Vokal musiqa - kuylash uchun moʻljallangan musiqa. V. m. ga yakka, ansambl hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholgʻulari joʻrligida yoki umuman joʻrsiz (mas., katta ashula, a kapella xorlari kabi) ijro etiladigai asarlar kiradi. Barcha turlarida xonanda ovozi yetakchi oʻrin tutadi. V. m., asosan, badiiy matn (sheʼriyat) bilan bogʻliq. Shu bilan birga soʻzsiz ijro etiladigan vokaliz ham V. m. dir.
1.2.Franz Shubertning hayoti va ijodi
Frans Shubert 1797-yili Venaning Lixtental shaharchasida tug'ilgan. Shubertlar oilasi juda katta bo‘lib. Frans 14 farzand ichidan 12 chisi edi. Lekin 14 nafar farzanddan faqatgina 5 tasigina tirik qoiadi. Shubertning otasi maktabda o‘qituvchi bo‘lib, u dehqon oilasidan edi. Shubertning oilasi musiqani juda yaxshi ko‘rganligidan ularning uyida har doim musiqa oqshomlari bo‘lib turar edi. Uning otasi violonchelda, akalari esa boshqa musiqa cholg‘ularida ijro etishardi. Fransda musiqaga bo‘lgan iqtidomi ko‘rib, uning otasi Frans Teodor va uning akasi Ignats kichik Shubertni skripka va fortepianoda chalishga o‘rgatishdi. Tez orada Shubert oilaviy musiqa oqshomlarida ijro eta boshlaydi.
Frans judayam chiroyli ovoz sohibi bo‘lib, u cherkov xorlarida
yakkaxon partiyalarni kuylar edi. Uning otasi o‘g‘li bilan juda ham faxrlanardi. Frans 11 yoshga to‘lganida, uni Konviktdagi cherkov qo'shiqchilarini tayyorlovchi maktabga taklif etadilar. Maktabidagi shart-sharoitlar Shubertning musiqa qobiliyatlarini yanada rivoj lantirishga katt yordam beradi. U maktabdagi o‘quvchilar orkestrida I -skripkachilar guruhida ijro qiladi va ba’zi paytlarda dirijyorlik ham qiladi.
Shubert juda ham turli xil musiqa janrlari, simfoniyalar, uvertyuralar, kvartetlar, turli xil vokal va boshqa asarlar bilan tanishadi. Motsartning “sol minor simfoniyasi” Shubertda katta taassurot qoldiradi. Lekin Betxovenning musiqa asarlari uning asarlari uchun namuna bo'lib xizmat qiladi. Bolalik paytidanoq Shubert asarlar yaratishni boshlaydi. Uning birinchi yaratgan asari fortepiano uchun yozilgan fantaziya va bir qator qo‘shiqlar edi.