Y orug`lik manbaiga reostat orqali 30 V kuchlanish bering.
Fotoelementni yorug`lik manbaidan 15 sm uzoqlikda o`rnating.
R qarshilik orqali 10 V oralig’ida, fotoelementning anodi va katodi orasidagi kuchlanish tushishini o`zgartirib borib, milliampermetr orqali fototokning qiymati IF ni o`lchab boring.
Fotoelementni yorug`lik manbaidan 30, 45 sm masofaga qo`yib, tajribani takrorlang.
Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing.
1-jadval
Ua
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
If
Jadval asosida abssissa o`qi bo`yicha Ua qiymatini va ordinata o`qi bo`yicha fototokning qiymati IF ni qo`yib fotoelementning volt-amper xarakteristikalarini chizing.
Grafikni interpolyatsiyalash yo`li bilan Vg to`xtatiluvchi potensialning qiymatini aniqlang.
(1)-formuladan foydalanib fotoelektronlarning tezligini aniqlang.
(2) foydalanib katod materiali uchun elektronlarning chiqish ishini aniqlang.
(v - ning qiymatini o’qituvchidan so`rab oling).
Nazоrat savоllari Fotoeffekt hodisasi nima va uning qonunlarini tushuntiring.
Ichki va tashqi fotoeffekt hodisasining farqi nimada?
Eynshteyn tenglamasini yozing va tushuntirib bering.
Fotoeffektning qizil chegarasi nima va u qanday aniqlanadi?