Fetal davr akusherlik muddatining 11 haftaligidan to tug’ilishgacha davom etadi. Fetal davr boshiga kelib homilada barcha a’zolar tizimi shakllanib bo’lgan bo’ladi (endigi rivojlanish shakllangan tizim doirasida sodir bo’ladi), tashqi ko’rinishidan homila chaqaloqni eslatadi, tana proportsiyalarining o’zgarishi va homilaning jadal o’sishi boshlanadi.
Ayollarning homiladorligini «trimestr»larga ajratish qabul qilingan (uch oylik davrlar). Shunga ko’ra, homiladorlikning birinchi, ikkinchi va uchinchi trimestrlari haqida gapiriladi. Trimestrlarning har biri ma’lum akusherlik xususiyatlari va xavfi bilan tavsiflanadi.
Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi:
Homiladorlik yuzaga kelgan paytdan boshlab ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan tizimlar hosil bo’ladi:
Homilaning to’g’ri rivojlanishi uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan ona organizmining funktsional tizimi;
Asosan, normal gomeostazasini saqlab turish uchun mas’ul bo’lgan homilaning funktsional tizimi.
Homiladorlikni ma’lum bir bosqichida ushbu ikki funktsional tizimlar o’rtasidagi asosiy bog’liqlikni yo’ldosh (lot. placenta) ta’minlaydi, natijada yot (ona immun tizimi nuqtai nazaridan) homilani himoya qilish uchun feto-platsentar to’siq shakllanadi.