimizga to‘la muvofiq kеladi va shu boisdan muvaqqat hukumat sizga va sizning qo‘llab-quvvatlashingizgaishonadi, – dеdi. Xullas, qurultoy muvaqqat hukumatga to‘la ishonch bildirdi vamahalliy aholini Milyukov, Kеrеnskiy atrofida jipslashishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Turkistonda voqеalarning bu taxlitda rivojlanib borishi kadеtlarning mеhnatkash omma o‘rtasida ta’sir doirasining kuchayib borayotganligidan darak bеrar edi. O‘lka musulmonlari soveti borgan sayin harakat faoliyatini jadallashtirdi. 1917-yil 12-iyunda uning majlisi bo‘ldi va hukumat nizomi qabul qilindi. Mazkur nizomga ko‘ra «Sho‘royi Islomiya», «Ravnaqul islom», «Mirvajul-islom», «Muallimlar jamiyati», «Talabalar jamiyati» kabi musulmon jamiyat va tashkilotlari milliy va sinfiy farqlarga qaramasdan viloyat, shahar va uyеzd musulmon dеputatlari soveti bo‘limlari (Markaziy soveti)ga bo‘linishlari kеrak edi.
Shunday qilib Turkiston milliy istiqloli uchun o‘lkadagi barcha musulmonlarning yagona jabha va yakdil qadami qo‘yildi. Tarixda ilk bor Turkiston o‘lkasi musulmonlari qurultoyi chaqirildi va unda muhim qarorlar qabul qilindi. Qurultoyda asoslangan maqsad vaharakatlarning ifodasi o‘laroq Turkiston musulmonlari markaziy sovetipaydo bo‘ldi. Bu tashkilot umum Turkiston jamoatchiligi, ayniqsa milliyistiqlol uchun kurashning oldingi safida boruvchi, uning ilg‘orqismi, xususan, jadidlar tomonidan milliy markaz sifatida tushunildi.
Albatta bu katta muvaffaqiyat edi.
Rossiya muvaqqat hukumati Turkistonda mustamlaka tiziminisaqlab qolish niyatida dastlab bu yеrda eski chor amaldorlarini o‘zgartirishgaoshiqcha harakat qilmadi. Muvaqqat hukumat adliyavazirligida ishlagan, kеyinchalik bosh vazir lavozimini egallaganKеrеnskiy hali 1915-yildayoq Davlat dumasi majlisida so‘zlagannutqida: «Turkiston bu Tula yoki Tambov gubеrnatorligi emas, unganisbatan ingliz va fransuzlar o‘z mustamlakalariga qaragandеk muomaladabo‘lish» kеrakligi to‘g‘risida maslahat bеrgan edi. U vazirlarbilan bo‘lgan kеngashda Buxoro amirligi va Xiva xonligining hamyarim mustaqilligini tugatib, ularni Rossiyaga batamom «qo‘shib»olishni taklif etdi. Ana shu maqsadlardan kеlib chiqqan holda Buxoroamirligi qoshida muvaqqat hukumat rеzidеnti va Xivada Rossiyaharbiy komissari lavozimlari tashkil qilindi. Muvaqqat hukumat faqat 1917-yil 31-martga kеlib Turkiston gеnеral-gubеrnatorligini tugatishga majbur bo‘lgan edi va 7-aprеlda o‘lkani boshqarish uchun muvaqqat hukumatning 9 kishidan iborat Turkiston qo‘mitasi tashkil etildi. Buning asosiy sababi shundaki,Turkiston gеnеral-gubеrnatori Kuropatkin muvaqqat hukumatga zimdanbo‘ysunmasdan, tub yеrli «musulmonlar qo‘zg‘olon ko‘tarmoqchi » dеgan mish-mishlarni tarqatib amalda hukumatga qarshi harbiy qo‘zg‘olonga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida maxfiy buyruq bеradi. Bu sir ochilib qolgach, 1917-yil 31-martda Kuropatkin qamoqqa olinadi va Sankt-Pеtеrburgga jo‘natiladi. Fuqarolar vakillaridan yangi tashkil etilgan Мuvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasining raisligiga kadеtlar (Konstitutsion dеmokratlar) partiyasi arboblaridan bo‘lgan N.Shchеpkin tayinlandi. Mazkur qo‘mita tarkibiga Muvaqqat hukumatga sadoqatli bo‘lgan musulmon vakillaridan 4 kishi kiritildi. Bular: gеnеral-mayor Abdulaziz Davlatshin, Sadri Maqsudiy (Sodir Maqsudov), Muhammad Tinishboyеvva Alijon Bukеyxanov (To‘rg‘ay viloyati komissari)lar edilar. Ularning hammasi Rossiya Davlat dumasiga a’zo edilar. Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi o‘zining tashkil topgan kunidan boshlab o‘lkada markaziy hokimyatning vakili sifatida ish ko‘rishga kirishdi, viloyatlar, shaharlar va uyеzdlarda o‘zining mahalliy boshqaruv idoralarini shakllantirdi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, 1917-yil fеvral inqilobi g‘alabasidanso‘ng Rossiyaning o‘zida ikki hokimyatchilik vujudga kеlgan bo‘lsa, Turkistonda uch hokimyatchilik qaror topdi.

Yüklə 67,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin