Mavzu garmonik elektromagnit to’lqin. Funksional variatsiya reja: Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari


Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi



Yüklə 61,17 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü61,17 Kb.
#207062
1   2   3   4   5   6   7
1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to\'lqinla

5. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi
Amalda elektromagnit to‘lqinlar manbai bo‘lib istalgan elektr tebranish konturi yoki o‘zgaruvchan elektr toki oqayotgan o‘tkazgich bo‘lishi mumkin. Elektromagnit to‘lqinlarni qo‘zg‘atish uchun fazoda o‘zgaruvchan elektr maydonini (siljish tokini) yoki mos ravishda o‘zgaruvchan magnit maydonini hosil qilish zarurdir. Manbaning nurlanish qobiliyati uning shakli, o‘lchamlari va tebranish chastotasi bilan aniqlanadi.

Nurlanish sezilarli bo‘lishi uchun, o‘zgaruvchan elektr maydoni hosil bo‘ladigan fazoning hajmi katta bo‘lishi kerak. Shu sababli, elektromagnit to‘lqinlar hosil qilish uchun yopiq tebranish konturlarini ishlatib bo‘lmaydi, chunki kondensator qoplamalari orasida elektr maydoni, induktivlik g‘altagi ichida magnit maydoni joylashgan bo‘ladi.



Y
opiq tebranish konturida (10-rasm) sig‘im va induktivlik katta qiymatga ega bo‘lgani uchun tebranish davri va elektromagnit to‘lqin uzunligi katta bo‘ladi.


To‘lqin uzunligini qisqartirish uchun induktivlik va sig‘im qiymatini qisqartirish kerak. Shu sababli, Gers o‘z tajribalarida g‘altak o‘rami va kondensator qoplamalari yuzasini kamaytirib, qoplamalar orasini kengaytirish hisobiga yopiq tebranish konturidan ochiq tebranish konturiga o‘tish usulini topdi (11-rasm, A, B).


Natijada chaqnash oralig‘i bilan ajralgan ikkita sterjenli (simli) tebranish konturini hosil qildi (11-rasm, V). Agarda, yopiq tebranish konturida o‘zgaruvchan elektr maydoni kondensator qoplamalari orasiga joylashgan bo‘lsa (11-rasm, A), ochiq tebranish konturida esa, o‘zgaruvchan elektr maydoni kontur atrofidagi fazoni egallaydi (11-rasm, B) va elektromagnit nurlanish jadalligini kuchaytiradi.
Ikkita sterjenli tebranish konturining uchlariga qarama-qarshi zaryadlar kiritilsa, sterjen atrofida elektr maydoni kuch chiziqlari hosil bo‘ladi. Qarama-qarshi zaryadlar bir-biri bilan tortishib o‘tkazgichda tok hosil qiladilar, bu tok o‘z navbatida o‘tkazgich atrofida elektr maydoni hosil qiladi.
12-rasmda butun davrning 1/8 qismiga tegishli zaryadlarning joylashishi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinishcha, bu o‘z navbatida, dipol elektr maydoni tebranishini tasavvur etadi.
Vibratorning o‘rtasida qarama-qarshi zaryadlar duch kelsa, ular bir-birini neytrallaydi va elektr kuch chiziqlarining uchlari zaryadlardan uziladi. Ajralgan elektr maydon kuch chiziqlari vibratorning barcha taraflariga tarqala boshlaydi.
G ers shunday vibrator orqali 100 mGs chastotali elektromagnit to‘lqinlarni hosil qila oldi. Bu to‘lqinlarning to‘lqin uzunligi taxminan 3 m ga tengdir.
S terjenlarning qalinligi va uzunligini yanada kamaytirish hisobiga P.N.Lebedov mm li elektromagnit to‘lqinlarini hosil qildi.
Elektromagnit to‘lqinlar keng chastota spektri yoki to‘lqin uzunligiga ega bo‘lib, bir-biridan generatsiya va qayd qilish usullari va o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladi.



Yüklə 61,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin