Mamasoliyev Abror 110-20guruh Mavzu: Chiziqli dasturlash masalalari . Chiziqli dasturlash masalalarini yechishning simpleks usulini C++ da bajarish. Reja : Simpleks usulining mazmun-mohiyati;
Chiziqli dasturlashning asosiy masalasini geometrik usulda yechganda tenglamalar sistemasiga va maqsad funksiyasiga kiruvchi o„zgaruvchilar kiruvchio„zgaruvchilar soni qancha kam bo„lsa, masalani yechish shuncha osonlashadi.Agar o„zgaruvchilar soni juda ko„p bo„lsa, masalan qavariq shakl uchlarining sonibir necha million bo„lsa, u holda madsad funksiyasining eng katta (eng kichik)qiymatlarini topish hozirgi zamon hisoblash mashinalariga ham o’g’irlik qiladi.Shu kabi, ko’p o’zgaruvchili chiziqli dasturlash masalalarini yechish uchun maxsus usullar ishlab chiqish lozimki, ko„pyoqning uchlarini tanlash tartibsiz emas, balki maqsadli ravishda amalga oshirilsin. Masalan, ko„pyoqning qirralari bo„ylab shunday harakat qilish lozimki, har bir qadamda maqsad funksiyasi F ningqiymati maksimum (minimum) qiymatga tomon tartibli ravishda intilsin. Chiziqlidasturlashning shu ko„rinishdagi masalalarini yechish uchun maxsus analitik usul –simpleks usuli yaratilgan. Simpleks usuli birinchi bo„lib amerikalik olim D. Dansig tomonidan 1949 yilda taklif etilgan bo„lib, keyinchalik 1956 yilda Dansig, Ford, Fulkeron va boshqalar tomonidan to„la rivojlantirildi. Lekin 1939 yilda rus matematigi L. V. Kantorovich va uning shogirtlari asos solgan “Yechuvchi ko„paytuvchilar usuli” simpleks usulidan ko„p farq qilmaydi. “Simpleks” so’zi n o’lchovli fazodagi n+1 tauchga ega bo„lgan oddiy ko„pyoqni ifodalaydi. Simpleks bu