Mavzu: Genetikaning yangi
yo’nalishlari.
Reja:
1)Genetika haqida tushuncha.
2)Genetikaning shaxobchalari.
3)Genetika fanlari sistemasi.
Genetika jonli organizmlardagi nasldorlik va turlanishni oʻrganuvchi fandir.
Hayvon va oʻsimliklarning baʼzi xususiyatlari nasldan naslga oʻtishi mumkinligi ib
tidoiy
jamiyat davridayoq maʼlum edi va bu bilimdan chorvachilik va dehqonchilikda tan
lanma
koʻpaytirish orqali qoʻllanilar edi. Biroq, zamonaviy genetika nasldorlik mexanizm
larini
tushunadigan fan sifatida Gregor Mendel (19-asr) mehnatlaridan keyingina
rivojlana
boshladi.
Mendel nasldorlik mustaqil funkciyalarga ega fundamental diskret jarayon
ekanligini kashf etdi. Nasldorlikning ushbu asosiy birliklari hozirda „genlar“ deb at
aladi.
Organizm hujayralarida genlar jisman DNK molekulalarida joylashgan boʻlib,
oʻzida
hujayra komponentlarini qurish va boshqarish uchun kerakli axborot tashiydi. Gen
etika
organizmning koʻrinishi va hatti-
harakatini belgilashda katta rol oʻynasa ham, umumiy
natija nafaqat genlarga, balki organizmni oʻrab tugan atrof-
muhitga ham bogʻliq boʻladi.
Masalan, inson boʻyini faqatgina genlar emas, balki uning bolaligida
olgan ozuqa va
sogʻligʻi ham belgilaydi.
Genetikaning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan
xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda
funksiyalarini
tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi
avlodlarga oʻtishini ochib berishdan iborat. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsiri
da
organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlikning paydo boʻlishi va uning organizmlar
evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq qilish ham genetikaning vazifalari qatoriga ki
radi.
Madaniy oʻsimliklarning serhosil navlari, hayvonlar va mikroorganizmlarning mah
suldor
zotlari va shtammlarini yaratish; irsiy kasalliklarning paydo boʻlish sabablarini oʻr
ganish
asosida ularning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqish; ekologik
muhitning
irsiyatga salbiy taʼsir etuvchi omillarini oʻrgaiib, genofondni saqlab qolishni
genetik
jihatdan asoslab berish genetika tadqiqotlarining amaliy muammolarini ifodalaydi.
Genetikaning
mustaqil
fan
sifatida
shakllanishida
chex
olimi Gregor
Mendel tomonidan 1865-yilda irsiyat qonunlarining ochilishi katta ahamiyatga ega
boʻldi. Noʻxat ustida olib borgan tajribalari asosida Mendel genetikaning asosiy me
todi
hisoblangan duragaylash orqali irsiyatni oʻrganish metodiga asos soldi. U
organizmlar
belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodga berishi irsiyat omillari (hoz. tushunchaga k
oʻra
genlar) bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Mendel ochgan qonunlar uzoq vaqt
eʼtibordan
chetda qoldi. Faqat 1900-yilda Hugo de
Vries (Niderlandiya), Carl Correns (Germaniya)
va Erich von Tschermak (Avstriya) tadqiqotlari tufayli bu krnunlar qayta kashf qili
nib,
Mendel nomi bilan ataladigan boʻldi.[4] Shu sababdan 1900-
yil genetikaning mustaqil
fan sifatida tashkil topgan yili hisoblanadi. Biroq genetika termini 1906-yil ingliz
olimi William Batesonning taklifi bilan berildi. Genetikaning keyingi rivojlanishi
natijasida Mendel kashf etgan qonunlarning universalligi uni barcha
organizmlarga,
jumladan odamga ham taalluqli ekanligi isbot qilindi. Keyinchalik organizmdagi
aksariyat belgilarning irsiylanishida ikki va undan ortiq genlar ishtirok etishi bilan
bogʻliq
boʻlgan komplementarlik, epistaz, polimeriya, pleyotropiya hodisalari hamda
belgilar
irsiylanishida allel bulmagan genlarning murakkab uzaro taʼsiridan iborat
kombinirlangan tip kashf etildi. Genetikaning Mendel asos solgan ushbu
yoʻnalishi
hozirgi davrda yanada tez rivojlanmoqda. Bu yoʻnalish klassik genetika, yaʼni men
delizm
deb ataladi. Mendel yaratgan irsiyat qonunlarini isbotlashda sitologiya fani
erishgan
yutuqlar ham katta ahamiyatga ega. Sitologik tadqiqotlar tufayli irsiyatning moddi
y asosi
hisoblangan xromosomalar mavjudligi, ular soni har bir
turning barcha individlari uchun
bir xil boʻlishi aniqlandi. Genetika tarixida amerikalik genetik Thomas Hunt
Morgan (1911) va uning xodimlari (K. Brijes, Alfred Sturtevant va Gregor Meller)
tomonidan asoslab berilgan irsiyatning xromosoma nazariyasi alohida
oʻrin tutadi. Bu
nazariyaning ochilishida Morgan va xodimlarining jins genetikasi va belgilarning
jins
bilan bogʻliq holda hamda ularning birikkan holda irsiylanishini oʻrganish natijalar
i katta
ahamiyat kasb etdi. Mazkur nazariyaga binoan organizmlar belgi va
xususiyatlarining
irsiylanishi irsiyat birligi — genlar orqali amalga oshadi; genlar xromosomalarda
koʻp
miqdorda hamda tegishli tarkibda chiziq-chiziq boʻlib joylashadi. Bitta
xromosomada
joylashgan genlar birgalikda irsiylanadi va ular birikkan genlar deb ataladi.
Irsiylanishning bu xili birikkan holda irsiylanish deyiladi.
Birikkan genlarning irsiylanishi Mendelning uchinchi qonuniga mos kelmaydi.
Bitta xromosomada joylashgan genlarning birikkan holda irsiylanishi haqidagi Mor
gan
kashf etgan qonuniyat genetikaning toʻrtinchi fundamental qonuni hisoblanadi.
Biroq
birikkan holda irsiylanish mutlaq boʻlmasdan, bir qancha hollarda avlodda ota-ona
belgilariga nisbatan ajralish roʻy beradi. Bu hodisa gomologik xromosomalarning
chalkashuvi (krossingover), yaʼni ikkita xromosoma ayrim qismlarining oʻzaro
oʻrin
almashinishi natijasida sodir boʻladi.
Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar tufayli xromosomalarda genlarning joylashish
tartiblari aniqlandi, yaʼni xromosomalarning genetik haritalari tuzildi. Morgan va
xodimlarining tadqiqotlari genetikaning bir tarmogʻi boʻlgan sitogenetikaning
paydo
boʻlishiga asos soldi. Genlarning tuzilishi va faoliyatining molekulyar asoslarini
kimyoviy, fizik, kibernetik metodlar va matematik modellashtirish orqali tadqiq
qilish
molekulyar genetikaning rivojlanishiga olib keldi. Molekulyar genetika sohasida
erishilgan muvaffaqiyatlar DNK kodining kashf etilishi (James D.
Watson va Francis
Crick, 1953); oqsil molekulalari tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning biosintez
jarayonida oqsil hosil boʻlishidagi ishtirokini taʼmin etuvchi irsiy axborot (kod) bir
ligi
boʻlgan nukleotidlar tripletining aniqlanishi (Marshall Nirenberg, G.
Mattey, Severo
Ochoa va Francis Crick, 1961—62); genning molekulyar-genetik taʼrifi
izohlanishi
(George Wells Beadle va Edward Lawrie Tatum); laboratoriya sharoitida DNK
molekulasining sunʼiy sintez kilinishi (A. Kornberg, 1958); gen funksiyasi, yaʼni o
qsil
sintez qilinishi regulyatsiyasi molekulyar mexanizmining ochib berilishi (Francois
Jacob,
J. Mono, 1961-
62) bilan bogʻliq. Bu sohada nazariy tadqiqotlarning rivojlanishi natijasida
genetikaning amaliy sohasi — gen injeneriyasi va biotexnologiya paydo boʻldi.
Irsiyatning mutatsiya nazariyasi kashf etilishi (de Vries, 1903) genetika tarixidagi
muhim voqealardan biri boʻldi. Bu nazariyaga binoan kuchli taʼsir etuvchi omillar
(mutagenlar) taʼsirida organizmlarning genlari tubdan oʻzgarib, yangi turgʻun
xolatda
nasldan-
naslga beriladigan oʻzgaruvchanlik paydo boʻladi. Bu jarayon mutagenez, irsiy
oʻzgargan belgi esa mutatsiya; mutatsiyaga ega boʻlgan organizm oʻz navbatida m
utant
deb ataladi. Ushbu nazariya dastlab rus olimi S. I. Korjinskiy tomonidan yangi dali
llar
bilan tasdiklandi. Nemis olimi Gregor Meller 1927-
yilda drozofila pashshasiga radiatsiya
nurlarini taʼsir ettirib, sunʼiy sharoitda koʻplab mutatsiya olish mumkin ekanligini
isbotladi. U tajribada hosil boʻlayotgan mutatsiyalarni hisobga olish, ularning tabia
tini
oʻrganish metodini ishlab chikdi. Rus olimlari genetika A. Nadson va genetika S. F
ilippov
(1925) rentgen nurlari taʼsir ettirib, madaniy oʻsimliklarning har xil
mutatsiyalarini
olishdi. Ingliz olimi Sh. Auerbax, rus olimi I. A. Rapoport ayrim kuchli taʼsir
etuvchi
kimyoviy moddalar taʼsirida mutatsiya olish metodini ishlab chikdi. Bu
tadqiqotlar
mutatsion genetika yoʻnalishining paydo bulishiga olib keldi. Evolyutsion
genetika
organizmlardagi genetik qonuniyatlarni populyatsiya darajasida tekshiradi.
Bunday
maʼlumotlar evolyutsion taʼlimotni genetik asoslashga imkon berdi.
Dostları ilə paylaş: |