Kirish
Asosiy qisim 1.Genetikaning tadqiqot ob’ektlari 2. Genetik injeneriya
2.1. Genlarni sun’iy sintez qilish
2.2. Genlami rekombinant k-ONK lar orqali transformatsiya qilish
3. Xromasoma va hujayra injeneriyasi
3.1 Xromosoma va hujayra injeneriyasi
3.2 Hujayra injeneriyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Genetika sohasidagi tadqiqotlar eukariot organizmlar tanasidagi barcha hujayralarda ushbu organizm turiga xos boigan diploid xromosomalar soni va ulardagi genlar majmuasi bir xilda toiiq mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Lekin shunga qaramasdan, organizmlar tanasidagi to'qimalar hujayralari o‘zlarining strukturasi va funksiyasi bo‘yicha o‘zaro kuchli farq qiladilar. Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, hatto bitta hujayra ichida oqsillar sintezining tezligi va vaqti har xil boiadi. Yuqorida bayon etilgan qonuniyatlaming namoyon boiishiga sabab genlar faoliyatining regulatsiyasi tufayli har bir to'qima hujayralarida muayyan guruh genlargina faol holatda, boshqalari esa passiv holatda boiishligi molekular genetiklar tomonidan isbotlangan. Genlar faoliyatining genetik regulatsiyasi haqidagi nazariya va bu nazariyaga asoslangan oqsillarning sintez qilinishini ifodalovchi model 1961-yilda fransuz olimlari F. Jakob va J. Monolar tomonidan kashf etildi (79-rasm.) Mazkur kashfiyot prokariot organizmlar vakili ichak tayoqchasi bakteriya (.E.coli) sida amalga oshirilgan molekular genetik tadqiqotlar natijasida «operon nazariyasi» nomi bilan ataldi. Ushbu nazariyaga binoan strukturaviy genlar faoliyatini regulatsiya qiluvchi genlar funksiyasiga qarab ikkiga boiinadi:
rasm. Strukturaviy genlar faoliyatining boshqarilishi.
Operator geni i-RNK da strukturaviy genlaming oldida joylashgan boiadi. Ushbu gen joylashgan i-RNK ning qismi operon deb ataladi. Operator geni strukturaviy genlar faoliyatini bevosita boshqarish funksiyasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |