Genetik injcneriya molekular va klassik (umumiy) genetika kashf etgan nazariy qonuniyatlarga va yaratilgan metodlarga tayanib organizmlar genetik axborotini maqsadga muvofiq o‘zgartirib transgen organizmlar yaratish va ulami baholab, amaliyotga tavsiya qilish vazifasini bajaradigan amaliy molekular genetik fandir. Genetik injeneriya tadqiqot obyektiga qarab quyidagi yo‘nalishdan iborat: Gen injeneriyasi hamda xromosoma va hujayra injeneriyasi. Genetik injeneriya o‘zining faoliyatida quyidagi molekular-genetik jarayoni ami amalga oshiradi.
laboratoriya sharoitida genlami sun’iy sintezlash;
eukariot organizmlar hujayrasidan ayrim genlami, xromosomaning ayrim qismlarini, ayrim xromosomalami, hatto yadrolami ajratib olish. Xromosomaga ega boimagan organizmlar - prokariotlaming va euka- riotlaming sitoplazmatik organoidlari dagi plazmogenlaming DNKsida joylashgan ayrim genlami ajratib olish;
organizmlardan ajratib olingan va laboratoriyada sintezlangan gen va genetik strukturalaming nusxalarini yaratib ulami ko‘paytirish - klonlash;
qayd qilingan operatsiya orqali tayyorlangan genlar va genetik strukturalar donor organizmdan maxsus vektorlar yordamida retsipientga, ya’ni irsiyati o‘zgartirilishi rejalashtirilgan organizmga o‘tkazish va uning genomiga joylashtirish va faoliyat ko'rsatishi uchun sharoit yaratish.
1. Gen injeneriyasi Gen injeneriyasi molekular genetikaning muhim bir boiimi boiib, eksperimental sharoitda donor organizmlar genetik axborotining birligi boigan genlami tadqiqot maqsadiga muvofiq ravishda o‘zgartirilgan variantini yaratish va uni retsipient organizm hujayrasiga o'tkazilganda o‘z funksiyasini bajara oladigan holatda transgenoz qilishni bildiradi. Gen injeneriyasida transgenoz uchun moijallangan genlar quyidagi molekular genetik jarayonlar orqali olinadi:
Genlami sun’iy sintez qilib retsipientga o‘tkazish. a) genlami kimyoviy metod yordamida sun’iy sintezlab, retsipient organizmiga o‘tkazish; b) genlami fermentativ metod yordamida sun’iy sintezlab, retsipient organizmiga o‘tkazish.
Donor organizmlarning genlarini retsipient organizmlarga maxsus genetik konstruksiyalar yoki vektorlar yordamida o‘tkazish.
2.1. Genlarni sun’iy sintez qilish Hozirgi zamon molekular genetikasida genlami sun’iy laboratoriya sharoitida sintezlashning ikkita - kimyoviy va fermentativ sintez qilish metodlari qoilaniladi.