Mavzu garmonik elektromagnit to’lqin. Funksional variatsiya reja: Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari



Yüklə 61,17 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü61,17 Kb.
#207062
  1   2   3   4   5   6   7
1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot. Elektromagnit to\'lqinla


MAVZU GARMONIK ELEKTROMAGNIT TO’LQIN. FUNKSIONAL VARIATSIYA
REJA:
1. Elektromagnit maydon haqida ma’lumot .


2. Elektromagnit to'lqinlar. Gers tajribalari .
3. Yassi elektromagnit to'lqin. To'lqin tenglamasi .
4. Elektromagnit to'lqin tezligi. Elektromagnit to'lqin uzunligi.
5. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish


1. Elektromagnit maydon haqida
XIX asrning 60- yillarida ingliz olimi Maksvell elektr va magnit hodisalarning yagona nazariyasini yaratdi. Bu nazariya o'sha vaqtlarda ma'lum bo'lgan tajriba natijalaridan kelib chiqqan bo'lib, Maksvellning elektromagnit maydon nazariyasi deb ataladi. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning o'zaro uzviy bog'lanishda ekanligini ifodalovchi quyidagi ikkita muhim g'oya yotadi.
1. Vaqt davomida o'zgaruvchi magnit maydon o'zgaruvchan elektr maydonni yuzaga keltiradi.
2. Vaqt davomida o'zgaruvchi elektr maydon esa o'zgaruvchan magnit maydonni yuzaga keltiradi.


Maksvellning birinchi g'oyasining to'g'riligini 1831- yilda ingliz fizigi va kimyogari M. Faradey tomonidan kashf qilingan elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi.
Ma'lumki, elektromagnit induksiya hodisasiga binoan induksion tok yoki vaqt o'tishi bilan o'zgaradigan magnit maydondagi qo'zg'almas konturda, yoki vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydigan magnit maydonda harakatlanuvchi konturda hosil bo'ladi. Birinchi holda induksion tokning hosil bo'lishi shuni ko'rsatadiki, bunda magnit maydonning o'zgarishi konturdagi elektr zaryadlarga ta'sir qiluvchi tashqi kuchlarni yuzaga keltiradi. Bu tashqi kuchlar konturda ro'y berishi mumkin bo'lgan kimyoviy jarayonlarga ham, issiqlik jarayonlarga ham bog'liq emas. Shuningdek, ular Lorens kuchlari ham bo'lishi mumkin emas, chunki Lorens kuchlari qo'zg'almas elektr zaryadga ta'sir etmaydi.

Shuning uchun induksion tok konturda hosil bo'luvchi elektr maydon tufayli yuzaga keladi, degan xulosaga kelish mumkin. Shunga ko'ra biz qo'zg'almas o'tkazgichdagi elektr zaryadlarni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydonni bevosita o'zgaruvchi magnit maydon yaratadi, deb ayta olamiz. Biroq bu elektr maydon biz shu vaqtgacha tilga olib kelgan elektrostatik maydondan farq qiladi. Elektrostatik maydonni qo'zg'almas elektr zaryadlari hosil qiladi. Elektrostatik maydon potensial xarakterda bo'lib, uning kuchlanganlik chiziqlari zaryaddan boshlanib, zaryadda tugaydi. Magnit maydon o'zgarganda yuzaga keladigan elektr maydon esa elektr zaryadlariga bevosita bog'liq emas va uning kuchlanganlik chiziqlari elektr zaryadlarida boshlana olmaydi ham, ularda tugay olmaydi ham. Ular, umuman hech qayerda boshlanmaydiva hech qayerda tugamaydi, balki magnit maydonning induksiya chiziqlariga o'xshash berk chiziqlardir (1- a va b rasmlar). Bu maydon uyurmaviy elektr maydon deb ataladi.



Yüklə 61,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin