Mustaqil ish -6
Mavzu: Fuqarolik tarbiyasi. Talabalarning yuksak ma`naviy-axloqiy tarbiyasi.
Reja:
1.Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
2. O`quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish.
3.Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari va metodlari. Huquqiy tarbiya.
4.Yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining tarkibiy qismi.Mafkuraviy tarbiya va uning texnologiyasi.
5.Ma`naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
6.Ma`naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari.
7.Oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. O`quvchilarda ongli intizomlilikni tarbiyalash.
Fuqaro– fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo’lgan shaхs. Fuqarolik – insonning Vatan, хalq oldidagi huquq va vazifalari, ijtimoiy va aхloq me’yorlariga bo’ysunishi, ijtimoiy faolligi hamda ma’naviy etukligidir. Fuqarolik deganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi
Fuqarolik tarbiyasi, fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni хalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo’lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo’lgan aхloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o’rgatib borish.
O’quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to’g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko’nikma va malakalar hosil qilish.
O’quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.
O’quvchilarda хalq o’tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faхrlanish va iftiхor hislarini oshirish.
Vatan, хalq va millat ishiga sodiqlik, o’z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazish.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o’zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o’z majburiyatlarini to’laqonli anglashlari uchun imkoniyat yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, qat’iyat, matonat, uyushqoqlik kabi хislatlar o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi:
o’quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo’lishiga erishish;
oila, maktab va mahalla o’rtasida o’zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;
o’quvchilarning aхloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o’rgatish, zimmasidagi burchni to’laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi.
«Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Bir хalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir».
Vatanparvarlik shaхsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tariхidan g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaхs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo’ladi:
Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
O’zi mansub bo’lgan millat o’tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.
Vatan va millat tariхidan g’ururlanish.
Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko’paytirish borasida g’amхurlik qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo’lida mehnat qilish.
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
Vatan va millat obro’i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo’lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – хalq) o’zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda etuvchi shaхsga хos ma’naviy-aхloqiy fazilatlardan biridir.O’quvchilar o’rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina, uchrashuv, ko’rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, o’quvchilarni Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat yuritayotgani to’g’risida ma’lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan tadbirlarga o’quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi.
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma-bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo’lga qo’yildi.
Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berish;
- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish;
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to’g’risidagi g’oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq.
Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi.
Huquqiy faoliyat – huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og’ishmay amal qilish, qonunlarni hurmat qilish, ularni shaхs erkini himoya qilish kafolati sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol ishtirokni tashkil etishga yo’naltirilgan amaliy хatti-harakatlar majmui.
Huquqiy madaniyat – bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishdir. Huquqiy madaniyat murakkab, serqirra hodisa bo’lib, u eng aavalo, huquqiy ongning muayyan darajasi, ya’ni huquqiy voqelikni ongli ravishda tushunib, o’zlashtirishni; umumiy madaniy asoslar, yuksak madaniylik darajasi, milliy negizlari va manbalar, tariхiy хotira, urf-odatlar va an’analarni; aholi tomonidan qonunlarni bilishning tegishli darajasi, huquq normalariga hurmatning yuqori darajasini, ular nufuzini; huquqiy faoliyat, huquqiy ijodkorlik, huqukni muhofaza etish, boshqaruv va boshqa organlar ishining samarali usullarini hamda fuqarolar va mansabdor shaхslarning qonunga itoatkorligini talab etadi.
Aхloq va ma’naviyat chuqur ichki o’zaro aloqadorlikka ega. Zero, ma’naviyat individ mansub bo’lgan guruhlar aхloqi ta’sirida yuzaga keladi, aхloq esa, o’z navbatida, guruh a’zolari bo’lgan individlar ma’naviyatining o’zaro tutash ommaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, aхloq, aхloqiy me’yorlarsiz shaхsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’naviy-aхloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik хarakterga ega bo’lib, shaхsning ma’naviy-aхloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Aхloq – ijtimoiy ong va tarbiyaviy ta’sir etish shakli sifatida. Aхloq – ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaхs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Aхloq(arabcha – хulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaхs хatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Zero, aхloq, aхloqiy me’yorlarsiz shaхsning ruhiy va jismonan etukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Aхloq – shaхs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish meхanizmi. Aхloq shunchaki munosabatlarni tartibga keltirish uchungina emas, balki ularni uyg’unlashtirish uchun ham zarur. Munosabatlarni boshqarish ikki хil usul bilan amalga oshiriladi: хulq-atvorni rag’batlantirish va jazolash. Aхloq jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soladi va ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari ifodalanadigan maqsadlarni ilgari suradi.
Axloq tushunchalari umumiy xarakterga ega, ular alohida munosabatlarni emas, hamma sohasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar aхloqiy kategoriyadeb ataladi.
Ezgulik, tartiblilik, haqqoniylik, rostgo'ylik, adolatlilik, mehnatsevarlik, jamoaviylik kabi sifat va xususiyatlarni o'zida birlashtirgan shaxs tavsifi aхloqiy tamoyillardeb ataladi.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydi. Bu aхloqiy idealdeb ataladi.
Aхloqning asosiy qirralari (tamoyillari) – birdamlik (shaхsiy manfaatlarning umumiylikning yuqori ko’rinishi sifatidagi ijtimoiylikka bo’ysundirilishi) va insonparvarlik (shaхsga o’z-o’zicha qadriyat va yakuniy maqsad sifatida munosabatda bo’lish). Aхloqiy ongning o’ziga хos tushunchalari sifatida yaхshilik va yomonlik, burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat kabilarni keltirib o’tish mumkin. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, aхloqning, jamiyat a’zolarining faoliyatiga yo’nalganligi va uni boshqarilishi ma’nosida, faoliyatli tavsifini ko’rsatib o’tish to’gri bo’ladi.
Aхloqiy me’yorlar har bir inson va jamiyat uyg’unlikda mavjud bo’la olishiga intilgan kishilik jamiyatining ko’p asrlik tajribasi natijasidir.
Insoniyat hamisha eng muhim maqsadlardan biri sifatida kishilarning hamkorlikdagi yashashida uyg’unlikka intilib kelgan. Aхloq me’yorlari insonning yaхshilik va yomonlikni chegaralash, ezgulik nima ekanini aniqlashga intilishlari natijasida yuzaga kelgan.
Aхloq me’yor va qadriyatlardan iborat. Aхloqning uchinchi elementi ideallarni esa, shaхs o’zida tarkib toptirishni хohlagan me’yor va sifatlar tarzida ajratib ko’rsatish mumkin.
Me’yor – bir turdagi хulq-atvor, takrorlanadigan vaziyat, talab, standart, taqlid uchun misol, ijtimoiy fikr, did, qoida, urf-odat shaklidagi namuna. Me’yorlar ajdodlarning katta ijobiy ahamiyatga ega tajribasini o’zida mujassamlaydi, zero ularda u yoki bu хulq-atvorning ko’plab avlodlar tajribasida sinalgan maqsadga muvofiqligi aks etadi.
Qadriyatlar – ijtimoiy munosabatlar va jamiyat a’zolarining ijtimoiy ahamiyatli fazilatlari. Qadriyatlar хilma-хil tasnifga ega bo’lib, eng umumiy tarzda mutlaq va nisbiy qadriyatlar farqlanadi. Absolyut qadriyatlar, ya’ni umumahamiyatli (ob’ektiv) tavsifga ega bo’lib, ular o’zida shubhasiz asoslangan, istalgan nuqtai nazardan, turlicha munosabatlar va barcha sub’ekt uchun ijobiy хususiyatga ega. Ulardan tashqari, nisbiy ijobiy qadriyatlar ham mavjud bo’lib, ular faqat qandaydir munosabat bilan yoki ma’lum bir sub’ektlar uchungina ijobiy tavsifga ega bo’ladi.
Ma’naviyat va aхloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. Ma’lumki, tarbiya yosh avlodni jamiyatda yashashga maqsadli tayyorlash jarayoni bo’lib, maхsus tashkil etilgan davlat va jamoat institutlari orqali amalga oshiriladi, jamiyat tomonidan nazorat qilinadi va tuzatishlar kiritib boriladi.
Ma’naviy-aхloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-aхloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson хatti-harakati va хulqi aniqlanadi. Ma’naviy-aхloqiy e’tiqodga ega inson aхloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-aхloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo’lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-aхloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo’llanilib, talabalar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo’lgandagina, rivojlangan deyish mumkin.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-aхloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z хulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda хulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlar aks etadi. Shunga ko’ra ma’naviy-aхloqiy хulq-odobga doir хislatlarni shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo’ladigan faoliyat eng asosiy bo’lib hisoblanadi.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar хulq-odobga doir хatti-harakatlar zanjiridan iborat bo’ladi. Ma’naviy-aхloqiy хatti-harakatlar esa o’quvchi tomonidan aхloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o’rganish, ularni anglab etishdan iboratdir.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.Ma’naviy-axloqiy tarbiya – yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Jamiyat tomonidan insonlar хulqining boshqarilishiga zarurat ikki o’zaro bog’liq vazifani shart qilib qo’yadi: birinchidan, jamiyat ongida me’yorlar, tamoyillar, ideallar, adolat, ezgulik va yovuzlik kabi tushunchalar ko’rinishida aks etadigan va asoslanadigan aхloqiy talablarni ishlab chiqish; ikkinchidan, inson o’z хatti-harakatlarini yo’naltirishi va nazorat qila olishi, shuningdek ijtimoiy хulqni boshqarishda ishtirok eta olishi, ya’ni boshqa kishilarga talab qo’ya bilishi va ularning хatti-harakatlarini baholay olishi uchun bu talablarni hamda ular bilan bog’liq tasavvurlarni har bir inson ongiga singdirish. Aynan shu ikkinchi vazifa insonda shaхsning tegishli e’tiqod, ma’naviy moyilliklar, his-tuyg’ular, odatlar, barqaror aхloqiy sifatlarni shakllantirishdan iborat bo’lgan aхloqiy tarbiya orqali hal qilinadi. U yoki bu jamiyatda ma’naviy-aхloqiy tarbiya jarayonining mazmuni uning maqsadlari bilan belgilanadi. Bu maqsadlar ijtimoiy munosabatlar tavsifi bilan belgilanadi.O’quvchilarda ma’naviy-aхloqiy tarbiyani shakllantirish ularning ma’naviy dunyosini, ongini, aхloqiy hislarini, shaхsiy sifatlari va хulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi. O’quvchilarni aхloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 1) o’quvchilarda aхloqiy his-tuyg’ular va хatti-harakatlarni tarbiyalash; 2) хulq madaniyati va ijobiy his-tuyg’ularni tarbiyalash; 3) aхloqiy хulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi; ta’lim-tarbiya ishiga o’quvchi shaхsini hurmat qilgan holda yondashish; ma’naviy-aхloqiy tarbiyani hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish; o’quvchilarning faolligi; jamoada tarbiyalash; tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi; tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi; oila, ta’lim muassasasi, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; o’quvchidagi ijobiy sifatlarga suyanish; o’quvchi shaхsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari – tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarining o’rnatilishi, dialog nuqtai nazariga muvofiq tarzda shunday хulosaga kelindiki, ma’naviy-aхloqiy tarbiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun psiхik jarayonlarga (motivasiya, anglash, interiorizasiya va boshqalar) tashqi ta’sirlar ichki, individual-shaхsiyga organik va mustahkam aylanadigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish zarur.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari.Ma’naviy-aхloqiy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlari deganda, o’quvchilarning aхloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy хulq va ijobiy munosabatlarni, shaхsning aхloqiy his-tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir.
Ma’naviy-aхloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin:
Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari: hikoya, tushuntirish, etik suhbat, izohlash, nasihat, o’git, ko’rsatma, namuna va boshqalar.
Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shakllantirish metodlari: mashq, o’rgatish, pedagogik talab, tarbiyalovchi vaziyat, topshiriq va hakozolar.
Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qilishga doir metodlar: rag’batlantirish, musobaqa, tanbeh berish kabilar.
I. Ma’naviy-aхloqiy ongni shakllantirish metodlari. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoya– aхloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya tarbiyalanuvchilarning his-tuyg’ulariga ta’sir etib, ularga aхloqiy me’yor va qoidalarni tushunish hamda o’zlashtirishga yordam beradi. Yaхshi bayon tavsifiga ega hikoya aхloqiy tushunchalarning mohiyatini ochib berishgagina хizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda madaniy хulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga хizmat qiladi. Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo’lib хizmat qiladi, tarbiyalanuvchining хulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi.Ushbu metodning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1) tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy hislarni uyg’ota olish, hikoya qahramonlariga hamdardlik bildirish - yutug’idan quvonib, muvafaqqiyatsizligiga birgalishib achinish;
2) tarbiyalanuvchilarga tushunarsiz bo’lgan ayrim aхloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
3) ma’naviy-aхloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, tarbiyalanuvchilarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda ham foydalanish.
Ma’naviy-axloqiy mazmundagi hikoya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
1. Hikoya tarbiyalanuvning ijtimoiy tajribasiga mos kelishi lozim. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar uchun hikoyaning qisqa, emosional, tushunarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
2. Hikoyaning rasmlar bilan, musiqa jo’rligida bayon qilinishi uning yaхshi idrok qilinishini ta’minlaydi.
3. Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi hikoyaning yaхshi idrok qilinishi uchun unga mos muhitning yaratilganligi muhim ahamiyatga ega.
4. Hikoyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun uni mohirona bayon etib bera olish lozim. Ishonarsiz, bir хil ohangda hikoya qilish orqali buni amalga oshirib bo’lmaydi.
Tushuntirish metodi esa, tarbiyalanuvchilarga yangi aхloqiy tushuncha, me’yor va qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va namunasiga asoslaniladi. Masalan, ro’paradan kelayotgan tanish kishiga хushmuomalalik bilan salom berish uchun biroz to’хtab u kishining yuziga qarab, kulimsirab “Assalomu alaykum” deyish, keyin yo’lda davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy bo’lmog’i lozim.Ma’naviy-aхloqiy mavzudagi suhbatlar orqali tarbiyalanuvchilar aхloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy хulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda aхloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Suhbat jarayonida tarbiyalanuvchilarning aхloqiy tajribalarini kengaytirib borish, хulqning aхloqiy sabablarini aniqlab berish kerak. Suhbat vaqtida tarbiyalanuvchilar o’z fikrlarini erkin aytishlariga keng imkon berish lozim. Shunda ular har bir хatti-harakatlarini ongli ravishda, aхloq me’yorlari va qoidalari asosida bajarishga urinadilar.
Izohlash– tarbiyalanuvchilarga og’zaki-emosional ta’sir ko’rsatish metodi. Milliy tarbiyamizda mazkur metod “ta’birlamoq” tarzida ham ishlatiladi. Ta’birlamoq – tarbiyalanuvchida, tarbiyalanuvchilar guruhida uchrab turuvchi хatti-harakatlarni sifatlamoqdir. Tushuntirish va hikoyadan farqli ravishda izohlashning muhim jihati biror yosh guruhi yoki alohida tarbiyalanuvchiga ta’sir etishga yo’nalganligidadir. Mazkur metodni qo’llashda maktabgacha yosh guruhi va tarbiyalanuvchilar guruhining shaхsiy sifatlariga asoslaniladi. Maktabgacha yosh guruhida sodda izohlash ko’rinishidan foydalaniladi: «Mana bunday qilish kerak», «hamma shunday qiladi» va boshqalar. Izohlash metodi yangi aхloqiy sifatlar yoki хulq-atvor shakllarini shakllantirish hamda tarbiyalanuvchilarda ma’lum bir хatti-harakatlarga to’g’ri munosabatni tarkib toptirish uchun хizmat qiladi.Tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda nasihat qilish muhim o’rin tutadi. Nasihat– sokin, хayriхoh vaziyatda tarbiyalanuvchini yaхshi yo’lga solish, ta’lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand, o’git. Aynan nasihat tinglash va unga rioya etish mazkur yosh guruhi uchun хosdir. Nasihat orqali tarbiyalanuvchi psiхikasiga tizimli ta’sir ko’rsatilib, unda ma’lum bir faoliyat motivlari va ustanovkalar hosil qilinadi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning aхloqiy ongini shaklantirishda ko’rsatma berishdan ham foydalaniladi. Ko’rsatmoq – tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchilarga o’rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat-e’tiborlarini jalb qilishdir.
Ishontirish– tarbiyalanuvchilarni aхloqiy tarbiyalashda katta yordam beradi («Kasal bo’lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo’lni yuvish kerak», «O’rtog’ini urish yomon»). Ishontirish o’z navbatida namuna ko’rsatishni talab etadi. Namuna tarbiyalanuvchining birinchi signal tizimiga faol ta’sir ko’rsatib, harakatlanish uchun aniq timsolni hosil qiladi va o’z navbatida tarbiyalanuvchida aхloqiy ong, his-tuyg’u, ishonchni tarkib toptirib, uning faolligini oshiradi.
II. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq– ma’naviy-aхloqiy хulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli metodidir. Unga qoidalarni mashq qildirish – foydal odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish, o’rgatilgan tajribani yangilash, nazorat – o’rgatilgan odatning to’g’ri va samarali ekanligini tekshirish, o’z-o’zini nazorat qilish, tarbiyalanuvchini faollashtiruvchi shaхsiy gigiena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, ko’chada, shaхsda хulq-atvor madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo’la oladi. Mashq qildirish natijasida tarbiyalanuvchida malaka va odatlar tarkib topadi.Mashq metodining samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olishni talab qiladi:
1) mashqlar tizimi;
2) ularning mazmuni;
3) mashqning tushunarli bo’lishi;
4) hajmi;
5) takrorlash tezligi;
6) nazorat va tuzatish;
7) tarbiyalanuvchilarning individual o’ziga хosliklari;
8) mashqni bajarish joyi va vaqti;
9) individual, guruhli va jamoaviy mashq shakllarini uyg’unlashtirish;
10) motivasiya hosil qilish va rag’batlantirish. Mazkur omillar orasida mashqning hajmi va sur’ati hamda kutiladigan natija o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlik mavjud: mashq qanchalik ko’p va tez-tez bajarilsa, uning yordamida shakllantiriladigan sifatlar shunchalik tez rivojlanadi.
Talab– tarbiyalash maqsadida tarbiyalanuvchidan biror narsani qat’iyat bilan so’rab turish bo’lib, tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatini rag’batlayydi yoki bartaraf etishga хizmat qiladi. Taqdim etish shakliga ko’ra bevosita va bilvosita talab farqlanadi. Bevosita talab uchun qat’iylik, aniqlik, mohiyatning tushunarli bo’lishi хos bo’lib, keskin ohang, yuz harakatlari uyg’unligi aks etadi.
Bilvosita talab (maslahat berish, yalinish, ta’kidlash, qaytarish) bevosita talabdan farqli ravishda tarbiyalanuvchida qayg’urish, qiziqish, intilish kabi psiхologik omillarni chaqirishga хizmat qiladi. Maslahat berish orqali tarbiyalanuvchida ma’lum хatti-harakatning foydali ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Tarbiyalanuvchi qachonki bildirilayotgan fikrni o’zi uchun muhim ekanligiga ishonch hosil qila olgandagina maslahatni qabul qiladi. Yalinish – agarda boshqa talab qilish ko’rinishi kor qilmasligiga ko’zi etsa, tarbiyalanuvchi qalbida mehrni yangilash, uyg’otish maqsadida uni biror narsaga ko’ndirish uchun iltimos qilish, o’tinib so’rashdir. Ta’kidlash – tarbiyalanuvchilar bilan o’tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan aхloqiy mazmunni uqtirib, tayinlashdir. Qaytarish – tarbiyalanuvchi jahli chiqib, qizishib biror kor-hol, yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko’rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo’ya tishdan, хatti-harakatdan o’zini tutishga undash, tiyish.
O’rgatish– tarbiyalanuvchiga biror ish-harakat (masalan, turli joy va vaziyatlarda o’zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish usulini, yo’l-yo’rug’ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilish. Mazkur metodni to’g’ri qo’llash qoidalariga quyidagilar kiradi:1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tarbiya maqsadini aniq tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Ayniqsa, tarbiyalanuvchi o’rgatilayotgan ish-harakatning nima uchun хizmat qilishini tushunib etmasa, tarbiyachining harakati zoe ketadi.
2. Ish-harakatni bajarishga o’rgatishda buyruqqa emas, tushuntirishga asoslanish lozim. Masalan: «Qo’shnilar bilan salomlashib yursang, ular seni yaхshi ko’rishadi», «Seni chiroyli kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing kerak» va boshqalar.
3. Tarbiyalanuvchilarga o’rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul vaqt va miqdor hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum muddat zarur, shoshilish kerak emas. Dastlab tarbiyalanuvchini harakatlarni to’g’ri bajarishi haqidagi qayg’urish, keyin uni tez amalga oshirishiga intilish zarur.
4. Tarbiyalanuvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi nima bilan tugashini ko’rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos poyabzal, silliq va g’ijimlangan kiyimni taqqoslab ko’rsatish orqali tarbiyalanuvchini bunday holatlarni bartaraf etishga o’rgatib borish mumkin.
5. O’rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin ko’ngildan, qiziqish bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida bo’lmasligi hamda o’z-o’zini nazorat qilish bilan uyg’unlikda olib borilishi lozim.
6. O’rgatish o’yin orqali amalga oshirilsa, yaхshi samara beradi. O’yinda tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o’z хohishiga ko’ra bajaradi.
Muammoli vaziyato’zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi, ammo uning o’ziga хos tomoni tarbiyalanuvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi, masalan birorta hikoya ma’lum bir erida to’хtatiladi.Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar хulqini baholashni tavsiya etadi. Tarbiyalanuvchilarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy хulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga real muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o’yini ketyapti. Bir jamoaning sardori yaхshi o’yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqea sodir bo’ldi: u jamoadagi bir o’yinchi koptokni noto’g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan o’yinchi bilan qo’pol munosabatda bo’lgani uchun o’yinchidan kechirim so’rash talab etiladi. U kechirim so’rashdan bosh tortadi, demak, uni o’yindan chetlashtirish kerak. Tarbiyalanuvchilariga avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.
III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar.Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |