Tik yotgan qatlamlarni qazib olishga mo‘ljallangan komplekslar: KДЗ—1, KFД—2, «Днeпp—2»lar mustahkamlovchi bilan jihoz- langan. Ko‘mir sanoatida komplekslardan tashqari quyidagi agregatlar ham ma'lum sharoitlarda ishlatilishi mumkin: qirg‘ich qurilmali agregatlar A—3, AФ—15, CA, AKД, A—2 va h.k.
Xulosa
Yer osti ishlarida qazuvchi tashuvchi va mustahkamagich mashinalarning texnologik jamlanmasi qazib olish komplekslarini tashkil etadi. Ular birga kon massasini uzun zaboyda qazib oladi. Qazib olish komplekslari asosan mustahkamlagich markasi bilan nomlanadi. Kompleklar asosan tor qamrovli yoki shunga o’xshash kombaynlarda qazib olinadi. Kompleksning mustahkamlovchisi ikkita ustun seksiya va gidrosistemadan iborat. Mustahkamlovchi yuqoridan asosiy bosimni gidroustun orqali qabul qiladi. Sistema o‘zi ko‘chuvchi seksiyaning raqamini va holatini aniq- lab, ko‘chish masofasini avtomatik yoki masofadan aniqlab beradi, mustahkamlovchining surilish masofasi (qadami) kamay- ganda kombaynni to‘xtatishi ham mumkin. Mexanizatsiyalangan mustahkamlagich va konveyer-qirg‘ich o‘zaro kinematik va texnologik bitta sistema — agregatga bog‘langan bo’ladi.