2.BOB.F.SHUBERTNING KOMPOZITORLIK DAVRI 2.1Kompozitor haqida tushuncha
KOMPOZITOR (lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) —
1) koʻp ovozli musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodkori. „K.“ atamasi 16-asrga kelib Italiyada keng tarqalgan. K.lik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat bilan birga maxsus (kompozitsiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab etadi. K. nota yozuvi yordamida musiqa asarlarini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati bilan anʼanaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi.
Yosh kompozitor juda ko‘p asarlar yozdi, ba’zi vaqtlarda u darslarga kirmasdan ijod bilan mashg‘ul bo‘lardi. Bu yosh kompozitorning iste’dodini ko'rgan mashhur saroy kompozitori Salyerida unga nisbatan qiziqishi uyg‘onadi. Salyeri Shubert bilan bir yil davomida shug‘ullanadi va bunda u garmoniya va kontrapunkt fanilaridan tahsil oladi.
Salyeri tez orada Shubert musiqa to‘g‘risida hamma narsani
bilishini ma’lum qiladi. Bu vaqtga kelib Shubertning bir qancha asarlari ommaga taqdim etiladi. 1813-yilda u o‘zining birinchi simfoniyasini yaratadi.
Yillar o‘tgani sari Shubertning musiqaga boigan iste’dodi uning otasida xavotir- va qo‘rquv uyg‘otadi. Chunki Teodor o‘zi musiqani sevishga qaramay, musiqa bilan shug‘ullanib pul topish qiyinligini bilgani uchun ham o‘giiga musiqa bilan shug‘ullanishni, hattoki, bayram kunlari uyga kelishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Lekin uning musiqa bilan shug‘ullanishiga hech qanday to‘siqlar to‘sqinlik qila olmadi. Shubert konviktdan ketishga qaror qiladi. Bu yerdagi zerikarli darslar, kitoblar, umuman hamma-hammasidan voz kechib, ozodlik sari ketishni xohlar edi va butun hayotini faqat va faqat musiqaga bagishlashni istardi. 1813-yil 28-oktyabrda Shubert o‘zining birinchi “Re major” simfoniyasini tugatadi.
Shubertning otasi ikkinchi marta uylanganidan so‘ng, uni o‘zining maktabiga ishga taklif qiladi. Shubert majburan bunga rozi boiadi va bu ish unga yoqmasa ham, unga kam maosh toiashsa ham, bu yerda u uch yil mobaynida ishlaydi. U bu yerda ustoz yordamchisi boiib, boshlangich sinflar o‘quvchilariga grammatikadan dars beradi. Bu vaqtga kelib Venada eng mashhur kompozitorlardan biri Rossini o‘z ijodining yuksak darajasiga koiarilgan edi. Keyinchalik Shubert uning uslubi bo‘yicha bir qancha operalar yaratadi. Lekin uning asarlari muvaffaqiyatga erishmaydi, eng omadlilari ham ko‘pi bilan 12 kun davom etardi. Shubert nihoyat o‘z iste’dodini boshqa yo‘nalish, boshqa uslubdaligini tushunib yetadi. Uning yangi musiqalar yaratish istagi kundan-kunga ortib boradi.
1814-yildan 1817-yilgacha boigan vaqt Shubert hayotining o g ir kunlari hisoblansa ham, shu yillar mobaynida bir qancha asarlaryaratadi. Birgina 1815-yilning o‘zida Shubert 144 ta qo‘shiq, 4 ta opera, 2 ta simfoniya, 2 ta messa, 2 ta fortepiano uchun sonata, torli cholg‘ular uchun kvartet yaratadi. Bu asarlari orasida tragik si-bemol major 5-simfoniyasi, “Розочка”, “Маргарита за прялкой” va “Лес ной cap” qo‘shiqlari juda mashhur hisoblanadi. Uning “Маргарита за прялкой” qo‘shig‘i monodramma hisoblanadi.
“Лесной cap” drama hisoblanib bir qancha ishtirokchilar tomonidan ijro etiladi. Bu ishtrokchilaming hammasi turli xarakterga ega bo‘lib, bir-biridan keskin farq qiladi. “Bu asaming yaralishi tarixi juda qiziq bo‘lgan” deb, uning do‘sti Shpaun eslaydi: «Bir kuni men do‘stim Shubertning uyiga bordim, do‘stim qo‘lida qandaydir kitob bilan uni baland ovozda o‘qigan holda xonaning u yog’idan bu yog‘iga yurar edi. Bu asar “Лесной cap” edi. U birdaniga stolga o‘tirib, nimalamidir yozishni boshladi va qiska vaqt ichida juda ham chiroyli bailada tayyor bo‘ldi. Shu tariqa “Лесной cap” asari tayyor boidi deb aytgan.
“Лесной cap” drammatik asar hisoblanib, u askar va uning kasal farzandi haqidagi turli voqea va hodisalar ilgari suriladi. Asar musiqasi dam sokin, dam xavotirli, dam tragik obrazlarda ijro etilishi, asaming o‘ziga xosligidan dalolat beradi. Uning bailada va romanslarida eng ahamiyatli rolni tabiat sahnasi o‘ynaydi. “Priyut” romansining toiqinlarga boy musiqasi, asar qahramonlarining ichki tuyg‘ulari, dengizning kuchli oqayotgan toiqinlari misolida ifodalanadi. Otasining Shubertni oddiy o‘qituvchilik bilan shug‘ullanishini istashiga qaramay, Shubert bu safar qolgan hayotini musiqaga bagishlashga qaror qiladi va maktabdan ketadi. Uni hattoki otasi bilan urishib qolishi ham to‘xtatib qololmaydi. Qiska muddatli lekin sermazmun umrini Shubert musiqaga bagishlagan edi. U moddiy tarafdan qiyinchiliklarga qaramay deyarli har kuni yangidan yangi asarlar yaratar edi. 1816-yil Shubert Laybaxdagi musiqa direktori lavozimiga o‘tirishni iltimos qiladi, lekin Salyeri uni qoilab quvvatlamagani sababli bu lavozimni egallay olmaydi. Ammo shu yili Shubert “Prometey” kontatasi uchun 100 florin pul oladi. Bu pullar uning asari uchun olgan birinchi maoshi edi.
Moddiy tomondan yetishmovchiliklar Shubertni sevgan qiziga uylanishiga to‘sqinlik qiladi. Tereza Groub - cherkov xorida kuylar edi.u tashqi ko'rinishidan aqlsiz, unchalik chiroyli boMmasa ham, kuylaganida uning yuzidan nur yog‘ilardi. Lekin beshafqat hayot ularga yon bosmadi. Terezaning onasi qizini otasiz, muhtojlikda o‘stirgani sababli hamma umidi qizini - o‘ziga to‘q oilaga turmushga berish edi. Tereza ham onasiga qarshi chiqa olmay qandolatchi yigitga turmushga chiqadi va uzoq vaqt baxtli hayot kechirib 78 yoshida vafot etadi. Shubert o‘zining kundaligiga “0 ‘ziga yaxshi do‘st topgan inson yana ham baxtliroqdir, lekin o‘sha do'stlikni xotinida topgan inson yana ham baxtliroqdir” deb yozgan edi. Shubert umri davomida bir qancha do‘stlar orttiradi, bu do‘stlari uning uchun ko‘p yaxshiliklar qilishgan. Mana shunday do‘stlardan biri Frank Fon Shober boMgan. Shober boy oiladan boMib, o‘zi medik edi. Shobeming oilasi musiqani juda yaxshi ko‘rishgani uchun ular Shubertni tez-tez uylariga taklif etardilar. Shoberlaming uyida Shubert dunyoning mashhur baritoni Mixael Fogl bilan tanishadi. Fogl Shubertning ko‘p asarlarini kuylab ulami mashhurlik darajasiga yetkazgan. Bir qancha yillar mobaynida Shubert bir u, bir bu do‘stinikida yashab yurar edi. Uning eng yaxshi do‘stlari Shpaun va Shtadler hisoblangan. Keyinchalik ulaming qatoriga Shober, Shvind, Mayrxofur ham qo‘shiladi. Shubert kalta bo‘yli, ixchamgina boMishiga qaramay istarasi issiq, yoqimli inson boMib, uni jigarrang sochlari, nurli yuzi, uning tashqi ko‘rinishiga ko‘rk bagMshlab turardi. Do‘stlar uchrashganda turli xil adabiyotlar haqida maslahatlashar, oldingi va zamonaviy she’riyatni
solishtirishar va ko‘p masalalar yuzasidan bahslashar edilar. Ba’zan
bunday uchrashuvlar Shubertning ijodiga bagMshlanib, bunday
uchrashuvlami “shubertiada” deb atardilar. Bunday oqshomlarda
Shubert fortepiano yonidan ketmas, shu vaqtning o‘zida yangi ekosezlar, valslar, lendlerlar va boshqa turli asarlar yaratar edi.
2.2 Franz Shubertning yaratgan asarlari
1817-yilda u “Forel” va “K muzike”, “4-simfoniya” kabi asarlarini yaratadi. Shubertning asarlari odamlar orasida mashhur boMishni
boshlaydi. Shubert kuniga o'ntalab qo‘shiqlar yozar, u asarlami
shuncha] ik tez yozib tugutardiki, bir asami tugatib, yana yangisini boshlab yuborardi. Shubert hattoki bir she’rga yetti xil variantli
qo'shiqlar ham yozganligini ko‘rish mumkin. Shu davrda u o‘zining
eng mashhur “Неоконченная симфония” (“Tugallanmagan simfoniya”) va “Прекрасная мелничиха” (“Chiroyli tegirmonchi ayol”) qo‘shiqlar siklini yaratadi.
Shubert qo‘shiqlari uning ijodini yuqori cho‘qqisini egallab turardi. Nafaqat son jihatidan, balki qo'shiqlar orqali u musiqaga olib kirgan yangilikni ifodalab ko‘rsatgan, kerakmas deb qaralgan bu janmi
Shubert mukammallik darajasiga yetkazgan.
Uning dunyosi - oddiy, lekin hissiyotlarga ustun bo‘ladigan insonlar dunyosi edi. Insonning dilidagi tuyg'ularini, hissiyotlarini na qalam va na so‘z bilan, balki, faqat musiqa yordamida ifodalab berardi.
Betxovenning qahramonlari - haqiqat uchun kurashuvchi, mustaqil
boMishga intiladigan xalq bo‘lsa, Shubertning qahramonlari - jiddiy
va hayotda baxt va quvonchga erishishni xohlaydigan insonlardir.
Yana Shubertning qahramonlari oddiy biroz hayotdan norozi, orzulari ushalmagan, lekin ulaming yagona va ishonchli do‘sti - tabiat bo‘lib, ular tabiat bilan sirlashib, suhbatlashadigan insonlardan iborat edi. Shuning uchun, uning qo‘shiqlarida ko‘llar, o‘rmonlar, gullar, qushlar obrazlari ko‘p marotaba o‘z ifodasini topadi.
“Прекрасная мелничиха” qo‘shiqlar to‘plami bunga misol bo‘la
oladi. Bu asami u mashhur nemis shoiri Vilgelm Myuller she’ri asosida yozgan. Bu shunday asarki, u quvonch va romantikaga boy, unda insonning ichki hissiyotlari tasvirlangan. To‘plam 20 ta alohida-alohida nomerlardan tashkil topgan. Ulaming hammasi bir boiib bitta dramatik pyesani tashkil etadi.
Shubertning oxirgi 10 yil ichida yozgan asarlari xilma-xil bo‘lib, bunda — simfoniyalar, sonatalar (fortepiano uchun), kvartetlar, kvintetlar, trio, messalar, operalar, va yana bir qancha qo‘shiqlar yaratilganini ko‘rish mumkin. Kompozitor hayotligida uning asarlari kamdan kam ijro etilgan, ko‘pchiligi yozilganicha qolib ketgan. U moddiy tomondan qiyin ahvolda boiganligi uchun, uning mablagi asarlarini
nashrdan chiqarishga yetmas edi.
Shubertning birorta operasi namoyish etilmagan, bitta ham simfoniyasi orkestr bilan ijro etilmagan edi. Shubertning mag‘rurligi
martabali insonlar oldida bosh egmasligi uni moddiy jihatdan qiynalishining sabablaridan biri edi. Vaqt o‘tishi bilan Shubertda hatto fortepiano ham yuk bo‘la boshladi, natijada u fortepianosiz ijod qiladi.
Uni ijodidaga moddiy yetishmovchilik ham uning serko‘lam ijodiga
to‘sqinlik qila olmadi...
1818-yil u graf Esters bilan tanishadi va uning ikki qiziga musiqadan dars beradi. Lekin graf unga doimiy ish taklif eta olmaydi.
Shubertning italyan uslubidagi ikkita uvertyurasi namoyish etiladi va “Egizaklar” operasi uchun unga maosh to‘lanadi. 1821-yilga qadar uning asarlari ommaga taqdim etilmaydi, keyinchalik do‘stlarining qistovi bilan bor yo‘g‘i 187 ta qo‘shiqlari va boshqa asarlari nashr etiladi. Shunga qaramay Shubertni ko‘pchilik tanir, uning musiqalarini sevib tinglashar edi. Shubertning qo‘shiqlari xalq orasida shu darajada mashhur ediki, bu qo‘shiqlar insonlar qalbidan joy olishga ulgurgandi. Uning qo‘shiqlari mashhur bo‘lishining yana bir sababi, bu qo‘shiqlami
mashhur bariton logann Mixael Fogl ijro etganida edi. Hayotdagi
omadsizliklar Shubertning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir o‘tkaza boshlaydi.
Uning vujudi kundan kunga holsizlanib boradi. Hattoki, uning otasi
bilan yarashib olishi ham ahvolini yengillashtira olmadi. Shu ahvolda
ham Shubert kuy bastalashni to‘xtatmadi, ammo musiqa yozish uchun
uning kuch quvvati tobora susayib borardi. 27 yoshida kompozitor
о‘zining do‘sti Shoberga shunday deb yozgan edi - “Men o‘zimni
baxtsiz va gadoy insondek his qilayapman”. Bu tushkun kayfiyat uni
asarlarida ham namoyon bo‘ladi, eshitilib turadi. Oldinlari Shubert
quvnoq qo‘shiqlar bastalagan bo‘lsa o‘limidan bir yil oldin uning
asarlarida tushkunlik ruhi hukmronlik qiladi. Shu davrlarda yaratilgan
“Зимний путь” asari shu ruhiyatdan darak berib turadi. Shubert bunday ahvolga hech qachon tushmagan edi. U faqat sog‘inch, qiynoqlar haqida yozardi va o‘zi ham sog‘inchdan, qiynoqlardan g‘am chekardi. U yurakni qiynog‘ini, dardini yozardi va bu azoblami his qilardi.
“Зимний путь” - lirik qahramon va muallifiiing azoblarini aks ettirgan bo‘lib, u bir odamning hayoti, uni sevgan yori tashlab ketganidan so‘ng, telbalik darajasiga borib qolishi to‘g‘risidagi epizodlami aks ettiradi. 1828-yili Shubertning do‘stlari, uning asarlari ijro etiladigan konsert dasturi tashkillashtirishadi. Bu konsert katta muvaffaqqiyatgaerishadi va Shubertni juda quvontiradi. Konsertdan so‘ng Shubertning hayotga boMgan intilishi ortsada, lekin undagi tif kasalligi tanasining zirqirab og‘riqlariga dosh berolmay 1828-yil 19-noyabrda vafot etadi.
Shubertning oMimidan so‘ng uning ko‘pgina asarlari g‘oyib boMadi. Shubert Venada Betxoven bilan bir vaqtda yashagan, uni kuzatgan, ammo u bilan tanishishga jur’at etmagan edi.
Shubert 31 yil umr ko‘rgan bo‘lsa hamki, juda misli ko‘rinmagan
darajada ijod qildi. U hayotlik chogMda hech qaysi simfoniyasi ijro etilmagan, 20 fortepiano sonatasidan 3 tasigina taqdim etilgan edi xolos. Shubert lirik fortepiano miniatyurasining asoschilaridan biri bo‘lib, dunyo tarixida buyuk melodiyachi degan nom qoldirgan.